Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet518/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   514   515   516   517   518   519   520   521   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish
– ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat 
jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi. 


686 
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga 
asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash 
manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq 
maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Yordam 
tizimi faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan 
qo‘llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari
turli tashkilot hamda jamg‘armalarning mablag‘laridan ham foydalaniladi. 
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 
yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma 
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda 
mahallalarda budjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari 
va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus 
jamg‘armalar hosil qilindi. 
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimi mehnatga rag‘batlantiradigan omillar 
va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo‘lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib
islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan 
birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi 
kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar buning yaqqol dalilidir. 
Shuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining 
kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga 
moddiy yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni 
amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy 
himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish 
yanada faollashtirilmoqda. 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublika 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bir qator yo‘nalishlarni 
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, ushbu farmonning 4-yo‘nalishida 
“ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini 


687 
izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport 
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga
1
alohida e’tibor berilgan. 
Sog‘liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy 
tibbiyot yo‘nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 
126 taga ko‘paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o‘tgan yili 634 ta xususiy 
tibbiyot muassasasi tashkil etildi
.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va 
ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish 
ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m 
ko‘p mablag‘ sarflandi. 
Qishloq joylarda – 17100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 
700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar 
qurildi. 
Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, 
jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib 
olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi.
2
O‘tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish 
umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: 
Ta’lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va 
mustahkamlash, jumladan, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-
hunar hamda oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni 
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr. 


688 
malakali kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash jarayonini 
takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi. 
Shuningdek, tadqiqotlar natijasi o‘laroq ijtimoiy himoya tizimi kadrlarini 
uzluksiz o‘qitish, kadrlarga qo‘yiladigan kasbiy talablarni qayta ko‘rib chiqish, 
aholining ijtimoiy himoyasi bilan shug‘ullanuvchi yagona davlat muassasasini 
tashkil etish, soha bo‘yicha ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish 
ekspertlar tomonidan taklif etildi. 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz 
natijasida o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari 
tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan 
qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. 
2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 
ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta 
yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. 
Etakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi 
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 
ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul 
qilindi.
1
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   514   515   516   517   518   519   520   521   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish