Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar



Download 1,74 Mb.
bet38/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar

  1. Inflatsiya mohiyati

  2. Inflatsiyani iqtisodiyotda paydo bo’lishi

  3. Inflatsiyani iqtisodiyotda paydo bo’lishining sabablari

  4. Inflatsiyaning ichki va tashqi sabablari

  5. Inflatsiya turlari

  6. Deflatsiya va dezinflatsiya

  7. Inflatsiya to’g’risida nazariya va qarashlar

  8. Inflatsiyaning ko’rsatkichlari

  9. Inflatsiyaga qarshi uzoq muddatli choralar

  10. Inflatsiyaga qarshi qisqa muddatli choralar

  11. Markaziy bank pul- kredit siyosatining xususiyatlari

  12. Markaziy bank pul- kredit siyosati samaradorligini oshirish omillari



9-mavzu. Pul islohotlari
Reja

    1. Pul islohatlari haqida tushuncha. Pul islohatlarini amalga oshirish usullari

    1. O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari.


Tayanch iboralar: daromad, davlat, aholi, daraja tenglashtirish, soliq, indeksatsiya, bandlik, baho, banknota, iqtisod, kupon, pul islohati, pul tizimi, masshtab, nisbat va b.
Mavzuni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
Fan bo’yicha tuzilgan o’quv uslubiy majmuaga asosan ma’ruza davomida “Aqliy hujum “, “T - sxema”, “Blis-so’rov”, “Munozara”, “Keys-stadi” va boshqa usullaridan foydalaniladi.

9.1.Pul islohatlari haqida tushuncha. Pul islohatlarini amalga oshirish usullari
Ma’lumki, yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomalasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasini keskin pasaytirar, iqtisodiy bandlikka va bahoga, pulni sotib olish quvvatining pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Pul tizimidan foydalanishdagi bu holat va mamlakatlar markaziy banklarining pulni barqarorlashtirish yuzasidan ko’riladigan choralardan biri bo’lib, pul islohatlarini o’tkazish hisoblanadi. Bunda aksariyat xollarda muomaladagi (harakatdagi) pul birligi o’rniga yangi pul birliklari chiqariladi
Jumladan , O’zbekiston Respublikasida mustaqil davlatni o’z pul birligiga ega bo’lishligi hamda muomalada bo’lgan sobiq ittifoqning rubl pul birligidan sekin –asta voz kechish nuqtayi nazaridan kelib chiqib respublikada 1992 yilning 15- noyabridan e’tiboran bir martalik kuponlar muomalaga kiritildi
Shuni ta’kidlash lozimki, 1991-1992 yilllarda ittifoqning 1-100 rubligicha bo’lgan mayda kupyuralari sum-kupon bilan birgalikda muomalada bo’ldi.1993- yilning 15- noyabridan Rossiyaning 5000 va 10 000 rubllaridan foydalanish ta’qiqlandi va ular jamg’arma bankaga omonat sifatida topshirildi
1994-yilning 15- aprelidan Rossiya banki banknotalaridan foydalanish ta’qiqlandi va sum –kupon yagona to’lov vositasi bo’lib qoldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 18-iyundagi farmoniga asosan so’m, yani 1 so’m 1000 sum –kupon ekvivalentida 1 iyuldan muomalaga kiritildi. So’m kuponlarni chiqarilish to’xtatildi va 1-avgustgacha muomalada bo’ldi. 1994-yilning 1-avgustidan sum –kuponlar jamg’arma sifatida qabul qilindi.
Demak, yuqoridagi sum-kuponlardan foydalanish va mamlakatning asosiy milliy valyutani joriy etishi bilan bog’liq yuqoridagi ishlar mustaqil O’zbekistonning dastlabki pul islohatlariga to’g’ri keladi.
Umuman, pul islohati–pul tizimini tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan davlat chora- tadbirlarining amalga oshirilishi hisoblanadi.
Mamlakatimizni yuqorida ta’kidlanganidek milliy valyutaga bosqichma-bosqich o’tishning ma’lum bir sabablarga ega:
1.Milliy pulning birdaniga joriy etilishi iqtisodiyotning umumiy holatiga emas, muomala tuzumi (pul- kredit sohasidagi munosabatlar ham mukammal emasligi) va bank sohasidagi sof texnik sabablarga ko’ra,uning qiymatini tushirib yuborishi mumkin edi. Bu iqtisodiyot sohasida ko’ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi.
2.Milliy pulning birdaniga muomalaga kiritish korxonalarning rubllik hisoblarini sumlik hisoblarga aylantirish zaruriyatini tug’dirar edi, bu esa MDX mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalariga raxna solardi. (MDX doirasida xar hil valyutalar muomalada bo’lgan bir paytda)
3.Miliy valyutaga bosqichma –bosqich o’tish ijtimoiy talofatlarni kamaytiradi. Bunda har qanday pul islohati, xususan narxlar erkinligiga yaqin bo’lgan sharoitda yoki musodara tariqasida ham bo’ladi. Masalan, pul 1:10,1:100,1:1000 nisbati bilan almashtirilgan taqdirda ham narx –navo shu nisbat darajasidan pastga tushmaydi.
Har qanday pul islohatida ham narx –navoni o’sishi ro’y beradi. Pulni almashtirish nisbati qancha baland bo’lsa, aholi jamg’armasining yo’qotishi shuncha ko’p bo’ladi. Birga bir nisbatda almashtirilgandagina aholi kam jabr ko’rishi mumkin. O’zbekiston hukumati xalqi uchun qulay bo’lgan ana shu yagona yo’ldan bordi.
Bizdan avval milliy valyutasini joriy qilgan respublikalarda har xil yo`llar bilan oqib kelayotgan, mol bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarining ko’payib ketganini hisobga oladigan bo’lsak, birdaniga milliy valyutani joriy etish, uni salohiyatini juda tushirib yuborgan bo’lardi.Rubl bilan 1:1 nisbatida almashtirish esa, pulimizni birdaniga qadrsiz qilib qo’yar edi.
Shu asosda yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqib sum –kupondan so’mga 1:1000 nisbatda o’tishni taqozo qildi.
Sum-kuponga o’tish Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha bizga katta sinov bo’ldi. Tanlagan yo’limiz “yumshoq” uslublar bilan xalqimizga ko’p ozar va zarar yetkizmasdan ortiqcha vahima qo’zg’atmay, kuchini yo’qotgan rubldan xalos bo’lishdan iborat edi.
Jahon amaliyotida markaziy banklar pul muomalasini barqarorlashtirish uchun ayrim hollarda quyidagi islohatlar usullardan foydalanadi:
1.Nullifikatsiya-bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib, muomalaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul SSSRda 1947,1961- yillarda, O’zbekistonda 1994- yilda qo’llanildi.
2.Revolvatsiya – lotincha valyutani qadrini oshishini bildiradi. Bu usul 1922, 1928- yillarda Angliyada, 1961,1969,1971- yillarda Germaniyada qo’llanilgan.
3.Devolyatsiya –lotincha valyutani qadrini tushishi. Bu usul 1971,1973- yillarda AQSh da qo’llanilgan;
4.Denominatsiya –muomaladagi pul miqdorini bir necha martaga qisqartirish. Bu usul Rossiyada 1921-1922, 1923, 1999- yillarda, O’zbekistonda 1994- yilda qo’llanilgan.


Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish