Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Milliy boylikning mazmuni va tarkibiy tuzilishi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

17.5. Milliy boylikning mazmuni va tarkibiy tuzilishi 
 
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir 
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning 
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan 
bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham 
moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, 
shuningdek, bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish 


512 
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, 
san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy boyliklar kiradi. Uning 
tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob ilmiy adabiyot va san’at 
asarlari alohida o‘rin tutadi. 
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar 
tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy 
va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat bo‘lib, u bir tomondan 
to‘plangan nafliliklar yig‘indisi, ikkinchi tomondan esa to‘plangan qiymatlar 
yig‘indisidir. 
Milliy boylikning birinchi manbasi tabiat va ikkinchi manbasi insonlar mehnati 
hisoblanadi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli 
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida 
yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish 
oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni 
qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri 
bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili qaytadan yangilanib turadi 
(ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish 
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir 
qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash 
fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga 
amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat 
shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 


513 
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- aylanma kapital (fondlar); 
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi; 
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan 
boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida 
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
-
mehnat unumdorligining o‘sishi; 
-
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
-
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi. 
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti 
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon 
harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi 
ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-
sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning 
o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Milliy boylik tarkibiga har bir mamlakatda uzoq tarixiy davrlarda yaratilgan 
binolar, inshoatlar, noyob buyumlar, san’at asarlari va boshqa ko‘pgina boylik 
turlari ham kiradi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili 
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini 
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi 
tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan 
mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi. 
Tabiat boyliklarining asosi tabiat mahsuli bo‘lib, bular: toza havo, quyosh va 
shamol va boshqa tabiat kuchlari, ularning energiyasi, foydali qazilma boyliklar, 
o‘rmonlar, okean boyliklari, suv va yer resurslari hisoblanadi hamda boylikni 
yanada ko‘paytirish va ishlab chiqarishda muxim ahamiyatga egaligi bilan ajralib 
turadi. Tabiat boyliklari yer yuzi bo‘yicha bir tekisda joylashmagan va barcha 


514 
davlatlar hududlarida bir xil miqdorda taqsimlanmagan, shundan xulosa qilish 
mumkinki dunyo mamlakatlari va mintaqalar tabiat boyliklari bo‘lmish tabiiy 
resurslar bilan turli darajada ta’minlangan.
Tabiat resurslari takror hosil qilinadigan va takror hosil qilinmaydiganlarga 
bo‘linadi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish