Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
8.3. Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari
bilan
ta’minlash
strategiyasi
Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari bilan ta’minlash 
strategiyasi moddiy boylik manbalarini taqsimlash, ushbu jarayonni texnik, 
texnologik, tashkiliy ta’minlash va mahsulotlar muammolari jarayonini tashkil 
qiluvchi elementlar uch yo‘nalishga aniq taqsimlangan. 
1. Bozor tadqiqoti, iste’molchilar zahiralarini aniqlash, raqiblar takliflari va 
iste’molchilar talablarini o‘rganish va bozor iqtisodiyotini boshqarishning boshqa 
uslublaridan foydalanish asosida sotish bozori, ularni qo‘lga kiritish, kengaytirish, 
saqlab qolish asosida amalga oshiriladigan raqobat kursi.
2. Mahsulotlarni sotish bozorlarini aniqlash va moddiy boylik manbalari 
muomalasi jarayonining barcha bosqichlarida ularning barcha jismoniy harakatlari 
bo‘yicha hamma operatsiyalar aniq va mukammal o‘ylab chiqilgan, rejalashtirilgan 


85 
va tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 
iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha tashkil qilingan. 
3. Mahsulotlar muammosi va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida 
tovar harakatini tartibga solish. 
Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari bilan ta’minlash 
strategiyasi moddiy - texnika ta’minotini tashkil qilish jarayonida logistika 
ta’minotlarini tanlash, xomashyo va materiallarni yetkazib berish masalalarini 
ko‘rib chiqadi. 
Moddiy boylik manbalarini yetkazib berish uch asosiy variantda bo‘lishi 
mumkin: 
- shaxsiy ishlab chiqarish hisobiga; 
- mavjud ta’minotchilar hisobiga; 
- yangi ta’minotchilarni jalb qilish hisobiga. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida rivojlanish va asosan kichiklari 
hisobiga yangi ta’minotlarni jalb qilish an’anasi kuzatiladi, bu materiallarning katta 
bo‘lmagan 
bir 
to‘pini 
olish 
imkonini 
beradi. 
Ishlab 
chiqarishning 
moslashuvchanligini ta’minlaydi va kerak bo‘lganda bozor talablariga muvofiq 
yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishni tezlatishga imkon beradi. Shuning 
bilan bu bosqichda logistikaning maqsadi asosiy ishlab chiqarishni belgilangan 
vaqt tartibida, eng kam harajatlar bilan kerakli moddiy boylik manbalari bilan 
ta’minlashni rejalashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat. 
Ayniqsa, zahiralarni boshqarishda logistikaning ahamiyati katta. Zahiralar 
transport, ishlab chiqarish va sotish o‘rtasidagi bufer vazifasini bajaradi. Hozirgi 
sharoitda zahiralar miqdori tez o‘zgarayotgan talab va korxona ishining bir 
maromdaligini ta’minlash uchun muvofiq bo‘lishi kerak. 
Logistika tizimlarida zahiralarni saqlash bilan bog‘liq muomala vaqti va 
harajatlarini qisqartirishga alohida e’tibor beriladi, bular logistik harajatlarning 
asosiy qismini tashkil qiladi. Shu sababli omborxona xo‘jaligini tashkil qilish, 
ortish - tushirish vositalarini qoplarga joylashtirish vositalarini qo‘llash va saqlash 
logistika tizimining muhim sohasi hisoblanadi. Xorijda Kanban, OPT, MRP, 
MRP-2 nomini olgan, logistikaga asoslangan «aniq muddatda» yetkazib berish 
tizimi ta’minotini tashkil qilishning keng yoyilgan tizimidir. Kanban tizimi 
Yaponiya korxonalarida keng qo‘llaniladi. 
Kanban tizimidan foydalanuvchi yapon firmalari moddiy boylik 
manbalarini faqat ishonchli ta’minotchilardan xarid qilishga harakat qiladilar va 
ularni o‘z talablariga qaram qilib qo‘yadilar. 
AQSHda 
rivojlangan 
OPT 
(ishlab 
chiqarish 
texnologiyasini 
muvofiqlashtirish) tizimi foydalaniladi. Tizimning asosiy tamoyili ishlab 
chiqarishda «tor» joylar yoki kamyob resurslarni aniqlash. Misol uchun 
xomashyo va materiallar, mashinalar, uskunalar, texnologik jarayonlar va 
xodimlarning ayrim turlari kamyob boylik manbalaridan bo‘lishi mumkin. Ishlab 
chiqarish 
tizimining 
rivojlanish 
sur’ati kamyob resurslardan samarali 


86 
foydalanishga bog‘liq. OPT tizimida ishlab chiqarishning bir kunga, haftaga va 
hokazo jadvalini shakllantirish amalga oshiriladi, iste’molchilar tomonidan 
buyurilgan mahsulotlarni ortib jo‘natishning nazorati muqobil resurslarni qidirib 
topish, kerakli materiallar yo‘q bo‘lganda ularni to‘liq holda almashtirish bo‘yicha 
tavsiyalar berish masalalari hal qilinadi. 
Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi: 
- ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
darajasi;
- boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi; 
- tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar; 
- jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab qolganda 
va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni amalga oshirish 
imkoniyati. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish