34. Standartlarning minimal moddiy xarajatlari ulushi prinsipi nimani
anglatadi?
192
A) xom ashyo sarfi ulushini qisqartirish imkon beradigan ilg‗or texnologiyani tadbiq
etish mahsulotning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilashni moddiy xarajatlar ulushini
qisqartirishini
V) mahsulotlar nomenklaturasini qisqartirish, o‗zaro o‗rnini bosish darajasini oshirish
va standartlarni unifekatsiyalashni
S) eng maqbul bichish kartalarini qo‗llashning moddiy xarajatlar ulushini
qisqartirishini.
193
3-BOB. SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI JORIY ETISH ASOSLARI
3.1. ISO 9001 seriyasidagi xalqaro standartlarga asoslangan sifat
menejmenti tizimini joriy etish asoslari
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
(International Organization for Standartization – ISO, ISO – xalqaro standartlarni
ishlab chiqaruvchi va standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni amalga oshiruvchi
xalqaro nodavlat tashkilotidir. U 1946- yilda 25ta mamlakat vakillarining
Londondagi yig‗ilishida ta‘sis etilgan. Unga 2014- yili yanvar oyi holatiga 178 ta
mamlakatning milliy standartlashtirish tashkilotlari ISO a‘zosidir. Hozirgi kunga
qadar ular tomonidan 17000 dan ortiq turli xalqaro miqyosdagi standartlar ishlab
chiqilgan, O‗zbekiston Respublikasi nomidan ISO vakili – O‗zbekiston Respublikasi
‖O‗zstandart‖ agentligi hisoblanadi). SMT uchun mo‗ljallangan ISO 9000 seriya
standartlarining tarixi 1987- yildan, ya`ni uning birinchi tahriri nashr qilingan kundan
boshlanadi. ISO 9000 standartlarining shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari
rivojlanishining mantiqiy natijasi bo‗ldi. Bu rivojlanish, korxonalarning umumiy
boshqaruvi doirasida ayrim elementlarning tug‗ilishi va taraqqiy etishidan tortib, to
elementlarning bir-biriga singib ketishi va sifatni kompleks, ya`ni har tomonlama
boshqarishga o‗tishni ham qamrab oldi.
ISO 9000 seriya standartlari qabul qilingach, sifatni kompleks boshqarishning
ma‘lum darajasi belgilab berildi. U sifatni samarali boshqarishni ta‘minlab, ISO 9000
seriyali standartlarining barcha zarur elementlari, hamda korxona ixtisoslashuvi
uchun qo‗shimcha talab etilgan elementlarni ham, korxonaning ish amaliyotiga joriy
etilishi kerakligini shart qilib qo‗yadi va bu bilan buyurtmashiga sifat kafolatini
beradi. ISO 9000 standartlari va SMTni joriy etish konsepsiyasi korxonalarning
faoliyat turiga ham, katta-kichikligiga cheklovlar qo‗ymaydi.
Ushbu standart muvaffaqiyatli biznes yuritishning xalqaro e‘tirof etilgan
usullarining qisqacha tasnifidir. U muvofiqlik sertifikatini olish uchun bajarilishi
zarur bo‗lgan minimal talablar shaklida bayon etilgan.
ISO standartlari turkumining universalligi shundaki, ularda har bir mahsulot va
xizmatlarning har bir turiga bo‗lgan mutlaq o‗lchovli mezonlar qo‗yilmaydi
194
(masalan, mahsulotning texnikaviy ko‗rsatkichlari talabi). Buning iloji ham
bo‗lmasdi, chunki sifat – mahsulot va xizmatlarning insonlar ehtiyojlarini qondira
olish xususiyati, inson ehtiyojlari esa – bitmas-tuganmas va o‗zgaruvchandir. ISO
9000 standartlari turkumi faqat sifat tizimining ishlashi metodologiyasini aniqlab
beradi, tizim esa o‗z navbatida korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va
xizmatlarning yuqori sifatini, boshqacha qilib aytganda – iste‘molchilarning talabini
yuqori darajada qanoatlantirishini ta‘minlaydi.
1987- yil 9000 seriyali ISO standartlarining beshtasi nashr etilgan: ISO 9000,
ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 va ISO 9004. 1986- yilda esa, sifat ta‘minoti
sohasidagi ISO 8402 atama va tushunchalarning uch tildagi lug‗ati ishlab chiqilgan.
ISO 9000 standarti esa, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysisini tanlash va qanday
qo‗llash bo‗yicha yo‗riqnomani o‗z ichiga olgan. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003
standartlari (―sifatni ta‘minlash modellari‖, deb ham ataladi) mahsulot hayotiy
siklining turli bosqichlari uchun mo‗ljallangan, sifat tizimiga qo‗yilgan me‘yoriy
talablardan iborat bo‗lib, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning,
shu jumladan, bu tizimni sertifikatlashning me‘yoriy bazasi bo‗lgan:
- ISO 9001. To‗liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi
mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga
texnik xizmat ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi;
- ISO 9002. Loyihalashtirishni o‗z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni
uchun, ya`ni, an‘anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo‗ljallangan sifat tizimi;
- ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga
(ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo‗ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo
tashkilotlari va vakolatxonalari;
ISO 9001 modeli eng umumiy bo‗lib, boshqa ikki sifat modellarining ham
talablarini o‗z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo‗lgan talablarni
izohlovchi yo‗riqnomalardan iborat bo‗lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish
va joriy etish uchun mo‗ljallangan.
Ta‘kidlash joizki, 9000 seriyali ISO standartlarini doimiy ravishda qayta ko‗rib,
yangilab borish talab etiladi. Birinchi marta ular 1994 yil iyulida qayta ko‗rib
195
chiqilgan. Standartlarga kiritilgan o‗zgartirishlar 1987- yil standartlari tuzilishiga
nisbatan asosiy yondoshuvlarga zid bo‗lmagan va sifat tizimlari bo‗yicha ilk
standartlarni qo‗llash borasidagi amaliy tajribani, hamda sifatni boshqarish sohasidagi
taraqqiyotni aks ettirgan. YAnada kengaytirilgan 9004 (1,2,3,4) standartlarida esa,
dasturiy mahsulotlar, ishlov beriladigan material va xizmatlarning sifatini ta‘minlash
masalalariga ko‗proq e‘tibor qaratilgan.
2000- yil 15- dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman
nashr etildi. Standartlar to‗plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat:
5. ISO 9000:2000 ―Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug‗at‖ – sifat
menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi.
6. ISO 9001:2000 ―Sifat menejmenti tizimlari. Talablar‖ – sifat tizimlari uchun
minimal zarur bo‗lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit
maqsadlarida qo‗llaniladi.
7. ISO 9004:2000 ―Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo‗yicha
tavsiyalar‖ - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti
tizimlarini yaratish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalardan iborat.
8. ISO 19011 ―Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash
bo‗yicha yo‗riqnomalar‖.
Tuzilishi va mazmuni bo‗yicha o‗zaro to‗liq uyg‗unlashtirilgan ISO 9001 va
ISO 9004 standartlari asosiy hisoblanadi; ular ham birga, ham alohida qo‗llanishi
mumkin. Bundan tashqari, qo‗shimcha 10000 seriyali ISO yordamchi standartlari
guruhi ham mavjud bo‗lib, bularga SMTga taalluqli hujjatlarni ishlab chiqish,
sifatning iqtisodiy masalalari, xodimlarni o‗qitish, statistik usullarni qo‗llash va
h.k.lar bo‗yicha turli qo‗llanmalar kiradi.
Standartlarning avvalgilaridan farqi shundaki, endi SMTning talablari
korxonalarning turi bo‗yicha ajratilmaydi: avvalgi tahrirlardagi ISO 9001, 9002, 9003
standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.
ISO 9000 seriyali standartlarning amaldagi taxriri bo‗lib:
1. ISO 9000:2005 ―Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug‗at‖ – sifat
menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi.
196
2. ISO 9001:2008 ―Sifat menejmenti tizimlari. Talablar‖ – sifat tizimlari uchun
minimal zarur bo‗lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit
maqsadlarida qo‗llaniladi (2015 yil sentyabr oyida yangi 5-chi taxriri ishlab chiqilishi
ko‗zda tutilgan).
3. ISO 9004:2009 ―Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo‗yicha
tavsiyalar‖ - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti
tizimlarini yaratish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalardan iborat.
4. ISO 19011:2011 ―Sifat menejmenti tizimini auditini o‗tkazish bo‗yicha
qo‗llanma‖ hisoblanadi.
Standartlarning yangi tahriri sifatni tizimli boshqarishning TQM g‗oyalariga
yaqin bo‗lgan 8 ta tamoyilga (Standartning avvalgi tahririni qo‗llaganda, tizimda shu
standartda nazarda tutilgan 20 ta element mavjudligini tekshirish zarur bo‗lgan)
asoslangan. Ular yordamida, korxona faoliyatini yaxshilashi mumkin.
1) Iste‘molchiga e‘tiborni qaratish; 2) Etakchilik; 3) Xodimlarni jalb qilish;
4) Jarayonli yondoshuv; 5) Menejmentga tizimli yondoshuv; 6) Doimiy
takomillashuv; 7) Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish; 8) Ta‘minotchilar
bilan o‗zaro manfaatli munosabatlar. Bu tamoyillarning har birini qisqacha ko‗rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |