Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet539/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   535   536   537   538   539   540   541   542   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yevropa Markaziy banki
tuzilib, u milliy 
banklar bilan birga Yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.
Shuningdek, hozirgi iqtisodiy-siyosiy jarayonlarning yuz berishi va ko‘plab 
mamlakatlar ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy 


713 
talofatlar keltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib 
qo‘ydi. Ushbu holatlarga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish 
maqsadida har yili turli mamlakatlarda ularning sammitlari o‘tkaziladi. Jumladan, 
2019 yil 29 iyunda Yaponiyaning Osaka shahrida jahon yalpi mahsulotining 80 
foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradigan 
20 ta yirik davlat ishtirokidagi 12-sammit
o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ana 
shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan 
fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda 
O‘zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq 
masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, 
xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. 
Shu bilan birga, biz Jahon savdo tashkiloti bilan boshlangan muloqotimizni 
hamda Yevropa Ittifoqi bilan Hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi yangi bitimni 
tuzish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz. Shuningdek, biz boshqa xalqaro va 
mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokimizni yanada kuchaytiramiz”
1
.
Xulosalar 
 
1.
Jahon xo‘jaligi milliy xo‘jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga 
chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining 
amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir 
ko‘rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro 
raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi 
turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon 
narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi 
mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr. 


714 
2.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu 
iqtisodiy 
aloqalarning 
jahon 
miqyosida 
kuchayishi 
hamda 
iqtisodiy 
munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hisoblanadi. 
3.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuv 
jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Globallashuv jahon xo‘jaligining butun makonini 
qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va 
rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonining mulkchilik munosabatlarining 
globallashuvi; kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga 
o‘tish; xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi 
kabi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, jahon xo‘jaligi 
globalashuvi jarayonlarining turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishining bir 
tekisda bormasligi; boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi; 
ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; turli mamlakatlarda aholi soni 
o‘zgarishining farqlanishi kabi ziddiyatli tomonlari ham mavjud.
4.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va 
xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. 
Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada 
eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib 
keladi. 
5.
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. 
Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. 
Jahon bozori o‘zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri 
milliy xo‘jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum 
darajasi bilan tavsiflanadi. 
6.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri 
ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z ifodasini ishchi kuchi 
resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir 
mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishida topadi. 


715 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   535   536   537   538   539   540   541   542   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish