Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


davlatning iqtisodiy vazifalaridan



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet494/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

davlatning iqtisodiy vazifalaridan
quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos 
va ijtimoiy muhitni ta’minlash; 
2)
raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy 
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda 
davlatning uchta vazifasi
alohida 
ahamiyatga ega:
1)
daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2)
resurslarni qayta taqsimlash; 
3)
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga 
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirish. 
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti 
hisoblangan 
huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini
o‘z zimmasiga oladi. Bozor 
iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni ta’minlash quyidagi tadbirlarning 
amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini 
mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal 


655 
qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va 
boshqalar. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik 
faoliyati to‘g‘risida» va «Aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi qonunlari hamda 
ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni 
ta’minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan 
ijtimoiy muhitni ta’minlash
o‘z ichiga ichki tartibni 
saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini belgilash, tovar va 
xizmatlar ayirboshlashni engillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga 
kiritish kabilarni oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib xizmat 
qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki iste’molchilarning ehtiyojlariga ishlab 
chiqaruvchi va resurs yetkazib beruvchilarni bo‘ysundiradi. Raqobat sharoitida 
ko‘plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor 
narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurs yetkazib 
beruvchilar iste’molchilarning faqat bozor orqali hisobga olinadigan xohishlariga 
moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo‘ysunuvchi, raqobatlashuvchi 
ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o‘z mavqelarining mustahkamlanishini 
kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko‘radi va oxir-oqibatda sinadi. Raqobat 
sharoitida xaridor – bu xo‘jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning 
xizmatkori hisoblanadi.
Iqtisodiyotda 
sotuvchilar 
o‘rtasidagi raqobat o‘rnini monopoliyalar 
egallaganda, ularning bozorga ta’sir ko‘rsatish yoki undagi narxlarni o‘z 
manfaatlarini ko‘zlab o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Monopoliyalar 
o‘zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, 
mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu 
orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda 
nazorat o‘rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli 


656 
bozor mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb 
nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan 
xizmatlarga standartlarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab 
chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday 
tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik 
bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat 
raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi 
qonunlar qabul qiladi. 
Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida 
raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga 
qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan. 
Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda 
mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu 
bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo‘lmagan, bilim va malaka 
darajasi past, layoqati ham yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, 
ishsizlar yolg‘iz va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi 
yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi. 
Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari 
o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli 
davlat o‘z zimmasiga 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish