Халқаро валюта тизимининг элементлари:
Jаҳон пулининг функционал шакли; валюталарни ўзаро конвертирлаш шартлари; валюта паритети режимининг регламенти; давлатлараро валютавий чегараларни тартибга солиш;
халқаро валюта ликвидлигини давлатлараро тартибга солиш усули; халқаро кредит маблағлари муомаласини унификациялаш қоидалари; халқаро ҳисоб–китоблар шаклларини қўллашнинг қоидалари; халқаро валюта ва олтин бозорларининг фаолият юритиш режими; давлатлараро валютани тартибга солувчи халқаро ташкилотлар; Миллий валюта тизимининг асосини шу мамлакат миллий валютаси ташкил этади. Ушбу валюта тегишли қонунчилик хужжатлари асосида мамлакатда ягона тўлов воситаси сифатида мустаҳкамланади. Халқаро ҳисоб–китобларда қўлланиладиган пул (миллий валюталар) валюта деб юритилади.
Respublikamiz mustaqillikga erishgach xalqaro munosabatlar sub`yektiga aylandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan davlat mustaqilligi to`g`risidagi bayonotda “O`zbekiston Respublikasi Xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a`zosi bo`lib, xalqaro munosabatlarda suveren davlat, xalqaro huquq sub`yekti bo`lib maydonga chiqadi” – deyilgan.
Bu bo`yicha Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha xarakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmonida – davlat mustaqilligi va suverenetetini mustahkamlash, xalqaro munosabatlarning teng xuquqli sub`yekt sifatidagi o`rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O`zbekistonning yon-atrofidagi xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik jihatini shakllantrish.
O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy – huquqiy asoslarini takomillashtirish lozimligi qayt etilgan.
Xarakatlar strategiyasida ta`kidlangan ushbu vaziyatlarni bajarilishi yuzasidan Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoyevning Respublikaning Oliy Majlisiga yo`llagan murojaatnomasida – “O`tgan davr mobaynida tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo`shni mamlakatlar bilan do`stona va o`zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishdik”.
2017-yilda 21 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi, 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazildi. Natjada 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishildi, qariyib 60 milliard AQSH dollari hajmidagi savdo va sarmoya shartnomalar imzolandi. Qabul qilingan hukumat kelishuvlarini o`z vaqtida to`liq bajarish maqsadida 40 ta “yo`l xaritasi” ishlab chiqildi va xorijiy hamkorlarimiz bilan birgaikda amalga oshirilmoqda. “O`zbekiston tashqi siyosatda Markaziy osiyo-bosh ulug`vor yo`nalish” tamoilini amalga tadbiq etishga kirishdik. Natijada mamlakatimizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o`zaro ishonch va yaqin qo`shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanmoqda” – deyilgan.
Yuqoridagi va shu kabi boshqa choralar mamlakatimizni xalqaro miqyosida yanada faol munosabatlarga kirishishini ta`minlab mamlakatimizni tashqi munosabatidagi valyuta munosabatlarini mustahkamlaydi, uni harakat doirasini yanada kengaytiradi.
Umuman, yuridik shaxslar, firmalar, banklarning valyuta va pul bozoridagi xalqaro hisob-kitoblar kredit va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishi valyuta munosabatlarini tashkil etadi.
Keyingi yillarda, ayniqsa, 2017-yilda mamlakatimizda valyuta munosabatlarini rivojlanishida muhim qadam qo`yildi. Buni 1-jadval ma`lumotlaridan ham bilish mumkin.
1-jadval
2017-yilda yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalaridagi o`zgarishlar, mln. AQSH dollarida
T/r
|
Operatsiya mazmuni
|
2017-yilni birinchi yarim yilligidagi o`rtacha oylik ko`rsatkichlar
|
2017-yilning sentabr-dekabrida o`rtacha oylik ko`rsatkichlar
|
Farqi
|
Mln. AQSH dollarida
|
Foizda
|
1
|
Valyuta xaridi
|
462
|
740
|
278
|
160,2
|
2
|
Valyuta sotuvi
|
172
|
740
|
568
|
430,2
|
Manba: Bank axborotnomasi, 2018-yil, №4, 4- bet.
Jadval ma`lumotlariga ko`ra respublikamizda chet el valyutasi bilan olib boriladigan munosabatlarni oshishi tufayli valyuta xaridi 2017-yilni sentabr-dekabr oylarida yilning birinchi yarmiga nisbatan 278 mln dollariga yoki 1,6 marta oshgan, uni sotuvi esa 568 mln. dollarga yoki 4,3 martaga oshgan.
Xo`jalik yutiruvchi sub`yektlar tomonidan sentabr-dekabr oylarida chet el valyutasini sotib olish jami 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |