Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


Joriy qiymat tushunchasi (joriy diskontlangan qiymat)



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/223
Sana25.03.2022
Hajmi6,92 Mb.
#510336
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   223
Bog'liq
ARM Bekmurodov A SH Xalqaro moliya bozori va institutlari O\' q 2019

Joriy qiymat tushunchasi (joriy diskontlangan qiymat) 
bir yildan so‗ng 
sizga to‗lanadigan dollar qiymati, bugun sizga to‗lanadigan dollar qiymatidan past
bo‗ladi degan oddiy tushunchaga asoslangan
105
. Darhaqiqat siz foiz hisoblanadigan 
jamg‗arma hisobvarag‗iga dollar qo‗yib, bir yildan so‗ng ko‗proq dollarga ega 
bo‗lishingiz mumkin. Buni oddiy ssuda misolida ko‗rib chiqishimiz mumkin. 
Bunda kreditor tomonidan qarz oluvchiga so‗ndirish muddatida qo‗shimcha summa 
bilan (foiz to‗lovlari) qaytariladigan ma‘lum bir summa (bu qarzning asosiy 
summasi deb ataladi) taqdim etadi. Masalan, sizdan do‗stingiz 1 yil muddatga 100 
AQSh dollari miqdorida oddiy ssuda oldi va bir yildan keyin sizga 100 AQSh 
dollarini foiz to‗lovi summasi, aytaylik 10 AQSh dollari bilan birga qaytarishi 
shart. Oddiy ssuda bo‗yicha foiz stavkasining hisoblash usuli-qo‗shimcha 
summaning (foizli to‗lov) qarz asosiy summasiga nisbati (oddiy foiz stavkasi deb 
ataladi) hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan misolda foiz stavkasi 10 % ga teng.

=$10/$100 = 0.10 = 10%. 
100 dollar oddiy ssuda berib, yil oxiriga 110 dollar olasiz: 
$100 * (1 + 0.10) = $110 
110 dollar oddiy ssuda berib, ikkinchi yil oxiriga 121dollar olasiz: 
$110 * (1 + 0.10) = $121 
yoki
$100 * (1 + 0.10) * (1 + 0.10) = $100 * (1 + 0.10)
2
= $121
 
yana bir yilga oddiy ssuda berib, 3 yil oxiriga quyidagi summani olamiz:
$121 * (1 + 0.10) = $100 * (1 + 0.10)
3
= $133 
umumiy xolda, bir necha yildan so‗ng 100 dollar quyidagicha suummaga 
aylanadi:
$100 * (1 + 
i
)

Har yil oxiriga oladigan summa vaqt shkalasida quyidagicha ko‗rinishda 
bo‗ladi: 
Kelajakda olinadigan pulning bugungi kundagi qiymatini hisoblash 
kelgusidagi qiymatni diskontlash deb ataladi. Agarda foiz stavkasi 
i
bo‗yicha, 
n
yildan so‗ng kelgusidagi pul oqimining qiymat 
CF
tashkil etsa, diskontlangan joriy 
105
Financial Markets and Institution\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin & Stanley G. Eakins.37p.


116 
qiymat PV ni hisoblashning umumiy formulasi quyidagicha ko‗rinishga ega 
bo‗ladi: 
PV=CF/(1+
 i
)

bu yerda PV

joriy qiymat; CF- n yildan ichidagi pul oqimi; i

yillik foiz 
stavkasi; n

yillar soni. 
Masala. Agar foiz stavkasi 15% ni tashkil etsa, ikki yil ichida to‗lanadigan 
$
250 ning joriy qiymati qancha bo‗ladi? 
Yechim. Joriy qiymat 
$
189,04 ni tashkil etadi. 
PV=CF/(1+
 i
)
n
=
$
250/(1+0?15)
2
=
$
189,04 
CF

ikki yil ichidagi pul oqimi=
$
250; 
i

yillik foiz stavkasi=0,15; n -yillar 
soni=2. 
Qarz majburiyatlarining to‗lov muddatlari bo‗yicha kredit bozorining quyidagi 
4 ta asosiy instrumentlari mavjud
106

1.
Oddiy ssuda: kreditorning qarz oluvchiga so‗ndirish muddatida qo‗shimcha 
summa (foizli to‗lovlar) bilan qaytariladigan ma‘lum summada taqdim etiladigan 
mablag‗ hisoblanib, kredit bozoridagi ko‗pgina insturmentlar ushbu turga tegishli. 
Masalan, korxonalarga berilgan tijorat ssudalari. 
2.
Qat‘iy to‗lovli ssuda: kreditorning qarz oluvchiga ma‘lum yillar uchun teng 
ulushlarda foizlari bilan doimiy ravishda (maslan, har oyda) qaytariladigan ma‘lum 
summadagi berilgan mablag‗dir. Masalan, agarda siz qat‘iy to‗lovli ssuda sharti 
bo‗yicha 1000 AQSh dollari miqdorida qarz olgan bo‗lsangiz, u xolda siz 25 yil 
davomida 126 AQSh dollaridan to‗lab borishingizga to‗g‗ri keladi. Tovarlarni 
kreditga sotish va bo‗nak to‗lovlari – qat‘iy to‗lovli ssudaga misol bo‗ladi. 
3.
Kuponli obligatsiya–o‗z egasiga obligatsiyaning yillik nominal qiymatini 
(nominal, paritet) so‗ndirish muddatigacha doimiy foizli daromad (kuponli to‗lov) 
taqdim etadi.
Kuponli obligatsiyalarning farqlanuvchi tavsiflari: 
a.
emitent (obligatsiya chiqaruvchi korporatsiya yoki davlat organlari); 
b.
obligatsiyani so‗ndirish muddati; 
c.
kupon stavkasi–obligatsiya nominal qiymatiga yillik kupon to‗lovining 
foizdagi nisbati. 
4.
Diskontli obligatsiya (nol kuponli obligatsiya) nominal qiymatidan past 
bahoda sotib olinib, uning nominal qiymati obligatsiyani so‗ndirish vaqtida 
to‗lanadi. Diskontli obligatsiyaning kuponli obligatsiyadan farqi shundaki, foiz 
ko‗rinishida daromad keltirmaydi, balki u bo‗yicha faqat nominal qiymati to‗lanadi.
Masalan, nominal qiymati 1000 AQSh dollaridagi diskontli obligatsiya 900 
AQSh dollariga sotiladi, bir yildan so‗ng, ya‘ni so‗ndirish muddatida obligatsiya 
egasi nominal qiymati 1000 AQSh dollari miqdoridagi to‗lovni oladi. G‗aznachili 
veksellari, jamg‗arma obligatsiyalari va nol kuponli uzoq muddatli obligatsiyalarni 
diskontli obligatsiyalarga misol qilib keltirish mumkin.
Kredit bozorining turli insturmentlarida turli muddatdagi to‗lovlar nazarda 
tutiladi: oddiy ssuda va diskontli obligatsiyalar bo‗yicha faqatgina so‗ndirish 
vaqtida, qat‘iy to‗lovli ssuda va kuponli obligatsiyalar bo‗yicha esa 
106
Financial Markets and Institution\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin & Stanley G. Eakins.39p. 


so‗ndirgungacha bo‗lgan muddatdagi davriy to‗lovlar amalga oshiriladi. Daromadi 
yuqoriroq bo‗lgan qarz insturmentini qanday aniqlash mumkin? Yoki turli 
muddatlardagi to‗lovlar ko‗zda tutilgan turli xildagi insturmentlarni qanday 
solishtirish mumkinligi to‗g‗risidagi savollar yuzaga keladi. Kredit bozorining turli 
insturmentlari bo‗yicha foiz stavkalarini hisoblash usullari asosida yuqorida 
ta‘kidlab o‗tilgan joriy qiymat tushunchasi yotadi.
Foiz stavkalarini hisoblashning umumiy usularidan eng muhimi so‗ndirishdagi 
daromadlilik qaysiki, qarz insturmentlaridan olingan pul oqimlarining joriy 
qiymatini, bugungi qiymatiga tenglashtiruvchi foiz stavkasi hisoblanadi. Shuning 
uchun, iqtisodchilar fikriga ko‗ra, so‗ndirishdagi daromadlilik–foiz stavkalarini eng 
aniq ko‗rsatkichi deb hisoblanadi.
Kredit bozorining 4 ta asosiy insturmentlari uchun so‗ndirishdagi 
daromadlilikni hisoblash usulini ko‗rib chiqamiz
107
.
Oddiy ssuda uchun so‗ndirishdagi daromadlilik joriy qiymat kontseptsiyasi 
asosida oson hisoblanadi. Yuqorida keltirib o‗tilgan bir yillik $100 ssuda bo‗yicha 
misoldan kelib chiqadigan bo‗lsak, bir yildan so‗ng pul oqimi $110 ni (to‗lov 
$100+foiz to‗lovi $10) tashkil etadi. Shunday qilib, oddiy ssuda uchun oddiy foiz 
stavkasi so‗ndirishdagi daromadlilikka teng

Qat‘iy to‗lovli ssudada so‗ndirish muddatigacha bir xildagi davriy to‗lovlarni 
amalga oshirish nazarda tutilgan. Yuqorida keltirib o‗tilgan 
$
1000 qarz bo‗yicha 
25 yil davomida yillik to‗lov 
$
126 misol asosida, joriy qiymat PV quyidagicha 
hisoblanadi:
birinchi yil oxiriga PV to‗lovi
$
126/( 1+i) teng;
ikkinchi yil oxiriga PV to‗lovi
$
126/( 1+i)
2
teng;
uchinchi yil oxiriga PV to‗lovi
$
126/( 1+i)
3
teng;
Shu tartibda davom etib, 25 yil oxiriga kelib PV to‗lovi
$
126/( 1+i)
25
teng 
bo‗ladi. Qarzning (
$
1000) bugungi qiymatini barcha yillik to‗lovlarning joriy 
qiymati summasiga tenglashtirish orqali quyidagiga ega bo‗lamiz: 
$
1000
=
$
126/( 
1+i)+
$
126/( 1+i)
2
+
$
126/( 1+i)
3
+...
$
126/( 1+i)
25 
Barcha qat‘iy to‗lovli ssudalar uchun ushbu formulani umumlashtiramiz: 
LV
=
FP/( 1+i)+
FP /( 1+i)
2
+
FP/( 1+i)
3
+...
FP/( 1+i)


Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish