71
operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya qaytarib
olingan hollarda tugatilishi mumkin.
Likvidator yoki tugatish komissiyasi Markaziy bank bilan
kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni
tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kun
mobaynida tayinlanadi. Tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank
va uning bank joylashgan manzil bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmasi
mutaxassislari kiritilishi mumkin. Banklar O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda
bank qonunchiligida
belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi. Tugatish
jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini
tezlik bilan qondirishdan iborat. Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda
tugatilishi mumkin Bank Markaziy bank tomonidan tugatilganda bank
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya, shuningdek,
ayrim operatsiyalarni bajarish uchun berilgan litsenziyalar chaqirib
olinadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank
Markaziy bank tomonidan
banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi.
Bankning
faoliyati to‘xtatilganligi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.Bank
faoliyatini to‘xtatish va uni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank Boshqaruvining
litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan
boshlangan deb hisoblanadi. Markaziy bank Boshqaruvining litsen-
ziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan vaqtdan
boshlab kuchga kiradi. Qaror u qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga
mazkur qarorni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirilgan holda
topshiriladi.
Bankni tugatish to‘g‘risida
qaror qabul qilingandan keyin,
Markaziy bank Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobiga bankda
tugatish jarayoni ketayotganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi.
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob-
varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomonidan bankni
tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim
etilganidan so‘ng uch kunlik muddatda tugatilayotgan bank joylashgan
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi huzuridagi Hisob-kitob-
kassa markazida ochiladigan bankning tugatish hisob varag‘iga
qaytariladi. Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish
72
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan
boshlab bankni tugatish
jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank
mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, jumladan, ularning
mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to‘lash, shuningdek, bankni
boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish
huquqi saqlanib qoladi;
tugatilayotgan bank nomidan
yoki uning hisobidan amalga
oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina
yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin;
bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi;
tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya
va foizlarning hisoblab yozilishi to‘xtatiladi;
tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy
xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan
qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi;
bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar
faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi
qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin;
tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul
qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid
sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan
navbat tartibida ijro
etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi.
Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
-
moddiy nazorat va inventarlash;
-
aktivlarni tekshirish;
-
aktivlarni baholash va sotish;
-
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
-
tugatish jarayonini yakunlash.
Markaziy bank bankni tugatish jarayonini nazorat qilib turishi shart.
Ushbu maqsadlarda Markaziy bank muntazam ravishda bank aktivlarini
baholash, bu aktivlarni tugatish va daromadlarni taqsimlash to‘g‘risida
hisobotlar olib turadi. Tugatish komissiyasi raisi etib tayinlagan shaxs
yoki likvidator sifatida yollanayotgan yuridik shaxs rahbari, shuningdek,
likvidatorning bosh buxgalteri sifatida yollangan shaxs va tugatish
komissiyasining boshqa a’zolari Markaziy bankning banklar rahbarlari
va bosh buxgalterlariga nisbatan qo‘ygan malaka talablariga mos kelishi
73
lozim. Likvidator, ekspertlar va tugatish jarayonida band bo‘lgan boshqa
shaxslar faoliyatiga haq to‘lash shartlari likvidator tomonidan
qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tugatish rejasida
qayd etiladi.
1990-yillarning oxiri 2000-yillarning boshida respublikamizda tijorat
banklarining soni 40 tadan oshgan. Lekin Markaziy bank tomonidan
belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari natijasida bir necha
banklarning litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olindi. Bu
banklar butunlay yopildi. Meva Sabzavot bank, Avtodorbank, Avia
banklar boshqa
banklar tomonidan qo‘shib olindi, jumladan, Avia
bank
Kapital bankka, Avtodorbank Asaka bankka qo‘shib olindi.
Yopilgan banklarga Nur-Anvar bank, Karvon bank,
Parvina bank, Alp-
Jamol banklarni kiritish mumkin. Oxirgi 3 yil davomida yana 4 ta
bank yopildi, bular: O‘ktam bank, Samarqand bank, Kredit-standart bank
va Amir bank. Amir bankning litsenziyasi 2014-yilning iyun oyi boshida
chaqirib olindi. Bu banklar litsenziyasining chaqirib olinishi O‘zbekiston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to‘g‘risidagi qonunining
14-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga binoan amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: