Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/607
Sana05.06.2022
Hajmi6,22 Mb.
#638311
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   607
Bog'liq
fayl 1670 20210827

20.3. Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar 
 
Ishchi kuchining bandligi to‘g‘risidagi nazariyalar muammoga nisbatan 
yondashuv, qo‘llanilgan tadqiqot usullari va vositalari jihatidan bir-biridan 
farqlanadi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishchi kuchi bandligi bo‘yicha 
neoklassiklar, keynschilar, monetarizm, institutsional-sotsiologik va boshqa ilmiy 
maktab vakillarining qarashlari bayon etiladi
1
.
Neoklassik maktab konsepsiyasi
A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari 
asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator 
olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoyon bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari 
ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida 
ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi 
darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi. U ishchi kuchi talab va 
taklifiga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. 
Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni 
bozordagi talab va taklifning o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgaradi. Shunga 
ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini 
o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning 
o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi. 
1
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, 
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, стр. 485-489. 


579 
Keynscha maktab vakillari
ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas 
tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini 
ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish 
haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar 
va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi 
bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi 
miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi bandlikning 
shakllanishida yetakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan 
hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga 
bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga 
solinadi. Ishsizlikning mavjud bo‘lishi yalpi samarali talabning etishmasligi bilan 
shartlanib, uni budjet va pul-kredit siyosatining iqtisodiy faollikni oshiruvchi 
chora-tadbirlari orqali bartaraf etish mumkin. Davlat yalpi talabni kengaytirish 
tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishiga imkon 
yaratadi va buning natijasida bandlikning o‘sishi hamda ishsizlikning qisqarishi 
ro‘y beradi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish