Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti y. E. Aliev, J. S. Fayzullayev innovatsion iqtisodiyot



Download 1,21 Mb.
bet65/82
Sana05.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#530786
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Bog'liq
Инновацион иктисодиёт укув кулланма Алиев Я печат 29 07 19й

Innovatsion marketingga, yangi tovarlarni izlash, mahsulotlarni yaratish va amaldagi mahsulotni takomillashtirib borish hamda innovatsion texnologiyalar yordamida tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat deb ta’rif berishimiz mumkin.
Demak, innovatsion marketingga berilgan ta’rifdan kelib chiqib mahsulotni siljitishda marketingning u yoki bu vositasidan foydalanishimiz mumkin (5.2.1-rasm).



5.2.1-rasm. Innovatsion marketing bilan an’anaviy marketing vositasida mahsulotning bozorga siljitishning umumiy ko‘rinishi

Ushbu marketing vositalari mahsulot siljitish holatidan foydalanishni quyidagicha ifoda etiladi:


an’anaviy marketing vositalaridan innovatsion mahsulotlarni siljitishda foydalanish;
an’anaviy mahsulotni innovatsion marketing vositalari bilan siljitishda foydalanish;
innovatsion marketingdan an’anaviy mahsulotlarni hamda innovatsion mahsulotlarni siljitishda qo‘llash.
Korxonada marketing faoliyatini tashkil etish I.Ansoff va ko‘plab xorijiy tadqiqotchilar tomonidan “mahsulot-bozor” portefeli doirasidagi muhim bir yo‘nalish sifatida o‘rganilgan. Har bir mahsulot bozordagi talabning har qanday sharoitida sotilishi va uning iqtisodiy natijadorligi bilan belgilanadi. SHuning uchun biz mavjud bo‘lgan va innovatsion mahsulotni bozorga siljitishda pozitsiyasini belgilovchi “mahsulot-talab-marketing” matritsiyasi asosiy jarayon hisoblanadi
Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar korxonaning mahsulot va xizmatlar bilan savdo qilishi uchun yangi narx strategiyalaridan foydalanishini bildiradi. Marketing vositalaridagi mavsumiy, doimiy yoki boshqa joriy o‘zgarishlar yangilik olib kelmasalar bu jarayon marketing innovatsiyalari hisoblanmaydi. Mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar bilan marketing innovatsiyalarini bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – bu mahsulotning funksiyalarida yoki undan foydalanish usullarida jiddiy o‘zgarishlar mavjudligidir. Agar mahsulot va xizmatlarning funksional yoki foydalanish xususiyatlari mavjud mahsulot va xizmatlardan yaxshilanishi bu mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar hisoblanadi. Mahsulot dizaynidagi o‘zgarishlar esa uning funksional yoki iste’mol xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgarmagan bo‘lsa, bu marketing innovatsiyalari hisoblanadi.
Jarayonlar bo‘yicha va marketing innovatsiyalari o‘rtasidagi farq quyidagicha namoyon bo‘ladi. Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar mahsulot birliklariga xarajatlarni kamaytirish yoki sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va mahsulotlarni etkazib berish usullarini takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Marketing innovatsiyalari esa sotish hajmini yoki mahsulotlar narxini (yangi narx strategiyalarini qo‘llagan holda) oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
XX asrning ikkinchi yarmida G‘arbda kuzatilgan o‘ziga xos bashorat shov-shuvi Rossiya bashoratchilk maktabi etakchisi I.V.Besstijev Lada tomonidan tuzilgan klassik bashoratchilik antologiyasida yaqqol tasvirlab berilgan. Intellektual va siyosiy doiralarda qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan o‘nlab fundamental asarlarda jahon rivojlanishi istiqbollari turli ssenariylardaeng yorkin ranglardan boshlab katastrofik holatlargacha asoslab berilgan. Uzoq muddatli u yoki bu bashorat ssenariylarini asoslab berish uchun foydalanilgan ko‘plab global modellar yaratilgan. Ushbu bashoratchilikka BMT ham qo‘shilgan bo‘lib, uning tarkibida “Bashorat va istiqbolli tadqiqotlar” bo‘limi tashkil qilingan. Nobel mukofoti sovrindori V.V.Leontev rahbarligidagi BMT ekspertlar guruhi tomonidan o‘tgan asrning 70 yillarida o‘ziga xos tarmoqlararo balansning mintaqalararo modeli asosida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2000 yilgacha bo‘lgan bashoratlari ishlab chiqilgan.
Biroq 80 yillar oxirlariga kelib bashoratchilik to‘lqini pasaya boshladi vabuning sababi oddiy edi.Jahon industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tib, tendensiyalar o‘zgardi va chuqur bifurkatsiyalar klasteri vujudga keldi. Avvalgi bashoratlar va ularning metodologik asoslari bu muhitda o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan bo‘lib, yangi metodologiya esa hali rivoj topmagan edi.
O‘tish davrida ijtimoiy va texnologik tizimlar traektoriyasi keskin o‘zgaradi. Ularning ayrimlari o‘tmishda qolib ketib, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi va jahon miqyosida keng tarqaladi. Bu davrda oldindan ko‘ra bilishning qiyinligi an’anaviy inqilobiy paradoks e’lon qilingan bo‘lib, maqsadlar va amalda erishilgan natijalar o‘rtasidagi farqlar bilan ham izohlanadi. Lekin shunga qaramay XX asrning yirik olimlari qalamiga mansub bo‘lgan eng oxirgi asarlardan birida insoniyatning rivojlanishiga doir asosli bashoratlar, ekologik va sivilizatsiya inqirozlarining bartaraf etilishiga qaratilgan.
Sivilizatsiya strategiyasining paydo bo‘lishi hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib u tabiat strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Bu esa insoniyat tarixida uning kuch-quvvati o‘sishi bilan birga kuzatiluvchi sifat yangiligidir. Bizni nafaqat ekologik balki sivilizatsiya inqirozi kutib turibdi. O‘z mohiyatiga ko‘ra biz sivilizatsiya tarixining butkul yangicha bosqichi esa butun xalqlar oldida sog‘lom turmuz tarzini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Bunday strategiyani uzoq muddatli bashoratlarsiz, tabiat va jamiyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini oldindan ko‘ra bilmasdan turib amaliy jihatdan ishlab chiqish mumkin emas.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib har bir faoliyatda yangicha qarash, yangi xomashyolarni yaratish va ishlab chiqarishga sarflash, iste’molchilar ehtiyojini to‘laqonli qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish, innovatsion mahsulotni siljitishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarning har birida innovatsion marketingni o‘zida namoyon qiladi.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish