11.12-rasm. ICSID da ro„yxatga olingan holatlar soni 31.12. 2016 y.
Manba:https://icsid.worldbank.org. The icsid caseload–statistics(ISSUE 2017–1).
ICSID ma‘lumotlariga ko‗ra 2016- yil 31- dekabr holatiga konventsiya va
qo‗shimacha kiritilgan qoidalarga ko‗ra 597 ta holatlar ro‗yxatga olingan.
Ro‗yxatga olingan holatlarni 534 tasi yoki 89,5 foizi ICSID konventsiyasiga ko‗ra,
53 tasi yoki 8,9 foizi esa kiritilgan qo‗shimcha qoidalarga ko‗ra arbitrajda ko‗rib
chiqilgan. Bundan tashqari 10 ta holat yoki 1,6 foizi bo‗yicha
ICSID konventsiyasi
va kiritilgan qo‗shimcha qoidalarga ko‗ra kelishuvga erishilgan.
11.13-rasm. ICSIDda ro„yxatga olingan holatlar tarkibi 31.12. 2016 y.
Manba:https://icsid.worldbank.org. The icsid caseload–statistics(ISSUE 2017–1).
Geografik taqsimoti mintaqalar bo‗yicha quyidagicha: Janubiy Amerika–24
%, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo– 25 %; Afrika (saxaradan janubga) –15%;
O‗rta Sharq va Shimoliy Afrika–10 %; Tinch okeani va Janubiy–sharqiy Osiyo–8
%; Markaziy Amerika va Karib havzasi–6%; G‗arbiy Yevropa–7%;Shimoliy
Amerika (AQSh, Kanada, Meksika) –5%
248
.
248
www-wds.worldbank.org.
270
O‗zbekiston Jahon bankiga 1992 yilda a‘zo bo‗lgan. JBning O‗zbekistondagi
joriy majburiyatlari miqdori 2 mlrd. AQSh dollari atrofini tashkil etadi.
Jahon bankining Ijrochi direktorlar kengashi 14 iyun kuni 2016-2020
moliyaviy yillarida O‗zbekiston bilan hamkorlikning yangi Kontseptsiyasini
tasdiqladi. Yangi strategik dastur mamlakat maqomini 2030- yilga qadar o‗rta
daromadli mamlakatlar guruhining yuqori segmentiga
olib chiqish milliy
maqsadlarini qo‗llab-quvvatlaydi. Yangi strategik dastur asosida O‗zbekistonning
sistemali diagnostikasi- Jahon banki tomonidan o‗tkaziladigan mamlakatning qisqa
va o‗rta muddatlarda kam ta‘minganlikka qarshi kurashi hamda umumiy farovonlik
ustida ishlashidagi iqtisodiy sharoitlar, murakkabliklar va cheklovlarning kompleks
tahlili yotadi.
Strategiya asosiy uchta dolzarb soha: xususiy sektorning o‗sishi, qishloq
xo‗jaligining raqobatbardoshligi va paxta yetishtirish sektorining
modernizatsiyasi
hamda davlat xizmatlari sifatining oshishiga yo‗naltirilgan. Birinchi muhim soha
doirasida Jahon banki Guruhi tadbirkorlik muhitini
yaxshilash va mamlakatda
xususiy sektorga sarmoya kiritishni, ikkinchi eng
muhim soha sifatida qishloq
xo‗jaligida yer va suv resurslarini yanada barqaror boshqarish bilan bir qatorda
mehnat resurslaridan intensiv foydalanishni o‗z ichiga olgan foydali, bozor tizimini
yaratishga qaratilgan islohotlar qo‗llab-quvvatlanadi.
Davlat xizmatlari sifatini
oshirish uchun esa JB suv ta‘minoti va sanitariya xizmatlaridan foydalanish, ta‘lim
va sog‗liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirish,
shuningdek, transport aloqasi va
shaharlarni kompleks rivojlantirish darajasini yaxshilashda o‗z
yordamini taqdim
etadi
249
.
Do'stlaringiz bilan baham: