Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

I - B O‘ L I M.
IQTISODIY TARAQQIYOTNING UMUMIY ASOSLARI
 
1-BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA 
O‘RGANISH USULLARI
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub 
mohiyatini to‘g‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilarning ma’lum nazariy 
va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur bob 
kishilik jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning 
oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy 
bilimlarning
shakllanishi va 
iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan 
boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning 
umumiy bayoni beriladi. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi 
fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
bayon etiladi. Shu bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning 
amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning asosiy usullari 
mazmunini ochib berishga e’tibor qaratiladi. 
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng 
avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. 
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal, 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan 
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. 
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar 


12 
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab 
ko‘rinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy 
ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, 
o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-
ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday 
qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi. 
Shu muammolarni echish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar 
turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli 
faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini 
ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish