Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

metodologik vazifasi
orqali ham namoyon bo‘lib, fanning o‘zi, tahlili va tamoyillari, olingan xulosalar, 
tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun 
uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini chuqur o‘rganish, 
uning qoida va tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlarni o‘zlashtirish va 
yanada rivojlantirishning garovi hisoblanadi. 
Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, uning 
haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik, ishsizlik va 
inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalarning sabablarini sinchiklab o‘rganishga 
intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz, iqtisodiyotning muammoli tugunlarini 
echishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor 
iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob 
beradigan o‘zbek tilidagi adabiyotlar, qo‘llanmalar, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlari 
talabalari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalari etishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kollejlardagi ahvol 
o‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 
2017 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida darslik, 
maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganib, turli darsliklarni 
yaratish, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot-



resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan
1
, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 oktabrdagi 816-son qaroriga 
asosan qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan 
ta’minlash hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilab borish tartibi 
to‘g‘risida Nizomi”dan kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha mazkur 
darslik qayta tayyorlandi. 
Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan vazifaning 
murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi hech bir mamlakat 
iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va harakatlarni uyg‘unlashtirishning bir 
mexanizmidan butunlay boshqasiga birdaniga o‘tgan emas. Bu uzoq davrni talab 
qiladigan jarayon bo‘lib, alohida davrni taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil 
bo‘lgan o‘lchami va nusxalari ham yo‘q. 
Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti davrini va mamlakatimizda hozirgi davrda 
amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlarni, o‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini 
faqat AQSh yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan, ko‘plari bundan 200-
300 yil oldin yozilib, eskirib ketgan, o‘z mamlakatlarida ham inqirozlarning oldini 
olish, iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini ko‘rsata olmagan va munozarali bo‘lib, 
bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan nazariyalar asosida 
iqtisodiyotning rivojlanish yo‘lini yoritib bo‘lmaydi. Shuningdek, bizning iqtisodiy 
tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron bo‘lgan, iqtisodiy hodisalarni asosan 
sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy 
taraqqiyotning umuminsoniy tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik 
yo‘nalishdagi aqida va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi 
zamon iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlarni va boshqa bir qator 
voqealar, hodisalar va jarayonlarni tushuntirib bo‘lmaydi. 
Mazkur darslikni tayyorlashda AQShda, Yevropa mamlakatlarida, Yaponiya, 
Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa qator mamlakatlarda mavjud bo‘lgan 
adabiyotlardagi g‘oyalar, shuningdek, klassik va hozirgi zamon iqtisodiy 
nazariyalarining asosiy g‘oyalarini tanqidiy o‘rganib, ularning foydali ratsional 
1
Shavkat Mirziyoyеv. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo‘lishi kеrak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 
2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi // Xal? so‘zi, 2017 yil 16 yanvar. 



mag‘zini olishga harakat qilingan. Shu bilan birga, jahonga mashhur alloma, davlat 
arbobi sifatida tanilgan o‘tmishdagi vatandoshlarimiz tomonidan ilgari surilgan 
iqtisodiy g‘oya va fikrlar, qoidalarning asosiy mazmuni darslikka kiritilgan. Bunda 
u yoki bu guruhning yoki sinfning manfaati emas, birinchi navbatda, 
umuminsoniy, umumdavlat manfaatlari va qadriyatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji 
manfaati asos qilib olingan va unga bir qadar ustuvorlik berilgan.
Darslikda mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning ravnaq topishi, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yashashimiz, faoliyat ko‘rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda 
bo‘lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini, uning sabab-
oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushunchalarini, ularning qay darajada, qanday 
shaklda amal qilayotganligini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Unda 
iqtisodiy jarayonlarning faqat yuzaki, ko‘rinib turgan tomonlarigagina emas, shu 
bilan birga, ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog‘lanishlariga, iqtisodiy 
jarayonlarning sabab va oqibatlariga alohida e’tibor berilgan. Mazkur darslikda 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va hozirgi davrda respublikamiz 
iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, ayniqsa, qabul qilinayotgan qonunlar, 
farmonlar va qarorlarda, prezidentimizning ma’ruza va nutqlarida bayon etilgan 
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish tamoyillari, yo‘nalishlari va xususiyatlari ham 
qamrab olishga harakat qilingan hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish 
maqsadida bozor iqtisodiyotining ko‘pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita 
O‘zbekiston hayoti misolida yoritilgan. 
Darslikni tayyorlashda dialektik, ilmiy asbtraksiya, tahlil va sintez, tarixiylik 
va mantiqiylikning birligi va boshqa qator ilmiy usullardan foydalanilgan. Bunda, 
ayniqsa, har bir iqtisodiy voqea, hodisa, jarayon va tushunchalar bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan ikki tomon birligidan iborat deb qaralib, ikki tomonlama yondashuv 
va tahlil usuli kengroq qo‘llanilgan, shu yo‘l bilan yoritilayotgan masalaning asl 
mohiyatini tushunish osonlashtirilgan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq 
qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, rasmlar va grafiklar asosida tushuntirishga 
harakat qilingan. 
Ushbu darslik yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va Respublika 
muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan dastur asosida yozilgan. 
Unda dasturdagi mavzular asosan qamrab olingan, ko‘pgina materiallar imkon 



darajasida qisqartirib berilgan. Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali 
jihatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Darslikni tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va informatsion 
texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir bobdan keyin 
xulosalar, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek, takrorlash va 
munozara uchun savollar ham berilgan.
Mazkur darslikning asosiy mazmuni 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan 
tavsiya etilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» ma’ruzalar matni, 2002 yilda 
nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv qo‘llanmasi, 2005 yilda, 2010 yilda 
va 2017 yilda nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida bayon etilgan 
bo‘lib, ko‘pchilikning muhokamasi va mulohazasidan o‘tgan. Ushbu darslikda 
yuqoridagi kitoblarning asosiy mazmuni saqlanib qolingan holda, keyingi yillarda, 
ayniqsa, hozirgi davrda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar, 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida belgilangan strategik vazifalar, shuningdek, AQSh, Yevropa 
mamlakatlari, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda mamlakatimizda chop 
etilgan iqtisodiy adabiyotlardagi muhim deb hisoblangan g‘oyalar kiritilgan. 
Shuningdek, ushbu darslikni tayyorlashda “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash 
jarayonida xarajatlar miqdorini kamaytirish, tarkibini takomillashtirishning 
fundamental (nazariy) asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi OT-F1-155 – raqamli 
fundamental loyiha bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot natijalaridan foydalanilgan.
Ushbu darslikda iqtisodiy jarayonlar, voqea-hodisalar obyektiv tahlil qilinib, 
yetarli ilmiy-uslubiy asosda yoritishga harakat qilingan. Ushbu darslik talaba va 
o‘quvchilarni nazariy va uslubiy bilim bilan qurollantirib, iqtisodiy jarayonlarni 
bilishga, tafakkur qilishga va mustaqil ravishda tahlil qilishga o‘rgatadi degan 
umiddamiz. 
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik asosan oliy o‘quv yurtlari 
talabalari va magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek, undan 


10 
akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktab 
o‘quvchilari, katta-ilmiy-xodim-izlanuvchilar hamda iqtisodiyot nazariyasi 
sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. 
Muallif darslikning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi 
va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik 
bilan qabul qiladi va keyingi o‘quv qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga 
oladi. 


11 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish