8.2. Xalqaro derivativlar bozoridagi asosiy operatsiyalar Hozirgi rivojlangan derivativlar bozori tarkibidagi asosiy derivativlar turi bu
spot, forvard, fyuchers, optsion, svop va arbitraj shartnomalari hisoblanadi.
Derivativlar bozoridagi shartnomalar orasida eng sodda turi bu
spot bo‗lib, u
spot (joriy) kursga asoslanib tuziladigan shartnoma bo‗lib, uning bajarilish muddati
ikki bank ish kunini o‗z ichiga oladi.
Forvard shartnomalari Derivativlarning keyingi sodda turi bu
forvard shartnoma bo‗lib, u ma‘lum
bir aktivni kelgusida aniq muddat va narxda sotib olish yoki sotish bo‗yicha
kelishuv hisoblanadi. Forvard shartnomalari spot shartnomasi orqali ham tuzilishi
mumkin, ya‘ni unda aktivni sotish yoki sotib olish kelishuvi bugun amalga
oshirilishi lozim. Forvard shartnomalar savdosi birjadan tashqarida amalga
oshiriladi, odatda ikta moliyaviy institutlar o‗rtasida yoki moliyaviy institut va
uning biror mijozi o‗rtasida tuziladi. Forvard shartnomasining bir tomoni uzoq
muddatli deb hisoblasa va ma‘lum bir aktivni aniq belgilangan kelgusidagi kun va
aniq belgilangan narxda sotib olsa, boshqa tomon qisqa muddatli deb hisoblaydi va
aktivni belgilangan narxda o‗sha kuni sotishi kerak deb hisoblaydi. Forvard
shartnomalari xorijiy birjalarda juda mashhur bo‗lib, ko‗pkilik katta banklar spot va
forvard shartnomalarini xorijiy birja savdolarida amalga oshirishadi. Spot
shartnomalari xorijiy valyutani darrov yetqazib berish operatsiyalari uchun
ayriboshlash savdolarida foydalaniladi. Forvard shartnomalari esa kelgusida
belgilangan vaqtda yetqazib berish uchun birjadagi ayriboshlash savdolarida
foydalaniladi. Forvard shartnomalari xorijiy valyuta riskini xedjerlashda
qo‗llanilishi mumkin.
Fyuchers shartnomalari Forvard shartnomalari singari,
fyuchers shartnomalari ham ikki tomon
o‗rtasidagi ma‘lum bir aktivni kelgusida belgilangan vaqt va narxda sotilishi yoki
sotib olinishi bo‗yicha kelishuv hisoblanadi. Forvard shartnomalaridan farqli
ularoq, fyuchers shartnomalari odatda birjada ayriboshlanadi. Savdoni amalga
oshirish uchun ayriboshlash shartnomasi aniq standartlashgan xususiyatlarni o‗zida
mujassamlashtirishi kerak. Shartnomani tuzayotgan ikki tomon bir–birini bilishi
shart emas, ayriboshlash har ikki tomonga shartnomani bajarilishi uchun kafolat
berish mexanizmini ta‘minlaydi. Eng katta fyuchers shartnomalari ayriboshlanishi
Chikago Savdo Birjasida amalga oshiriladi. Fyuchers shartnomalari tovar xom–
ashyo birjasidan tashqari moliyaviy aktivlar, ya‘ni aktsiya narxlari, valyutalar, va
G‗aznachilik obligatsiyalari uchun ham tuziladi.