62
3.1-jadval
To„lov balansi va XIPda operatsiyalarning to„g„ri ifodalanishi
Operatsiyalar
Kredit, plyus (+)
Debet, minus (–)
Tovarlar va xizmatlar
Tovarlar va xizmatlar
eksporti
Tovarlar va xizmatlar
importi
Daromadlar (ish haqi va
investitsiyalardan daromad)
Norezidentlardan
rezidentlarga tushumlar
Rezidentlarning
norezidentlarga to‗lovlari
Transfertlar (joriy va
kapital)
Mablag‗larni olish
Mablag‗lar o‗tkazilishi
Noishlab chiqarish
nomoliyaviy aktivlarni
sotish va sotib olish
Aktivlarni sotish
Aktivlarni sotib olish
Moliyaviy aktiv yoki
majburiyatlar bilan
operatsiyalar
Norezidentlarga
munosabatlar bo‗yicha
majburiyatlarni o‗sishi yoki
norezidentlarga talablarni
kamayishi
Norezidentlarga
munosabatlar bo‗yicha
majburiyatlarni kamayishi
yoki norezidentlarga
talablarni o‗sishi
Manba:
Mejdunarodnie valyutno–kreditnie otnosheniya:uchebnik i praktikum / Ye.A. Zvonova i
dr. – M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. –454s.
To‗lov balansi strukturasi, uni tuzish usullari nazariyasi va amaliyoti jahon
iqtisodiyotidagi o‗zgarishlardan kelib chiqib,
rivojlanib, takomillashib boradi.
To‗lov balansining amaldagi joriy operatsiyalar hamda kapital va moliyaviy
insturmentlar hisobining–ikkita asosiy guruh moddalariga bo‗linish printsipi 1970
yillarning ikkinchi yarmida yirik masshtabda kapitalning xalqaro harakatining
liberalashuvi boshlanishi davrlarida tasdiqlangan.
1993- yildan amalda bo‗lgan ―To‗lov balansini tuzish bo‗yicha XVF
qo‗llanmasi‖ beshinchi nashriga ko‗ra to‗lov balansi xolatini xarakterlovchi o‗zaro
bog‗liq bo‗lgan ikkita asosiy bo‗limlardan
–
joriy operatsiyalar hisobi hamda
kapital va moliyaviy insturmentlar hisobidan iborat bo‗lgan.
Joriy operatsiyalar hisobi tarkibiga tashqi savdo balansi, xizmatlar (transport
tashish, sug‗urta , elektron, pochta va boshqa aloqa turlari, xalqaro turizm, ishlab-
chiqarish va ilmiy–texnik
tajriba almashish, ekspert xizmatlari, diplomatik, tijorat
va boshqa vakolatxonalar,axborotlar berish,
madaniy va ilmiy sohalari,turli
komission yig‗imlar, reklama, yarmarka va boshqalar) bo‗yicha tushum va
to‗lovlar. Xizmatlar bo‗limiga xorijiy davlatlarga xarbiy yordamlar va xorijdagi
xarbiy xarajatlar moddalari kiritilgan.
XVF metodikasiga asosan to‗lov balansida ―Bir tomonlama o‗tkazmalar‖
moddasi quyidagicha ajratib ko‗rsatilishi qabul qilingan:
davlat operatsiyalari – iqtisodiy yordam yo‗nalishlari bo‗yicha boshqa
mamlakatlarga subsidiyalar, davlat pensiyalari, xalqaro tashkilotlarga badallar;
xususiy o‗tkazmalar;
xorijiy mutaxasislar, ishchilar ish haqi, qarindoshlarning valyuta o‗tkazmalari.
Yuqoridagi ko‗rsatib o‗tilgan xizmatlar bo‗yicha operatsiyalar, shu jumladan,
xarbiy, investitsiyadan daromadlar harakati va bir tomonlama o‗tkazmalar
―ko‗rinmas‖ operatsiyalar deb ataladi.
Kapital va moliyaviy insturmentlar hisobining yurtilishida qulayliq yaratish
uchun ikki qismga ajratilgan bo‗lib,
birinchisida, asosan davlat kreditlari harakati
va bir qator o‗ziga xos qiymatliklar (erlarga egalik, patentlar,avtorlik
huquqlari,savdo belgilari va boshqalar) ifoda etilsa, ikkinchisi,
esa har xil
ko‗rinishdagi investitsiyalarni (to‗g‗ridan-to‗g‗ri, portfeli, bank va boshqalar)
qamrab olgan.
To‗lov balansining yakuniy qismi rasmiy valyuta rezervlari bo‗lib, qaysiki
o‗zgarishi eng so‗nggi muvozanatni ta‘minlaydi. To‗lov balansining ikkinchi
bo‗limi – kapital va moliyaviy insturmentlar hisobi qimmatli qog‗ozlarga
investitsiyalar, xalqaro kreditlar berilishi va olinishi, davlat va xususiy kapitalning
kirib kelishi va chiqib ketishi bilan bog‗liq tushumlar oqimi va pul resurslarini
chiqimi
nisbatini ifodalaydi
74
.
To‗lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansida markaziy o‗rinni egallaydi va
u statistik tizim sifatida davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari xarakteri va strukturasi
hamda ko‗lami sifat va miqdorini ifodalovchi quyidagi bo‗limlardan iborat
75
:
1)joriy operatsiyalar hisobi; 2)kapital bilan operatsiyalar hisobi; 3)moliyaviy
insturmentlar bilan operatsiyalar hisobi; 4)―sof xatolar va o‗tkazib yuborishlar‖
moddasi.
To‗lov balansi doirasida hisoblar o‗rtasidagi chegaralash, yetkazib beriladigan
va olinadigan iqtisodiy resurlarning tabiatiga bog‗liqlikdan kelib chiqadi.
Bugungi kunda dunyodagi aksariyat mamlakatlar to‗lov balansining tuzish va
nashr qilinishi XVF ning 2008- yildagi ―To‗lov balansi
va xalqaro investitsion
pozitsiya bo‗yicha qo‗llanmasi‖ ning oltinchi nashriga muvofiq amalga oshiriladi.
U tashqi dunyoga nisbatan mamlakatlar pozitsiyasi va operatsiyalar bo‗yicha
statistik ma‘lumotlar shakllanishi uchun huquqiy asos bo‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: