2.1.3-rasm: Innovatsion faoliyatni shakllanishga ta’sir etuvchi omillar
Sanoat korxonasida innovatsion faoliyat salohiyatini oshirish uchun har bir tarkibiy qismni tizimli ravishda takomillashtirilib borishini ta’minlash lozim.
Fikrimizcha, innovatsion faoliyatning samaradorligi va innovatsion faoliyat salohiyati holatini u yoki bu tarkibiy qismning mavjudligi hamda sifatini aniqlab beradi.
Innovatsion faoliyat salohiyati biron-bir tarkibiy qismining yo‘qligi yoki etishmasligi, uni qayta ko‘rib chiqish va rivojlantirish zarurligini taqozo etadi. Sanoat korxonasi innovatsion salohiyatini rivojlantirishni faqatgina uning tarkibiy qismlarini rivojlantirish orqaligina amalga oshirish mumkin. SHu sababli, har qanday korxona innovatsion salohiyatini oshirish uchun uning birinchi darajali tarkibiy qismlarini rivojlantirishi lozim (2.1.4-rasm).
2.1.4- rasm. Innovatsion faoliyat salohiyatni bevosita tarkibiy qismlari
Shu bilan bir qatorda innovatsion faoliyatda salohiyatni ikkinchi darajali tarkibiy qismlarini shakllantirishga ham e’tibor qaratish zarur (2.1.5-rasm).
2.1.5-rasm. Innovatsion faoliyat salohiyatni bevosita tarkibiy qismlari
Chunki, korxona innovatsion faoliyat salohiyat darajasi muayyan dinamikada bo‘lib, undagi o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishga yoki kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi darajali ta’sir etuvchilar kadrlar salohiyati, moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy va texnologik salohiyatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (2.1.6-rasm).
Yo`naltiriladi
2.1.6-rasm: Innovatsion faoliyatda salohiyat dinamikasi.
Demak, innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi salohiyat dinamikasi darajasi, unga turli omillarning ta’siri natijasida vujudga keladi (kadrlar tarkibining o‘zgarishi, texnik ta’minotning o‘zgarishi, mablag‘ jalb etish va boshqalar).
Korxonalarni innovatsion salohiyatini to‘laqonli ob’ektiv baholash jarayoni, birinchidan, uni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar tarkibini aniqlash, ikkinchidan esa, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir etish darajasini o‘lchashdan tashkil topadi.
Korxonalar innovatsion salohiyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion salohiyatini boshqarishni ob’ektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va etarlicha ishlab chiqilmagan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatda salohiyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda innovatsion jarayon, ko‘plab omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona innovatsion salohiyatining shakllanishi va amalga oshirilishi, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan to mahsulotning ommaviy ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilishigacha, innovatsion jarayonni jadallashtiruvchi omillar va sharoitlar majmuining o‘zaro tizimli ta’siri bilan bog‘liq.
Innovatsion salohiyat amalga oshirilayotgan va tugatilish bosqichlaridagi mavjud innovatsion loyihalarda, shuningdek, innovatsion faoliyatning rivojlanish elementlarining barchasini o‘zaro bog‘lovchi vositalarni qamrab oluvchi infratuzilmada aks etadi.
Innovatsion faoliyatda salohiyatni shakllanishi va amalga oshirilishi, innovatsiyalarning ishlanishi va targ‘ib qilinishini sekinlashtiruvchi va rag‘batlantiruvchi omillar makro, mezo, mikrobosqichlarga ta’sir o‘tkazadi. Makro va mezobosqich omillari innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini belgilab beradi.
Aholining ongli faoliyati ijtimoiy belgilovchi mohiyatga ega bo‘lib, mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlar jarayonida faol ishtirok etishni talab qiladi.
Корхоналар инновацион салоҳиятининг шаклланиши ва ривожланиши ёки даражаси ўзгариши маълум бир омиллар таъсири натижасида содир бўлади. Корхона инновацион салоҳиятини бошқаришни объектив ва ҳар томонлама тадқиқ этиш давомида, унга таъсир ўтказувчи омилларни аниқлаш ва тизимлаштириш муаммоси долрзарб ва етарлича ишлаб чиқилмаган бўлади.
Do'stlaringiz bilan baham: |