Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»



Download 0,98 Mb.
bet55/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

Ijtimoiy tuzilmani aniqlab, ta'minlab turadi, shuningdek, shaxssiz funksiyalarning ishlb chiqilishini ta'minlaydi. Shaxssiz funksiyalar deyilganida, sotsial institutlar tarkibidagi a'zolarning kimligidan qat'iy ravishda doimo institut doirasida bajariladigan vazifalar tushuniladi;

  • Intilishlar, harakatlar va munosabatlar integratsiyasini ta'minlaydi.

    Sotsial institutlarning funksiyalari borasida gap ketganida quyidagi holatlarni bilib olish kerak105:

    • bir vaqtning o‘zida bitta institut bir nechta vazifani bajarishi mumkin

    • turli maqsadlarga ega bo‘lgan institutlar bir xil funksiyalarni bajarishi yoki bajarmasligi mumkin,

    • tarixiy rivojlanish davomida sotsial institutlar turli xil funksiyalarni bajarishi mumkin,

    • vaqt o‘tishi bilan sotsial institut funksiyalaridan biri mustahkamlanishi yoki susayishi mumkin,

    • bir xil maqomga ega bo‘lgan sotsial institutlar turli jamiyatlarda har xil vazifalarni bajarishi mumkin.

    Shu o‘rinda oila institutining vazifalariga to‘xtab o‘tamiz. Oilaning reproduktiv, tarbiya, maishiy-xo‘jalik, iqtisodiy, sotsial nazoratning birlamchi bo‘g‘ini, ma'naviy muloqot sohasi, ijtimoiy status, bo‘sh vaqt, emotsional va jinsiy funksiyalari mavjud. Oila institutning bajarayotgan vazifalarining barchasi bosh va birlamchi funksiyalar hisoblanib, ularning qay darajada bajarilishi jamiyatning kelajagini belgilaydi.

    Barcha sotsial institutlarning funksiyalari umumiy va maxsusga ajratiladi. Umumiy funksiyalar aksariyat sotsial institutlar tomonidan bajariladi. Maxsus funksiyalar esa faqat sanoqli institutlarga xos bo‘ladi. Misol uchun oilaning sotsial institut sifatidagi maxsus funksiyalari tarixiy rivojlanish natijasida ham uning mohiyatini ifodalagani uchun saqlanib kelmoqda – reproduktiv funrksiya va bolalarni sotsializitsiyasi funksiyasi. Oila tufayli jamiyatning biologik davomiyligi saqlanib kelmoqda. ijtimoiy jihatdan esa u sotsializatsiyaning birlamchi agenti va birlamchi guruhi sifatida muhim o‘rin egallamoqda. Oila institutining mazkur maxsus funksiyalari jamiyatning ehtiyoji (turmush tarzining oilaviy shakli, farzandli bo‘lish va hk.) tufayli yo‘qolmay rivojlanib bormoqda.

    Oila institutiga xos bo‘lgan umumiy funksiyalarda oila va jamiyatning aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi tarixiy o‘zgarishlarni taqqoslash natijasida oila institutida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va asoslash mumkin. Misol uchun XX asr boshlarida ba'zi mamlakatlarda ayrim sotsial institutlar avvallari oilaga tegishli bo‘lgan vazifalarni bajara boshlagan. Misol uchun maktab va bog‘chalar – tarbiya funksiyasini, xizmat ko‘rsatish sohasi – ovqatlantirish, kiyintirish, bo‘sh vaqtni o‘tkazi, militsiya va armiya – himoya vazifalarini bajargan.

    Aytib o‘tish kerakki, har bir sotsial instiutut garcha o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarsada, ko‘p hollarda ular birgalikda faoliyatda bo‘lib, o‘ziga xos tizimni shakllantiradi va butun jamiyat uchun muhim bo‘lgan vazifalarni birgalikda bajaradi.

    Sotsial institutlarning bajaruvchi funksiyalarii xilma-xil va ularni turli nuqtai nazarlar asosida turlarga ajratish mumkin. Shunday tasniflardan birini sotsiologiyadagi institutsional maktab namoyondalari S.Lipset va D.Landberg yaratishgan. Ularning fikricha, barcha sotsial institutlarga xos bo‘lgan funksiyalar tasnifi quyidagilardirs106:

    1. Jamiyat a'zolarini ishlab chiqarish. Oila mazkur vazifani bajaruvchi asosiay institut sanalsada, davlat va boshqa institutlar mazkur jarayonda o‘z ta'siriga ega.

    2. Sotsializatsiya. Yosh avlodga jamiyatdagi norma va qadriyatlarni yetkazib berish.

    3. Ishlab chiqarish va taqsimot. Asosan boshqaruv va nazoratda band bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.

    4. Boshqaruv va nazorat funksiyalari. Sotsial norma va qoidalar orqali amalga oshiriladi.

    Ldemak, sotsial institutlarning asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


    • Asosiy ehtiyojlarni qondirish funksiyasi

    • Sotsial-integrativ funksiya, ya'ni insonlarni birlashtirish

    • Status va rollar funsiyasi

    • Sotsializatsiya funksiyasi

    • Nizolarni hal etish funksiyasi


    Download 0,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish