149
Veksellarni
hisoblash va
Qarz
majburiyatlari
Mijoz
manfaatiga
Transfer
vakillik
Qimmatli
qog‘ozlar bilan
Tijorat
banklari
qimmatli
Qimmatli
qog‘ozlar bilan
Garov
operatsiyalari
Konsalting
operatsiyalari
Depozitar
operatsiyalar
Hisob kitob
operatsiyalari
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan
operatsiyalar
O‘z aksiyalarini chiqarish
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalari.
Qayd etib o‘tilganidek, qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha
qatnashchilari orasida
banklar shu bilan farqlanadiki, ular bir
vaqtning o‘zida fond bozorining qonunchilik bilan ruxsat berilgan
deyarli barcha moliyaviy vositalarida: aksiya, obligatsiya, depozit
sertifikatlari va veksellarda emitentlar sifatida qatnashishi mumkin.
Har bir bank emissiya siyosati (qimmatli qog‘ozlarni chiqarish)
to‘g‘risida ishlab chiqilgan va Bank kengashi tomonidan
tasdiqlangan Nizomiga ega bo‘lishi kerak, unda majburiy tartibda
quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi lozim:
1)
bank emissiya faoliyatining strategiyasi va maqsadlari (ustav
kapitalini shakllantirish, likvidlikni qo‘llab-quvvatlash, qarz
mablag‘larini jalb etish);
2)
bank tomonidan chiqarilishi rejalashtirilayotgan
qimmatli
qog‘ozlar turi va xillari, emissiya muddatlari;
3)
qimmatli qog‘ozlar likvidliligi va aylanishini qo‘llab-
quvvatlash;
4)
qarz majburiyatlarining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash.
Investitsion va moliyaviy maslahat berish. Banklar ko‘p sonli
mijozlariga ega bo‘lib, ularga nafaqat kredit hisob-kitob xizmati
150
ko‘rsatadi, balki ularga chet el sarmoyadorini tanlash, sarmoya-
dorlarga investitsiya obyektlarini tanlash bilan bogliq bo‘lgan
investitsion konsalting sohasidagi xizmatlar ko‘rsatishni ham
amalga oshiradi. Bunda banklar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab
berilgan, potensial samaradorlik bahosini o‘z ichiga olgan
investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi, xalqaro andozalarga muvofiq
loyiha
hujjatlarni tayyorlaydi, amalga oshiriladigan loyihalar
doirasida marketing tadqiqotlari olib boradi. Bunda eng maqbul
emissiya portfellarini shakllantirish, investitsiyalarni jalb etish
dasturlarini ishlab chiqish, mijozning o‘ziga kerak bo‘lgan pul
mablag‘larini jalb etishi uchun yordam beradigan vositalarni tanlash,
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi uchun biznes- rejalarni ishlab chiqish,
moliyaviy vositalarning har xil turlari bo‘yicha olinadigan
daromadlari taxmin qilish va h.k. muhim bank xizmatlaridir.
O‘zbekistonda banklar o‘z
mijozlariga bepul, texnik xususiyatdagi
ko‘pgina og‘zaki maslahatlarni berishadi.
Depozitar xizmat ko‘rsatish. Bu vazifa xorijiy banklar
amaliyotida mavjud. Tijorat banki, depozitariydagi kabi, mijozning
qimmatli qog‘ozlarini saqlaydi, ularga bo‘lgan
huquqlarini hisobga
oladi, ularning harakati hisobini yuritadi. qimmatli qog‘ozlarni
saqlash uchun banklar mijozlarga "depo" hisobraqamini ochadi va
depozitar xizmat ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq ular bo‘yicha
qonunchilikda ruxsat etilgan barcha operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklar har xil turdagi korxonalar, shu jumladan, investitsiya
fondlari uchun depozitariy vazifalarini amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekistonda qonunchilikka muvofiq depozitar faoliyat faqat
ixtisoslashgan
investitsiya
muassasalari-depozitariylar
tomonidangina amalga oshirilishi mumkin. Banklar ushbu vazifani
bajarish huquqiga ega emas.
Bir qancha mamlakatlarda banklar
boshqaruvchi kompaniyalar
vazifasini bajaradi. Ushbu vazifalarni banklar mijozlar bilan
tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. Bunda bank
mijozning
qimmatli
qog‘ozlar
portfeli
va
uning
barcha
investitsiyalarini shakllantiradi hamda boshqaradi. Bu borada
banklar investitsiya fondlariga ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Trast xizmatlari. Bu – banklar faoliyatining keng tarqalgan
151
sohasidir. Tijorat banklari tarkibida ushbu operatsiyalarni bajarish
uchun maxsus trast-bo‘limlar tuziladi. Ular xususiy mulkdorlar,
shuningdek, firma va aksiyadorlik
jamiyatlari uchun trast
operatsiyalarini amalga oshiradi. Ularga aktivlar (mulk)ni tasarruf
etish, aksiyadorlik jamiyatlari ishini boshqarish, vositachilik xizmati
ko‘rsatish kabilar kiradi.
Aktivlarni tasarruf etish. Bu – guruh operatsiyalarining eng ko‘p
tarqalganlariga pensiya, o‘zaro va boshqa maqsadli fond
(jamg‘arma)larni boshqarish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
kiradi. Mazkur holda trast - bo‘limning ishi mablag‘larni biror
maqsadli fondga va trast to‘g‘risidagi shartnomaga asosan
oluvchilarga pul to‘lash uchun mablag‘larni to‘plash, jamg‘arish
(akkumulyasiyalash)dan iborat. Alohida shaxslar uchun trast-bo‘lim
vasiyatnoma bo‘yicha ishonchli shaxsga (vasiyatnoma
ijrochisi
sifatida) xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bir qancha hollarda trast-bo‘lim
firma
tomonidan
chiqarilgan
obligatsiyalarning
saqlanishini
ta’minlaydigan qimmatli qog‘ozlar egasi bo‘lishi ham mumkin.
Kompaniya ishlarini yoki alohida shaxsning mulkini boshqarish.
Bunday boshqarish vaqtinchalik, muvaqqat xususiyatga ega bo‘lishi
mumkin. Korxona qayta tashkil etilayotgan, qo‘shilayotgan,
sanatsiya
qilinayotgan
vaqtda
katta
tashkiliy,
moliyaviy
qiyinchiliklarni boshidan kechiradi yoki bankrot bo‘ladi. Shunday
paytda trast-bo‘lim ishonchli shaxs sifatida kreditorlarga qarzlarni,
byudjetga to‘lanmagan soliqlarni to‘laydi, korxonani tugatishga oid
hujjatlarni rasmiylashtiradi, vakolatlik vazifalarini bajaradi va h.k.
Xususiy shaxsning mulkini boshqarish trast bitim asosida yoki sud
farmoyishi bo‘yicha, odatda, ishonchli
shaxs yoki uchinchi shaxs
(masalan, layoqatsiz) bo‘lgan benefitsiar foydasiga amalga
oshiriladi. Mazkur holda bank o‘z nomidan ish tutib, mulkning har
xil turlarini boshqaradi, mablag‘larning samarali qo‘yilishini
ta’minlaydi, bunday qo‘yilmalardan tushadigan daromadni va trast
bitimning asosiy summasini tasarruf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: