118
3.
Svop turidagi valyuta operatsiyalari.
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar).
SPOT operatsiyasi – bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki
ish kuni davomida valyuta ayriboshlash bo‘yicha operatsiyadir.
Spot kurs – bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat
valyutasini boshqa bir mamlakat valyutasidagi bahosidir.
Spot kurs
uning suzib yuruvchi yoki qat’iy belgilangan rejimda ishlashdan qat’iy
nazar operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda milliy valyutaning chet
ellardagi qadri qancha ekanligini o‘zida aks ettiradi.
Asosan spot bitimlarining kursi – bu telegraf o‘tkazmasi kursidir.
spot- kurs ikki xil yo‘l bilan aniqlanadi:
valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali;
birjadan tashqari savdoda dilerlarning o‘zaro telefon orqali
savdosida aniqlanadi.
Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi
(sotuvchi kursi)ga bo‘linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi
bank valyuta bitimini har doim o‘zi uchun foydali kurs bo‘yicha
amalga oshiradi. Banklar xorijiy valyutani
har doim qimmatga sotib
(sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) harakat
qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir.
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank
xarajatlarini qoplash va qisman valyuta riskini sug‘urtalashga
yqnaltiriladi. Agarda bank amalga oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar
asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga qoplasa, u marja hisobiga
foyda ko‘radi. Shuning asosida banklar valyuta operatsiyalari bo‘yicha
mijozlarni ko‘proq jalb qilishdan manfaatdor.
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta, komissiya
haqini chegirib tashlasa) teng bo‘lishi ham mumkin.
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda
yuqori
foyda olishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud
valyuta operatsiyalari orasida risk darajasida eng yuqori bo‘lgan
valyuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki, spot operatsiyalarini
amalga oshirish vaqti qisqa bo‘lganligi tufayli odatda u sug‘urta
qilinmaydi. Shuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot
operatsiyalarini katta hajmda amalga oshirmaydilar, chunki bunda spot
operatsiyasi muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar
uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarini
ham maksimal darajada
119
qisqartirishga harakat qiladilar.
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb
bo‘lmaydi.
Chunki agarda bank misol uchun AQSH dollariga nisbatan «qisqa»
pozitsiyaga ega bo‘lsa va USD kursi to‘satdan ko‘tarilib ketsa, bank
zarar ko‘rishi aniq. Kurs oshishi prognoz qilinayotgan vaqtda
pozitsiyaning «uzun» bo‘lgani ma’qul.
Agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda
«uzun» pozitsiya ijobiy natija bermasligi mumkin. Albatta, o‘z
mablag‘larini garovga tikkisi kelmagan banklar valyuta pozitsiyalarini
«yopiq» ushlashlari mumkin, lekin bunda ular kurs o‘zgarishdan
kelishi mumkin bo‘lgan foydadan ham mahrum bo‘ladilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin
valyuta bozorlarida amalga
oshiriladigan valyuta operatsiyalarining turlari rivojlanib ketdi.
Amalga oshirilishiga ko‘ra valyuta operatsiyalari naqd va muddatli
bitimlarga bo‘linadi.
Naqd valyuta operatsiyalari asosan «spot» shartlarida amalga
oshiriladi. Buning mohiyati shundaki, valyuta sotish-sotib olish bitimi
tuzilgandan keyin tuzilayotgan vaqtdagi kurs bo‘yicha ikkinchi ish
kunida naqd valyuta yetkazib beriladi. Bu operatsiyalar eng keng
tarqalgan bo‘lib, butun valyuta bitimlarining 90
foiziga yaqinini
tashkil etadi.
Spot turidagi valyuta bitimlari o‘zida mablag‘ni yetkazib berish
vaqti bo‘yicha farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi.
Bu operatsiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: