Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


partiyalarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda qo‘llash mumkin



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um


partiyalarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda qo‘llash mumkin 
(masalan, buyurtma qilingan tovar konteynerda yetkazib berilishi holatida bu 
tizimni qo‘llash mumkin emas). Undan tashqari, agar buyurtmaning yetkazib 
berilishi yoki joylashtirish qimmatga tushsa, bu tizim qo‘llanilmaydi. Masalan, 
agar o‘tgan davrda talab yuqori darajada bo‘lgan bo‘lsa, buyurtma ham kam 
bo‘ladi. Buni esa buyurtmani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar sezilarli 
bo‘lmagan sharoitda amalga oshirish mumkindir. 
Ta’riflanayotgan tizimning xususiyati shundaki, bu tizim kamyob tovar 
mavjud bo‘lishiga imkon beradi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, agar talab 
birdaniga o‘sib ketsa (ya’ni, chizma keskin pastga tushib ketsa - A maydon), 
zahira buyurtmani berish muddatidan oldin tugab qoladi. Bu shuni bildiradiki,


76 
kamyob tovar ehtimolli yo‘qotishlar korxona uchun sezilarli darajada bo‘lmasa, 
nazorat tizimi qo‘llanishi mumkin. 
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i zahiraning holati ustidan 
nazorat qilish tizimi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 
- yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to‘dalarda buyurtmalarni olishga 
imkon tug‘diradi; 
- buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha harajatlar yuqori 
emas; 
- ehtimolli kamyob tovar bo‘lgan yo‘qotishlar nisbatan katta emas. 
Amaliyotda bu tizim bo‘yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan ko‘p 
tovarlardan birining talab darajasi nisbatan bir qator bo‘lgan tovarlar, qimmatli 
tovarlar va hokazolarni buyurtma qilish mumkin. 
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zahiralari holati ustidan 
nazorat tizimi.
Zahiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zahiraning 
to‘ldirilishiga buyurtmaning hajmi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma 
berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo‘lishi mumkin (18-chizma). 
Bu tizimda me’yorlangan kattaliklar buyurtma hajmi, buyurtmani 
joylashtirish vaqtidagi zahira hajmi (buyurtma nuqtasi) va sug‘urta zahirasining 
hajmlari hisoblanadi. Yetkazib berishga buyurtma naqd zahiraning buyurtma 
nuqtasi kamayganda joylashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, buyurtmani 
joylashtirishdan so‘ng zahira kamayishini davom ettirayapti, chunki buyurtirilgan 
tovar darrov olib kelinmaydi. Buyurtma nuqtasidagi zahira hajmi odatdagi ish 
holatida t vaqt ichida zahira sug‘urta zahirasidan pastga tushib ketmasligi uchun 
tanlanadi. Agar talab birdagina o‘sib ketsa (chizma chizig‘i keskin pastga tushadi 
- A maydon) yoki yetkazib berish muddati cho‘zilsa ((t > t) - V maydonda), 
sug‘urta zahirasi ishga tushadi. Bunda korxonaning tijorat xizmati qo‘shimcha 
yetkazib berishni ta’minlaydigan chora - tadbirlarni qo‘llashi kerak. Ko‘rinib 
turibdiki, nazoratning bu tizimi korxonani kamyob tovarlar vujudga kelishidan 
himoya qiladi. 

buyurtma 

R
nuqtasi 



77 
sug‘urta 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish