Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

hususiyat mavjud: kompaniya faoliyatining tayyor mahsulot sifatini ta‘minlovchi 
asosiy yo‗nalishlariga e‘tibor berish; faoliyatni tashkil etishga jiddiy yondoshish; 
mahsulot hayotining barcha bosqichlarini qamrab olish.  
Birinchi  xususiyat  sifat  menejmentining  yuqorida  ko‗rib  chiqilgan  sakkizta 
asosiy tamoyilida ifodalangan.  
Ikkinchi  xususiyat  quyidagicha  namoyon  bo‗ladi:  standartlarda  ―klassik‖ 
olimlarning,  mahsulot  sifati  ishlarning  muayyan  ijrochilariga  emas,  balki  ishlab 
chiqarishning umumiy tashkil etilishiga bog‗liqligi g‗oyasi amalga oshgan. E.Deming 
taxminicha,  sifat  uchun  kurashdagi  muvaffaqiyatning  94  %  boshqaruvchilarga  va 
faqatgina  6  %  -  ishchilarga  bog‗liq  ekan.  J.Juran  o‗zining  mashhur  14  tamoyilida, 
mahsulot  sifatidagi  kamchiliklarning  faqat  15  %  aynan  ish  jarayoniga  bog‗liqligini 
ko‗rsatib  o‗tadi.  Sifat  nuqsonlarining  qolgan  85%  esa  -  ma‘muriyat  tomonidan 
ishlarning yomon tashkil etilishidan hosil bo‗ladi deb ta‘kidlagan
4

Uchinchi  xususiyat  ko‗rsatadiki,  ISO  9000  seriya  standartlari  negizidagi  SMT, 
mahsulot  hayotining  bozor  ehtiyojlarini  aniqlashdan  boshlab,  to  belgilangan 
talablarni to‗liq qondirishgacha bo‗lgan barcha bosqichlari hamda jarayonlariga ta‘sir 
etadi.  Bu  mahsulotning  oliy  sifati  va  xarajatlar  kamayishi  garovidir.  ISO  9000 
standartlarining  dastlabki  tahrirlariga  qiyoslaganda,  mahsulot  hayotining  o‗ziga  xos 
bosqichlari (ilk nomi - ―sifat xalqasi‖) 2000- yil tahririda to‗ldirildi, aniqlashtirildi va 
kengaytirildi.  
                                                 
4
 Герасимова Г.Е. 14 постулатов Э.Деминга // Стандарты и качество. 1999 №1 с. 20. 


119 
ISO  9000  seriya  standartlari  jahon  iqtisodiyotida  hamda  bozor  munosabatlarini 
joriy  etish  yo‗nalishida  rivojalanayotgan  mamlakatlarda  muhim  rol  o‗ynaydi.  Ular 
ishbilarmonlar  hamjamiyati  uchun  sifatning  xalqaro  umumqabul  qilingan  tilini 
shakllantiradi.  Ya`ni,  ISO  9000  standartlarining  jahon  iqtisodiyotida  tutgan  o‗rni  va 
falsafasi, mamlakatlar o‗rtasida mahsulot va xizmatlar ayirboshlashni osonlashtirish, 
xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirishga  yordam  berishni  asosiy  maqsad  qilib  olgan 
istalgan  xalqaro  standartlar  falsafasiga  mos  keladi.  ISO  9000  seriya  standartlari 
muayyan mahsulotlar uchun belgilangan me‘yoriy talablarning o‗rnini bosa oladigan 
vosita sifatida, savdodagi texnik to‗siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.  
ISO  9000  xalqaro  standartlarida  ko‗pgina  mamlakatlarning  sifatni  boshqarish 
borasidagi tajribasi to‗planib, umumlashtirilgan. Bu hujjatlarning aniq va ravshanligi  
mazkur tajribani xalqaro miqyosda keng yoyilishiga olib keldi.  

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish