Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Qishloq  xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish”



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” 
dasturi belgilandi.
1
Unda:
- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada 
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar 
sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; 
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan 
yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, 
shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin 
maydonlarini yanada optimallashtirish; 
- fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish 
ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer 
xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova, 3.3-bandi. 


399 
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor 
oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng 
zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta 
ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 
bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo
moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini 
yanada kengaytirish;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya 
va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan 
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq 
xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; 
- kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik 
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini 
hamda yuqori mahsuldorlikka ega chorva mollari zotlarini yaratish va ishlab 
chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; 
- global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi 
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha 
tizimli chora-tadbirlar ko‘rish. 
Ushbu harakatlar strategiyasiga ko‘ra, Yer va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish lozim 
bo‘ladi, bunda: paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 
10 ming gektarga qisqartirish; qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq 
xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka — 8,1 ming gektar, sabzavot 
— 27,2 ming gektar, intensiv bog‘ — 5,9 ming gektar, tokzor — 2,9 ming gektar, 
ozuqa ekinlari — 10,9 ming gektar va moyli ekinlar — 4 ming gektar.
1
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, 161 qator. 


400 
Bundan tashqari, O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik 
tijorat banki tashkil etiladi. Bank eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va 
barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar 
va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilmoqda. 
Prezidentimizning 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz 
mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishga 
davlat buyurtmasi joriy etildi. G‘o‘za maydonlari qisqartirilib, bo‘shagan 
maydonlarga meva-sabzavot ekinlari ekildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi 6,8 foizga ko‘paydi.
1
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning 
sug‘oriladigan yerlari sharoitida takroriy ekinlarni ekib o‘stirish, har bir gektar 
erdan ikkinchi marta mahsulot etishtirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu maqsadda 
2017 yilda g‘alladan bo‘shagan 954,3 miing gektar maydonlarga takroriy ekin 
ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, maydonlarning asosiy qismiga eksportbop sabzavot, 
poliz va kartoshka ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan. 
Yuqorida ta’kidlangan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada 
chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlari respublikaning xususiyatlari va bozor 
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqadi. Lekin agrar sohada mehnatning yangi 
texnika va texnologiyalari hamda energiya bilan qurollanish darajasi va binobarin 
mehnat unumdorligi nisbatan pastligicha qolmoqda. Ishchi va xizmatchilarni 
moddiy rag‘batlantirish tizimi hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Bularning 
hammasi bu sohada tub burilish yasovchi xo‘jalik yuritish tizimini yaratishni 
taqozo etmoqda.
 
1
 
http://uza.uz/oz/society/takroriy-ekin-shimcha-daromad-21-07-2016
- O‘zbеkiston Rеsupblikasi axborot agеntligi 
rasmiy sayti 


401 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish