Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

«narx 
bo‘yicha yetakchilik»
xatti-harakati keng qo‘llaniladi. Bu xatti-harakat narx 
vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist 
firmalarning narxni shakllantirish va uni o‘zgartirishda yetakchi oligopolist 
firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma yetakchi 
sifatida maydonga tushadi. Narx bo‘yicha yetakchi firma boshqalarga qaraganda 
iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo‘lsada, u o‘zining xatti-harakatini faqat narx 
jihatdan tazyiq o‘tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda 
yetakchi – firma boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga 
olmog‘i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, me’yordagi foydani 
ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon 
bo‘ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishi natijasida bozor 
narxi oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq 
kelmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni o‘zgartirishi lozim bo‘ladi. 
 
9.4. O‘zbekistonda narx siyosatining oʻziga xos xususiyatlari 
 
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‘p jihatdan 
narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga 
yaqinlashtirishga qaratiladi. 


283 
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p 
jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, 
narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga 
qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar 
quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi: 
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;
b) narxlarning o‘sishini
 
sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada 
saqlab qolish. 
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat shu yo‘llardan birini 
tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos 
kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, 
isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va 
kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil 
davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo‘lini tanlab oldi. Barcha 
turdagi xomashyo resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo‘la 
erkin qo‘yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining 
birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga olib keldi. 
Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan 
chiqishiga sabab bo‘ldi. 
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, 
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l 
bilan 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish