Ishchi va xizmatchilarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va yo’riqnomalar o’tkazish



Download 39,88 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi39,88 Kb.
#641423
Bog'liq
Diplom ekologiya


IV. Ishchi va xizmatchilarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va yo’riqnomalar o’tkazish.
Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslarning huquq va vazifasi Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarining asosiy vazifalari mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda «Xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari» bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni amalga oshirish tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga javobgarlik xo’jalik rahbari, uning o’rinbosari - bosh mutaxassis zimmasiga yuklatiladi.
Rahbar - ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini oluvchi tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga, mablag’ bilan ta’minlashga, shartnoma bitimlari talablarini bajarishga, mehnat va dam olish tartibi, ayollar va o’smirlarni talab darajasidagi ish bilan ta’minlashga, kasaba uyushmasi texnik nazoratchilari va jamoatchi nazoratchilar hamda mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi komissiyasining mehnat muhofazasiga doir buyruqlarini bajarishga, ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yo’llari bo’yicha yo’riqnomalarni tasdiqlashga, ishchi-xizmatchilarni o’z vaqtida amaldagi me’yorlarga muvofiq korjoma, maxsus poyabzal, yakka tartibdagi himoya vositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga majbur.
Bosh mutaxassis (bosh texnolog) - hamma bo’linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo’llari hamda ishlab chiqarish sanitariyasiga doir me’yorlar va qoidalarni bajarishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish, xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish, o’quv-o’rganish ishlarini nazorat qilish, xodimlarni davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlarini, ishlab chiqarishda xavfsiz faoliyat usullarini ommaviy tadbiq qilinishini, mehnat xavfsizligiga oid ko’rgazmali qurollar va ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligiga oid ishlarning holatini tekshirish, belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro’y bergan shikastlanish to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish va yuqori turgan tashkilotlarga hisobotini berish, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga ajratilgan mablag’larning sarflanishini nazorat qiladi.
Bosh mexanik, energetik - barcha turdagi inshootlar va turli uskunalarni, bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni, elektr qurilmalarni o’z vaqtida texnik tekshiruvdan o’tkazish va reja asosida xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etilishi hamda o’z vaqtida o’tkazilishiga, shuningdek, ta’mirlash ishlarining xavfsiz bajarilishi va uni nazorat qilishga mas’ul.
Mehnat muhofazasi muhandisi - mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga hamda barcha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishga va amalga joriy qilinishini nazorat qilishga javobgar shaxsdir.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 14 moddasida:
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari:
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo’jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo’mitasi bilan kelishib o’zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo’lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o’z maqomiga ko’ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo’ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar. Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo’lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). Xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis bevosita korxonaning boshlig’i va bosh muhandisga bo’ysunadi. U o’z ishini mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi, mehnat muhofazasi bo’yicha komissiya, shuningdek, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanoat- texnik nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash
Qishloq xo’jaligida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni xo’jalik ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko’p yillik rejalardan tashkil topadi.
Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda xo’jalikni rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa xo’jalik tarmoqlari, bo’limlari, bo’linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili xo’jalik rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan tuzadi. Mehnatni muhofaza qilinishini moliyaviy ta’minlash, O’zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunining 11- moddasidagi talablar asosida amalga oshiriladi.
11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag’lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag’larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo’shimcha chiqim qilmaydilar. Korxonalar o’zining xo’jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilishga mo’ljallangan mablag’larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.(11-moddaga O’zbekiston Respublikasining 01.05.98 Qonuniga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) . (Ozbekiston respublikasi MMQQ). Qonunda ko’rsatlgan talablar asosida mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta’minlanadi:
• davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi,
• ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda xo’jalik jamg’armasi;
• agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo’lsa – amortizatsiya jamg’armasi;
• agar xarajatlar kapital xarajatlar bo’lsa - asosiy faoliyat, tarmoq va umumxarajat mablag’lari;
• yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar;
O’ta zararli ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko’zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi.
Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi.
Mehnat xavfsizligi bo’yicha me’yoriy-axbarot ta’minot tizimi Me’yoriy axborot ta’minot tizim xizmati korxona rahbarlari va bo’limlarni (mehnat xavfsizligi bo’yicha) qo’llanmalar, mehnat xavfsizligi ishlarini boshqarish va javobgarligi bo’yicha standartlar va buyruqlar, profilaktika, tibbiy ko’rigini o’tkazish, xavfsiz mehnat bo’yicha korxona standartlarini ishga joriy qilish, o’ta xavfli uskunalarni biriktirish, mehnat xavfsizligi holati va uni yaxshilash chora-tadbirlari bilan shug’ullanadi. U har yili xavfsiz mehnat xavfsizligi masalalari bo’yicha o’qitish va bilimlarni tekshirish, ishchi joylarini attestatsiya qilish va oqilona takliflar kiritish, mehnat xavfsizligi bo’yicha ko’rik-tanlovni o’tkazish hamda tashkil qilish, o’ta va yuqori darajada xavfli ishlardagi ishchilarni qayta attestatsiyadan o’tkazish, shuningdek ayrim turdagi ishlarni xavfsiz bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi.
213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o’tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak. Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK).
Xo’jaliklar standartlarni o’z ixtiyori bilan bir martalik so’rovlar yoki blank-buyurtma orqali doimiy ro’yxatga olingan abonementga asosan olishi mumkin. Tarmoq standartlarini xo’jaliklar talabnomasiga yoki bir martalik so’rovga asosan tarmoq standartlari ko’rsatkichlariga ko’ra olishlari mumkin.
Namunaviy qo’llanmalar ishlab chiqishga me’yoriy asos bo’lib mehnat bo’yicha respublikamizning qonunlari, standartlar tizimi, me’yorlar, qoidalar va boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Namunaviy qo’llanma, xavfsizlik talablari, korxonaning texnologik hujjatlari va aniq sharoitlar ishchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ishchilar tomonidan qo’llanmalardagi ko’rsatmalarning bajarilishini nazorat qilish xo’jalik ma’muriyati va kasaba uyushmasi zimmasiga yuklanadi. Xo’jalik rahbariyatining buyrug’i yoki farmoyishlari yangi qo’llanmalarni ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qo’llanmalar bo’lim rahbarlari tomonidan ishlab chiqiladi, unga rahbarlikni esa tarmoq boshliqlari olib boradi. Ishchilar uchun qo’llanmalarning o’z vaqtida ishlab chiqilishi, qaytadan ko’rib va tekshirib chiqilishini nazorat qilinishi mehnat xavfsizligi xizmati tomonidan olib boriladi hamda ularning o’zlari uslubiy yordam ko’rsatadilar.
Qishloq xo’jalik xodimlarining davolash va sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari. Noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash, bronxit va angina, radikulit va polinervalgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi kassalanishlarga olib keladi. Bunday mehnat sharoitlarini yaxshilash va xizmatchilarni xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullarda ta’minlanishi mumkin:
• noqulay va og’ir ish sharoitlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng foydalanish;
• binolardagi havo haroratni me’yoridan ortiq oshib ketmasligi uchun shamollatish va havoni namlovchi qurilmalar o’rnatish;
• binolarni isitishda ochiq alangadan foydalishni cheklash va quvurli hamda kaloreferli isitish tizimidan foydalanish;
• ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish;
• ovqatlanish tartibiga va tarkibiga doimiy ravishda rioya qilish, kishi organizmining zararli kimyoviy moddalarga qarshiligini oshirish uchun sut va sut mahsulotlarini, tarkibida oqsil, kraxmal va jelatin bo’lgan ovqatlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish;
• belgilangan tartibda ishchi-xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlash va nazoratga olish.
O’zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunning 13 va 17- moddalari binoan:
13-modda. Korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo’lishi lozim. Korxonada mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o’rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari to’g’risida mehnat jamoalarini o’z vaqtida xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o’ta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog’liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositlari, yuvish va dezinfektsiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi. Korxonada mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o’zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida ko’zda tutiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
17-modda. Majburiy meditsina ko’riklari
Korxona sog’liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart.
Xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bosh tortishga haqli emaslar. Xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bosh tortsalar yoki o’tkazilgan tekshirishlarning natijalari bo’yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo’ymaslik huquqiga egadir.
Xodim, agar u o’zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog’liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko’rik o’tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy ko’riklarni o’tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlanadi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Davriy ko’riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan so’ng, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko’rsatilgan ko’riklardan tashqari transport vositalarining haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi-profilaktik ovqatlanishga keng o’rin berilgan, bu esa zararlar ta’sirini yo’qotish maqsadida olib boriladi. Aynan xuddi shu masala O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi moddalarida quyidagicha o’z aksini topgan:
214-modda. Tibbiy ko’rik
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart:
-o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar;
-oltmish yoshga to’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to’lgan ayollar;
-nogironlar;
-mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar;
-oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bogliq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar;
-umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tilishi lozim bo’lgan boshqa ishlarning ro’yxati va ularni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bo’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko’rikdan o’tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo’ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatdan, ularning sog’lig’i holatiga to’g’ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Agar xodim o’z sog’lig’ining holati mehnat sharoiti bilan bog’liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko’rikdan o’tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo’lmaydilar. (Ozbekiston respublikasi MK).
218-modda. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o’tkazishi shart. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganda shunday ishga o’tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning avvalgi o’rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to’lanadigan boshqa ishga vaqtincha o’tkazilgan xodimlarga shu ishga o’tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo’yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo’shilganda xodimning avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to’lanadi.
Basharti kasallik varaqasida ko’rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo’lsa, u holda shuning oqibatida bekor o’tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to’lanadi.
Ish bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’lig’iga boshqacha tarzda shikast etkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilgan xodimlarga ularning sog’lig’i shikastlanganligi uchun javobgar bo’lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o’rtasidagi farqni to’laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to’lanadi.
Qonun hujjatlarida sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganda avvalgi o’rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MK).
Qishloq xo’jalik korxonalarida pasportlashtirishni tashkil etish tartibi
Ish joylarini talabga javob berishini aniqlash maqsadida, mashina, mexanizmlar, texnologik jarayonlar, bino va inshootlarni sanitariya talablariga, MXST, SM va Q, texnika xavfsizligi va yong’in xavfsizligi qoidalariga, mehnat xavfsizligi chora-tadbirlarini rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni olish va qishloq xo’jalik korxonalarini mehnat xavfsizligi talablariga javob berish maqsadida pasportlashtirish o’tkaziladi.
Pasportlashtirish shundan iboratki, har bir ishlab chiqarish bo’limi (hudud) bo’yicha bir qancha pasportlashtirish texnologik varaqalari to’ldiriladi. Bular bo’lim pasportini tashkil etadi. U bino ma’lumotlarining umumiy tavsifini, sexlar, hududlar, ishlab chiqarish kategoriyalari, portlash, yonish xavfi bo’yicha xonalar klassi, noqulay mehnat sharoitida ishlaydiganlarning soni, sanitariya - maishiy xonalar bilan ta’minlanishi, maxsus kiyimlarni tikish va ta’mirlash punktlari, tibbiyot xonasini qurish, jihozlash, oshxona, mehnat xavfsizligi xonalari hamda burchaklarini, sanitariya maishiy xonalar rejasi, shuningdek mehnat xavfsizligi vositalari tavsifini (himoyalovchi to’siqlar va signal beruvchi moslamalarning mavjudligi, elektr tokidan himoyalanish vositalari, shaxsiy himoyalanish vositalari, mehnat sharoitlariga baho beruvchi vositalar, o’t uchirish vositalarining mavjudligi) o’z ichiga oladi.
Pasportlashtirishni bo’lim (hudud) rahbarlari o’tkazadilar va ish joyida noqulay omillar faollashganda (kuzda va qishda) uni har kuni mehnat xavfsizligi bo’yicha muhandis nazorat qilishi shart. Nazoratni yuqorida turgan tashkilotlar va viloyat kasaba uyushmasining mehnat bo’yicha texnik inspektsiyasi olib boradi.
Mehnat xavfsizligini va sharoitlarini pasportlashtirishning natijalarini ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini rejalashtirishda foydalaniladi.
Baxtsiz hodisalar bo’yicha tekshiruv o’tkazish, hisobga olish va hisobot berish Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan barcha baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi.
Nizomning 3 bandiga asosan tabiiy o’lim, o’zini o’zi o’ldirish, jabrlanuvchining o’z salomatligiga qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida shikastlanishi holatlari(sud tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko’ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Tekshirish va hisobga olishga korxonada va uning tashqarisida ish vaqtida yuz bergan quyidagi baxtsiz hodisalar kiradi:
• jarohatlanish;
• zaharlanish;
• kuyish;
• cho’kish;
• elektr toki va yashin urishi;
• o’ta issiq yoki o’ta sovuq harorat ta’siri;
• portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalarning buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan jarohatlanishlar;
• tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o’pirilishlar, suv toshqini, to’fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari.
• kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan ko’rsatmalar bilan tekshiriladi)
• agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa (H–1 shakldagi dalolatnoma to’ldirilib qayd qilinadi va bu dalolatnoma 4 nusxada to’ldiriladi va 45 yil arxivda saqlanadi);
• ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko’zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda;
• avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo’l harakati hodisasi natijasi;
• korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
• ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda;
• shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko’rsatilayotganda;
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati tibbiy xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo’qotilsa.
15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug’urta qilish.
Korxonalarning xodimlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug’urta qilinishlari shart. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to’g’risidagi H-1 shakldagi dalolatnomani berish tartibi mehnat kodeksining 222-moddasida quyidagicha o’z aksini topgan:
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart.
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog’i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma berishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK). Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o’rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshirish asosida olib boriladi:
• bir vaqtning o’zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guro’hiy baxtsiz hodisalar;
• o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
• oqibati og’ir baxtsiz hodisalar.
Guro’hiy o’lim bilan tugagan yoki og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan ta’minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga:
• Davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
• muttasaddi xo’jalik organiga;
• Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga;
• viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasiga;
• baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
• baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
• O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga;
• «O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga va agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa, viloyat kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak.
Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to’lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq, uni kasbiy qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi(TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda ma’muriyat tomonidan belgilanadi. Mehnat mayibligi tufayli belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 28-moddasi talablari asosida amalga oshiriladi:
28-modda. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon etkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi.
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotgan xodimga O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to’laydi hamda sog’liqqa etkazilgan shikast uchun tovon to’laydi.
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo’lmasligi lozim. Agar xodim davolanish, protez qo’ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo’lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog’liq xarajatlarni to’laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini o’zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Xodim vafot etgan hollarda, ish bilan ta’minlovchi marhumning qaramog’ida bo’lgan mehnatta qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o’n olti yoshga to’lmagan yoki vafot etgan kunga qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin tug’ilgan farzandiga, shuningdek ota-onasiga, umr yo’ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga etmagan bolalari yoki nevaralarining parvarishi bilan band bo’lsa, zararni to’lashi shart. 29-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo’lgan shaxslarga moddiy ziyonni O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to’laydi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
194-modda. Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo’lsa, —ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Bunda xodimning soglig’iga shikast etkazilganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas. (Ozbekiston respublikasi MK).
Mehnat xavfsizligini targ’ibot va tashviqot qilish
Qishloq xo’jaligida mehnat xavfsizligining targ’iboti ishlab chiqarish targ’ibotining bir turi hisoblanadi, bu asosan jismlar va mehnat vositalari bilan insonning aloqasini eng yuqori darajada xavfsiz va zararsiz sharoitni ta’minlashga yo’naltirilgan.
Targ’ibotning tuzilish elementlariga manbalar, uslublar, tashkiliy shakllar, ma’lumotli va texnikaviy targ’ibot vositalari va boshqalar kiradi. Mehnat xavfsizligini targ’ibot qilishdan maqsad, odatdagi uslublar va ma’lumotli vositalar ta’siridan keng foydalanish tufayli jarohatlanish va kasallanishlarni yo’qotish yoki kamaytirishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligini targ’ibot qilish qishloq xo’jalik mehnatkashlarini xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish bilan tanishtiradi. Mehnat xavfsizligi bo’yicha targ’ibot ishlari xo’jalik rahbarlari va mutaxassislarga, tarmoq rahbarlari hamda oliy va o’rta maxsus bilim yurti o’qituvchilariga va mehnat muhofazasi fani mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. Mehnat xavfsizligini targ’ibot-ma’lumot fondi ma’lumotni tashuvchi materiallar-kino va magnit lentasi, videokassetalar va targ’ibot qilish vositalariga standartlar, kino va videofilmlar, qo’llanma va talabnomalar, ko’rgazmali vositalar, broshyuralar hamda eslatmalar kiradi.
Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar o’tkazish va malaka oshirish mehnat muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha namunaviy Nizomda (№272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, insitut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, birlashma, assotsiatsiya, korporatsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan va bu mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun va mehnat kodekslarida quyidagicha o’z aksini topgan:
19-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish va ularga yo’l-yo’riqlar berish.
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o’z kasblari va ish turlari bo’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o’tishlari shart.
Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o’tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o’rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko’rsatish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berishlari shart.
O’ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo’yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o’tiladigan o’quv o’tkaziladi.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha belgilangan tartibda o’qitish, yo’lyo’riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o’tmagan shaxslarni ishga qo’yish taqiqlanadi.
Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. (Ozbekiston respublikasi MK).
212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga, qoida va yo’riqnomalariga, shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog’lig’iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog’liq holda sodir bo’lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o’zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, hudud boshlig’i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK).
215-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish
Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’quvdan, yo’l-yo’riqdan o’tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi. (Ozbekiston respublikasi MK).
Yo’riqnoma. Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar dastlabki, davriy, joriy va navbatdan tashqariga bo’linadi. Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo’natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot o’tayotganlar va shogirdlar kirish yo’riqnomasini o’tadilar. Uni xo’jalikning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o’tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tarmoq ish joylarida amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tarmoq boshlig’i o’tkazishi kerak. Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar o’tkazadilar va maxsus jurnallarga rasmiylashtirib boradilar.
Ish joyida o’tkaziladigan dastlabki yo’riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo’riqnomasidan o’tgandan keyin ish joyida ish boshlashdan oldin boshlang’ich yo’riqnomadan o’tishlari lozim.
Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad - har bir ishchini to’g’ri va xavfsiz ish usullariga o’rgatishdir. Yo’riqnoma jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini sanitariya va gigiyena talablariga mos holda tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuntiriladi.
Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o’tkaziladi. Xodimlarga elektr xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish va malaka guro’hi berish xo’jalik bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Davriy yo’riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, har olti oydan ko’p bo’lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo’yicha davriy yo’riqnoma o’tkazib turiladi.
Bundan asosiy maqsad – ishchining xafsizlik borasidagi bilimlarini yangilab va to’ldirib turishdir. Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va sh.o’.) o’z muddatida ishchilarga o’tkazilmagan yo’riqnoma keyinchalik o’tkaziladi. Davriy yo’riqnoma o’tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirib qo’yiladi.
Navbatdan tashqari yo’riqnoma quyidagi hollarda o’tkaziladi:
- texnologik jarayon o’zgarganda;
- bo’lim yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki halokat ro’y berganda;
- yangi qoida va yo’riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati tug’ilgan hollarda;
- ishlab chiqarish intizomi, qoida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan hollarda.
Joriy yo’riqnoma qo’yidagi hollarda o’tkaziladi:
- ishlab chiqarish hududlarida gaz yoki elektr payvandlash ishlari amalga oshirilishi kerak bo’lganda;
- uch metrdan oshgan balandlikda montaj yoki tozalash ishlari amalga oshirilganda;
- ish kuni davomida xavfli va zararli ishlarni bajarishdan oldin.
Ishchilarning bilimini tekshirish. Dastlabki yo’riqnomadan va malaka oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga o’tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo’yicha bilimlarini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma’muriyat tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib bo’lim boshliqlaridan biri belgilanadi. Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa, unga mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida qayta tekshiruvdan o’tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu kamchiliklarga yo’l qo’ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida belgilanganidek intizomiy choralar qo’llanadi. Agarada ishchi belgilangan vaqtda korxonaning ishi bilan xizmat safarida yoki boshqa bir shoshilinch ishlar bilan band bo’lgan bo’lsa, va asosli dalil va hujjatlar asosida qayta tekshiruv muddati orqaga surilishi mumkin. Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarini oshirish uchun xo’jalik boshqaruv bo’limlarida davlat nazorat tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institulari va tarmoq mutaxassislarini jalb qilgan holda kurslar, seminarlar, leksiyalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi.
Xodimlar rahbarlik lavozimiga tayinlanishda quyidagilar bilan tanishtirilishlari kerak:
-mehnat muhofazasi va sharoiti ;
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash vositalari;
-jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili;
-mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat muhofazasi bo’yicha qo’llanma va lavozim vazifalari ro’yxati.
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilimlarini tekshirish yuqori tashkilot, viloyat mehnat muhofazasi bo’limlarining doimiy imtihon komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining rahbarlari boshqaradi. Imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish xo’jalik ma’muriyatiga hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja bo’yicha o’tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha a’zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiriluvchi esa imtihon kuni va o’tkazilish joyi haqida kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi. Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo’lsa imtihon o’tkazishga ruxsat berilmaydi. Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo’lishlari kerak. Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta topshirish sharti bilan o’z lavozimida qoldirilishi mumkin. Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar korxonaning attestatsiya komissiyasiga, uning lavozimiga mos emaslgini ko’rib chiqish uchun yuboriladi. Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasi yoki sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va o’tkazish xo’jalik rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish bo’limlari zimmasiga yuklanadi. Nazorat huquqi Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasiga yuklanadi. Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlari tekshirilishidan bo’yin tovlagan mutaxassis va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi. Mehnat muhofazasi xonasi. Mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish, ularni mehnat xavfsizligi qoidalarining hamma talablarini ongli ravishda bajarish ruhida tarbiyalashning o’quv-uslubiy markazi bu mehnat muhofazasi xonasi bo’lib xizmat qiladi. Bu xonaga mehnat muhofazasi bo’yicha bosh muhandis bevosita rahbarlik qiladi. QM va Q ga muvofiq mehnat muhofazasi xonasining maydoni ishchilarning ro’yxatdagi soniga bog’liq holda tanlanadi, ya’ni: 1000 tagacha ishchi-xodim bo’lganda - 24 m2;
1001 dan 3000 tagacha ishchi-xodim bo’lganda - 48 m2;
3001 dan 5000 tagacha ishchi-xodim bo’lganda 72 m2 bo’ladi.
Xonani uquv, ma’lumotnoma-uslubiy va ko’rgazmali qurollar bilan jihozlanadi. Xavfsizlik xonasi ishlarini yo’lga qo’yish, ish rejasini tasdiqlash korxona bosh muhandisiga yuklatiladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha xonada kirish yo’riqnomasi o’tkaziladi, ishchi, xizmatchi va muhandis xodimlar mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitiladi. O’quv maqsadlarida maketlar, ko’rgazmali qurollar, plakatlar, yo’riqnomalar, korjoma va maxsus poyabzal hamda shaxsiy himoya vositalari andozalaridan, ishga yaroqli, yaroqsiz asbob-uskunalar namunalari bilan jihozlangan stendlar, diafilmlar, diapozitiv va kinofilmlardan foydalaniladi.
Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Download 39,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish