Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali va germaniyaning vayenshtefan-trizdorf amaliy bilimlar universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI VA GERMANIYANING VAYENSHTEFAN-TRIZDORF AMALIY BILIMLAR UNIVERSITETI BILAN QO‘SHMA TA’LIM DASTURI
“TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
dotsent___________F.B.Ahrorov
“___” ___________2021 yil
Samarqand – 2021 yil Fan sillabusi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Samarqand filiali
Fan to‘g‘risida ma’lumot Fan shifri: 28417105A Fan nomi: Iqtisodiyot asoslari Semestr/Yil: 1-semestr/ 2021-2022 o‘quv yili Kafedra: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti Soatlar/kreditlar miqdori: 5 ECTS (75 auditoriya soati)
Ma’ruza
Amaliy mashg’ulot
Mustaqil ta’lim
Baholash
Jami
60
15
75
15
150
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas’ul kafedra: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Instruktor to‘g‘risida ma’lumot Instruktor: D.Raxmonov
Kafedra joylashgan joyi: TDIU SF, A-o‘quv binosi, 309-xona
Telefon: +998 90 502 66 72
E-mail:
Ish vaqti: Uchrashuvga ko‘ra
I. Fan tavsifi
Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo‘lib, u birinchi kursning birinchi semestrida o‘qitiladi. Iqtisodiyot asoslari fanining maqsadi, bozor vazifalarining amal qilishini o‘rganishni o‘qitishga qaratilgan. Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni o‘rganish kabi jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
II. Fanning maqsadi Ushbu Sillabus asosida fanning maqsadlari tavsiflanadi. Bu talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu fan talabalarga quyidagilarni o‘rganish imkonini beradi:
• iqtisodiy terminlar, tushunchalar va nazariyalarni bilish va tushunish;
• asosiy iqtisodiy qonunlarni o‘rganish;
• asosiy iqtisodiy raqamlardan foydalanish va iqtisodiy ma’lumotlarni sharhlash;
• iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalanish;
• iqtisodiy g‘oyalarni yozma ravishda mantiqiy va aniq ifoda etish;
• iqtisodiy tushunchalarni mavjud iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash.