Toshkent davlat iqtisodiyot univesiteti


O’zbekistonda antimonopol siyosat



Download 79,88 Kb.
bet5/7
Sana13.09.2021
Hajmi79,88 Kb.
#172883
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5426993853431286198

4.O’zbekistonda antimonopol siyosat

Respublika Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan monopoliyaga qarshi kurashish uchun ko’plab choralar ko’rilmoqda.

2020 yil 28 may sanasida bo’lgan yig’ilishda ham Prezident quyidagi fikrlarni ilgari surdi “Raqobat bo‘lmasa, sifat bo‘lmaydi, narx tushmaydi. Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib bo‘lsa, ishlaydi, bo‘lmasa – ketadi”

Yig‘ilishda korxonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, monopol tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi.

“Dunyo tajribasini o‘rganib, o‘z yo‘limizni topishimiz zarur. Monopoliyadan chiqarish, raqobatni ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yakdil yo‘nalishimiz bo‘lishi kerak”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplayens bo‘yicha o‘qitish muhimligi ta’kidlandi.

Prezidentning maxsus farmoni ham chiqdi quyida u bilan tanishamiz;

“Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish, investitsiyalarni, avvalambor iqtisodiyotning bazaviy va tarkibiy asosini tashkil etuvchi sohalarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish faol investitsiya siyosatini olib borish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun asos hisoblanadi.

Shu bilan birga, bir davlat organi doirasida davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi hamda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish funksiyalarining jamlanishi tizimli muammolarning toʻplanishiga olib keldi, shu jumladan:

-birinchidan, ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning (keyingi oʻrinlarda – davlat ishtirokidagi korxonalar) kundalik xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, bozor tendensiyalariga moslashuvchanlik va sezuvchanlikning yoʻqligi, davlat ishtirokidagi korxonalarning soliq va bojxona, shu jumladan, yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan imtiyozlarga haddan tashqari bogʻliqligi;

-ikkinchidan, strategik rejalashtirish, xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimining yoʻqligi, shu jumladan, ishlab chiqarishning past texnik darajasi, koʻplab ixtisoslikka kirmaydigan aktivlar mavjudligi, moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishga taalluqli boʻlmagan maqsadlarga yoʻnaltirilishi sababli davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligi pastligi;

-uchinchidan, davlat aktivlarini hisobga olishning tartibli tizimi yoʻqligi, xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligining pastligi, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar va boʻsh yotgan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash uchun institutsional salohiyatning kuchsizligi;

-toʻrtinchidan, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha oʻz vaqtida va samarali tekshiruvlar oʻtkazish uchun vakolatli organda huquqlar va institutsional potensialning yetarli emasligi;

-beshinchidan, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro standartlar va bugungi kun talablariga javob bermasligi, qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash tizimining yoʻqligi hamda tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning eskirgan usullari;

-oltinchidan, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishining oldini olishga doir korporativ standartlarni (monopoliyaga qarshi komplayens) joriy etish boʻyicha tizimli ishlarning, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat huquqi va siyosati, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida kadrlarni tayyorlashning barqaror tizimi yoʻqligi;

-yettinchidan, mamlakat kapital bozorining hozirgi holati iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mavjud imkoniyat va salohiyatdan foydalanishga imkon bermayapti, koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirish va respublikani jadallik bilan innovatsion rivojlantirishga toʻsiq boʻlmoqda.

Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat aktivlarini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – Davlat raqobat qoʻmitasi), Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda – Davlat aktivlarini boshqarish markazi) negizida:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (keyingi oʻrinlarda – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazining shtat birligi, shuningdek, davlatning, shu jumladan, xorijdagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (xususan, davlat ulushlarini sotish), davlat mulklarini ijaraga berish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni taʼminlash, mulkni baholash standartlarini tasdiqlash va rieltorlarni sertifikatlash boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini (keyingi oʻrinlarda – Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining shtat birligi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat qilish, tovar xom-ashyo birjalarini litsenziyalash boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda – Kapital bozorini rivojlantirish agentligi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining shtat birligi, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining lotereyalarni tashkil etish faoliyati boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini berish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yurituviga Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazini berish;

v) tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining quyidagi:

-boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan oʻtkazish va aniqlash hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga;

-foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish, shuningdek, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“Yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

a) davlat aktivlarini boshqarish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish sohasida:

davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularning boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirish;

davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan, ularning jozibadorligini va ularni boshqarishning samaradorligini oshirishni koʻzda tutuvchi samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish;

davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni taʼminlash;

davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;

b) raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish sohasida:

bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlarni taqdim qilish, ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish va davlat xizmatlari koʻrsatish hisobiga ularga teng shart-sharoitlar va xoʻjalik faoliyati erkinligi berilishini taʼminlash;

ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatini oshirish, narxlarning asossiz oshib ketishini cheklash va shu yoʻl bilan ichki talabni yuqori darajada qondirishni taʼminlash uchun sharoit yaratish;

tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

v) kapital bozorini rivojlantirish sohasida:

kapital bozorini rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital bozorining samarali infratuzilmasi hosil boʻlishida koʻmaklashish;

ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish va uning koʻlamini kengaytirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;

korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

3. Quyidagilar belgilansin:

a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalari etib:

davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish;

oʻziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (taʼsischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;

ilgʻor xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;

davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga koʻmaklashish;

davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini taʼminlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

davlat manfaatlarini taʼminlagan holda, shu jumladan, davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO boʻyicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga shu jumladan, xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri, shuningdek, portfel investitsiyalarni jalb qilish;

davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini taʼminlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

bankrotlik ishi boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini amalga oshirish;

baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini taʼminlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish;

b) Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining asosiy vazifalari etib:

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini suiisteʼmol qilishi, “kartel” bitimlari va til biriktirishi, nohalol raqobatchiligini aniqlash va oldini olish;

savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;

bozor ishtirokchilari, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlariga yuqori likvidli tovarlardan (ishlar, xizmatlar) foydalanishda teng sharoitlarni taʼminlash;

qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik;

v) Kapital bozorini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari etib:

qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

qimmatli qogʻozlar amaliyoti bilan shugʻullanuvchi investorlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;

qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari toʻgʻrisida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilish;

investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkoniyatini beruvchi yangi moliyaviy vositalar turlarini joriy qilishda koʻmaklashish;

fond birjalarining, qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini litsenziyalash;

kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish.

4. Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) tashkil etilsin.

Belgilansinki, tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidagi mablagʻlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasida teng taqsimlanadi.

5. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar, ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi;

korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalariga boʻlgan huquqni va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda – davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablagʻlar;

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgari berilgan qarzlar boʻyicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular boʻyicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;

tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;

xoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi boʻyicha tushumlar;

auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan gʻoliblardan ushlab qolingan zakalat summalari;

davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar qaytarilgandagi tushumlar;

Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshirilishi belgilansin:

a) davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar:

40 foiz – davlat mulkini balans saqlovchisiga;

25 foiz – tegishli mahalliy byudjet daromadiga;

20 foiz – Jamgʻarmaga;

15 foiz – davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha tegishli markazlarga;

b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi PF–4933-son Farmoniga muvofiq, davlat mulki obyektlarini sotishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga tushadigan mablagʻlar bundan mustasno:

73 foizi – Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;

24 foizi – Jamgʻarmaga;

3 foizi – mablagʻlarni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga.

7. Belgilansinki, Fond mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:

xoʻjalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, jalb qilinadigan, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va konsalting tashkilotlariga;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maʼmuriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, davlat mulki elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha xarajatlarini qoplashga;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shu jumladan, ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ikki oy muddatda yuridik shaxslar hisobi va reyestrini yuritish tizimini takomillashtirish, bunda, avvalo, davlat korxonalari, ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaxslar, shuningdek, ustav kapitalida (fondida) 50 foiz va undan ortiq ulush 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi yuritilishini taʼminlash yuzasidan amaliy choralar koʻrsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi;

b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklaydigan qonunchilik normalarini bekor qilish boʻyicha takliflarni kiritsin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar davlat, shu jumladan, unitar korxonalarni xatlovdan oʻtkazsin, bunda ushbu korxonalarning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularni davlat muassasalari yoki xoʻjalik jamiyatlariga aylantirish va keyinchalik ularning ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar paketlari (ulushlarini) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazishni taʼminlash;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish funksiyalarini amalga oshirish boʻyicha taklif kiritsin.

10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:

a) mazkur Farmonga muvofiq tugatilayotgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning mol-mulkini qabul qilish va topshirishni taʼminlasin;

b) 2019 yil 1 martga qadar tegishli sohalardagi kompleks kamchiliklarni, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) va ularga erishishning qadamba-qadam mexanizmlarini koʻrsatgan holda 2019 yil uchun mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;

v) ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin, shuningdek, Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol boʻyicha platforma formatida majburiy qoʻllanilishini taʼminlasin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.

11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996 yil 26 martdagi PF–1414-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017 yil 18 apreldagi PF–5016-son Farmoni.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2019 yil 14 yanvar


Download 79,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish