4.3.1-jadval
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi haqidagi talabnomalarning tuzilishi
№
|
Ixtiro haqidagi talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi
|
Foydali model haqidagi talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi
|
Sanoat namunasi haqidagi talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi
|
1.
|
Ixtironing muallifi (hammuallifi) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko‘rsatilgan patent berish haqidagi arizani
|
Foydali modelning muallifi (hammuallifi) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko‘rsatilgan patent berish haqidagi arizani
|
Sanoat namunasining muallifi (hammuallifi) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko‘rsatilgan patent berish haqidagi arizani
|
2.
|
Ixtironi uni amalga oshirish uchun etarli darajada to‘liq ochib berilgan tavsifni
|
Foydali modelni uni amalga oshirish uchun etarli darajada to‘liq ochib berilgan tavsifni
|
Buyumning tashqi ko‘rinishi haqida to‘la-to‘kis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni
|
3.
|
Ixtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan formulasini
|
Foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan formulasini
|
Agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur bo‘lsa, buyum umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasini
|
4.
|
Agar ixtironing mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallarni
|
Agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallarni
|
Sanoat namunasining undagi muhim belgilar majmuini aks ettirgan tavsifi
|
5.
|
Ixtiro referatini
|
Ixtiro referatini
|
x
|
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
– ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
– tashkil etish va boshqarish usullari;
– shartli belgilar, jadvallar, qoidalari;
– aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
– elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
– binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizmalar;
– estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid echimlar;
– integral mikrosxemalarning topologiyalari;
– o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
– jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.Innovatsion salohiyat tushunchasi keng ma’noni anglatib, mamlakatda fan, iqtisodiyot,texnologiya, tibbiyot,ta’lim va boshqasohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va yangiliklarni ifodalaydi. Innovatsion salohiyatning oshishi, o‘z navbatida, innovatsion faoliyat va uning samarali tashkil etilganligiga bog‘liqdir. Innovatsiya tizimini uch xil darajada o‘rganish mumkin. Mikrodarajada, bunda yaxshilab boruvchi innovatsiyalar asosida doimiy ravishda ro‘y beruvchi mahsulotlar va ularning parametrlari yangilanib turishi yuz beradi. Mezodarajada, texnikaning yangi avlodlari almashinuvi, o‘rta muddatli iqtisodiy davrlar asosini tashkil etgan asosiy fondlar faol qismining yangilanishi yuz beradi. Makrodarajada esamuhim tayanch innovatsiyalar asosida texnologiya uzaro bog‘langan ishlab chiqarishlar majmui sifatida etakchi texnologik bosqichlar almashinuvining jadallashuvi. U taxminan ellik yilda bir marotaba yuz beradi.
Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko‘rinishidagi texnik o‘zgarishlar texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta’riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab chiqarish va xarajatlarni firma va sanoat tarmoqlari darajasida o‘zgartirishi mumkin.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo‘lgan, ammo ob’ektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi (4.3.2-jadval).
4.3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |