Beshinchi tamoyil: Menejmentga tizimli yondoshuv. Bu tamoyil, tashkilotga
o‗zaro bog‗liq jarayonlar yig‗indisi sifatida qarashni talab etuvchi oldingi tamoyil
bilan chambarchas bog‗liq. Sifat masalalarining yalpi xususiyatini inobatga olib,
qo‗yilgan maqsadga erishishga qaratilgan jarayonlarni aniqlash, tushunish va
boshqarish korxonaning samaradorligini oshiradi.
Oltinchi tamoyil: Doimiy takomillashuv tashkilotning asosiy maqsadi bo‗lib
qolishi kerak. Hozirgi sharoitda, bu tamoyilni amalga oshirmasdan, biznesda etakchi
o‗rinlarga chiqish mumkin emas. Faoliyat muntazam takomillashib borsa, nafaqat
raqobatdosh mavqe saqlab qolinadi, balki sekin-asta zararlarni kamaytirish va shunga
mutanosib ravishda, daromadni ko‗paytirish imkoni paydo bo‗la boshlaydi.
Ettinchi tamoyil: Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. Haqiqiy
ma‘lumotlar va axborotga asoslanib qabul qilingan qarorlar samarali bo‗ladi. Bu
tamoyilni amalga oshirish, avvalo kompaniya faoliyati haqida ishonchli va aniq
ma‘lumotlarni yig‗ish, tahlil qilish va ayni vaqtda, asta-sekin foydali bilimlarga
aylanadigan axborotni to‗plashni talab qiladi.
Sakkizinchi tamoyil: Ta‘minotchilar bilan o‗zaro manfaatli munosabatlar.
Ta‘minotchilar o‗rtasida o‗zaro manfaatli asosda yo‗lga qo‗yilgan munosabatlar har
199
ikki tashkilotning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Bu tamoyilni
amalga oshirish uchun esa, asosiy ta‘minotchilarni tanlash, aniq va ravshan aloqalarni
o‗rnatish, oldindan ma‘lumot almashish, iste‘molchilarning ehtiyojlarini aniq anglash
uchun hamkorlik qilish, qo‗shma loyihalarni yaratish hamda mahsulot va jarayonlarni
takomillashtirish talab etiladi.
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatining asosiy hususiyatlari va ISO 9000
seriya standartlarining ahamiyati shundan iboratki, ISO 9000 seriya standartlari
mohiyatini ko‗rsatuvchi kamida uchta asosiy hususiyat mavjud: kompaniya
faoliyatining tayyor mahsulot sifatini ta‘minlovchi asosiy yo‗nalishlariga e‘tibor
berish; faoliyatni tashkil etishga jiddiy yondoshish; mahsulot hayotining barcha
bosqichlarini qamrab olish.
Birinchi xususiyat sifat menejmentining yuqorida ko‗rib chiqilgan sakkizta
asosiy tamoyilida ifodalangan.
Ikkinchi xususiyat quyidagicha namoyon bo‗ladi: standartlarda ―klassik‖
olimlarning, mahsulot sifati ishlarning muayyan ijrochilariga emas, balki ishlab
chiqarishning umumiy tashkil etilishiga bog‗liqligi g‗oyasi amalga oshgan. E.Deming
taxminicha, sifat uchun kurashdagi muvaffaqiyatning 94 % boshqaruvchilarga va
faqatgina 6 % - ishchilarga bog‗liq ekan. J.Juran o‗zining mashhur 14 tamoyilida,
mahsulot sifatidagi kamchiliklarning faqat 15% aynan ish jarayoniga bog‗liqligini
ko‗rsatib o‗tadi. Sifat nuqsonlarining qolgan 85% esa - ma‘muriyat tomonidan
ishlarning yomon tashkil etilishidan hosil bo‗ladi deb ta‘kidlagan. Uchinchi xususiyat
ko‗rsatadiki, ISO 9000 seriya standartlari negizidagi SMT, mahsulot hayotining
bozor ehtiyojlarini aniqlashdan boshlab, to belgilangan talablarni to‗liq
qondirishgacha bo‗lgan barcha bosqichlari hamda jarayonlariga ta‘sir etadi. Bu
mahsulotning oliy sifati va xarajatlar kamayishi garovidir. ISO 9000 standartlarining
dastlabki tahrirlariga qiyoslaganda, mahsulot hayotining o‗ziga xos bosqichlari (ilk
nomi - ―sifat xalqasi‖) 2000 yil tahririda to‗ldirildi, aniqlashtirildi va kengaytirildi.
Ishlarni tashkil etishning bunday tartibining afzalligi shundaki, u xatolarning
oldini olishga qaratilgan. Agarda xatolar paydo bo‗lsa ham, ular ishlab chiqarish
jarayonining oldingi bosqichidayoq bartaraf etiladi. SMTlarini ishlab chiqish va joriy
200
etish kompaniyalarga o‗z faoliyat jarayonlarini moslashtirish, noaniqliklarni bartaraf
etish, xodimlar va bo‗limlar o‗rtasidagi majburiyatlar va mas‘uliyatni aniq
taqsimlashga yordam beradi. Bu sifatni boshqaruv tizimi, birinchidan, iqtisodiy
jihatdan o‗zini oqlaydi, ikkinchidan, buyurtmashiga sifatsiz mahsulot yetkazib berish
xatolarini ancha kamaytiradi.
ISO 9000 seriya standartlari jahon iqtisodiyotida hamda bozor munosabatlarini
joriy etish yo‗nalishida rivojalanayotgan mamlakatlarda muhim rol o‗ynaydi. Ular
ishbilarmonlar hamjamiyati uchun sifatning xalqaro umumqabul qilingan tilini
shakllantiradi. Ya`ni, ISO 9000 standartlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o‗rni va
falsafasi, mamlakatlar o‗rtasida mahsulot va xizmatlar ayirboshlashni osonlashtirish,
xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishni asosiy maqsad qilib olgan
istalgan xalqaro standartlar falsafasiga mos keladi. ISO 9000 seriya standartlari
muayyan mahsulotlar uchun belgilangan me‘yoriy talablarning o‗rnini bosa oladigan
vosita sifatida, savdodagi texnik to‗siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.
ISO 9000 xalqaro standartlarida ko‗pgina mamlakatlarning sifatni boshqarish
borasidagi tajribasi to‗planib, umumlashtirilgan. Bu hujjatlarning aniq va ravshanligi
mazkur tajribani xalqaro miqyosda keng yoyilishiga olib keldi. ISO 9000 seriya
standartlarini qo‗llagan holda rivojlanayotgan mamlakatlar xam sanoati rivojlangan
mamlakatlarga tobe bo‗lmay, boshqalar qatori xalqaro savdoda teng ishtirok etishi,
iqtisodiy o‗sishga erishishi va inson farovonligi, salomatligi va xavfsizligini
ta‘minlashi mumkin.
Sifatni boshqarish jarayonlari rivojlanishini tahlil qilish asosida shuni
ta‘kidlashimiz mumkinki, ISO 9000 seriyali xalqaro hujjatlarning 2000 - yilgi tahriri
sifat menejmenti sohasidagi hozirgi vaziyatni to‗g‗ri aks ettiradi. Xususan, bular
quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 1) Standartning asosiga qo‗yilgan sifatni
boshqarishning sakkiz tamoyili TQM konsepsiyasiga uzviy bog‗liqdir; 2) Sifatni
yalpi boshqarishning markaziy elementiga barcha manfaatdor tomonlar manfaatini
qondirish kiradi, bu esa ISO 9004:2000 standarti faoliyatini takomillashtirish bilan
bog‗liq tavsiyalarda aks ettirilgan; 3) Jahon xo‗jaligini rivojlantirishda ijtimoiy
omillarning ahamiyatini o‗sib borayotganligini inobatga olsak, 2000- yilgi ISO 9000
201
seriya standartlarini 14000 seriya ISO hujjatlarida aks ettirilgan ekologik menejment
talablariga moslashtirish masalasi muhim ahamiyatni kasb etadi; 4) SMT uchun
mo‗ljallangan standartlarning so‗nggi tahririni iqtisodiyotning barcha sohalarida,
jumladan, respublikmiz yalpi ichki mahsulotidagi o‗rni va ulushi ortib borayotgan
xizmat ko‗rsatish sohasida keng qo‗llash mumkin.
ISO 9000 bo‗yicha SMTni sertifikatlashning ko‗p sabablaridan biri –
Do'stlaringiz bilan baham: |