Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini



Download 3,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/145
Sana12.04.2022
Hajmi3,19 Mb.
#545948
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145
Bog'liq
M Azlarova Inson resurslarini boshqarish O\'quv qo\'llanma 2019

 
Tayanch iboralar 
Boshqarish (menejment), institutsional aspekt, funktsional va instrumental 
aspektlar, boshqaruv jarayoni, boshqaruv stili, avtoritar uslub, aloqadorlik uslubi, 
avtonom uslub, boshqaruv mexanizmining fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash 
vositalari, rahbarlikning avtoritar, demokratik va erkin (liberal) tiplari, tanqid, kadrlar 
tanlash va ko‗tarish tizimi, qarorlar qabul qilish jarayoni, xodimlami rag‗batlantirish 


137 
tizimi, nazoratni tashkil qilish mexanizmi, rahbar mehnati va vazifalari. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollari 
1.
Boshqarishning mohiyati nimada? 
2.
Nazoratni tashkil qilish mexanizmi deganda nimani tushunasiz? 
3.
Qaror qabul qilish jarayoni va muammolami hal qilish usullari qanday? 
4.
Qanday boshqarish uslublarini bilasiz? 
5.
Boshqamv vositalarining qaysi turlarini bilasiz? 
6.
Ishbilarmon rahbar qanday bo‗lishi kerak? 
7.
Karyerani rejalashtirish deganda nimani tushunasiz? 
8.
Nazorat tizimi qanday tashkil qilinadi? 
9.
Rahbar mehnati va vazifalari nimalardan iborat? 
10.
Rahbar mehnati qanday tashkil etilgan bo‗lishi kerak? 


138 
7-bob. INSON RESURSLARINI BOSHQARISH JARAYONIDA ISH 
FAOLIYATINING SIFATI VA MIQDORINI BAHOLASH MUAMMOLARI
7.1. Sifatni nazorat qilish tizimi.Sifatni boshqarish 
Sifatni boshqarish juda jiddiy va murakkab muammo hisoblanadi. Shuning 
uchun eng yaxshi sifatni kafolatlash uchun ishlatiladigan usullarni keng o‗rganish 
zarur. Avvalo, sifatni aniq ifodalab berish zarur. Texnik shartlar tomonidan qo‗yilgan 
talablarga javob berganda mahsulot sifatli hisoblanadi. Biroq haqiqiy sifat faqat 
texnik shartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishni emas, balki bu texnik shartlar 
bozor talabiga javob berishini ham taqozo etadi. Shuning uchun sifat mahsulotni 
ishlab chiqargandan so‗ng uni taqsimlash va xaridorga xizmat ko‗rsatishni ham o‗z 
ichiga oladi. Ishlab chiqarish maqsadi xaridorga zarur bo‗lgan va uning tannarxi
hamda ishlab chiqaruvchining foydasiga haq to‗lashga tayyor bo‗lgan mahsulotni 
ishlab chiqarishdir. Buning uchun har bir ishlab chiqarish va sotish bosqichi mahsulot 
sifatini ta‘minlash uchun xizmat qilishi kerak. 
Boshqaruv amaliyotida zaruriy sifatni ta‘minlash muammosi menejer uchun eng 
murakkab muammolardan biridir. U barcha ishlab chiqarish jarayonlarining sifatni 
kafolatlash mezonlari bo‗yicha nazorat qilishi kerak. Mahsulot sifati - zamonaviy 
bozor uchun eng muhimdir. Kishilar bozorda kam sifatli tovarga kam haq to‗lashdan 
ko‗ra, yuqori sifatli tovar uchun ko‗p haq to‗lashga tayyor. 
Yomon sifatli tovar ishlab chiqarishdan ko‗ra uni umuman ishlab chiqarmagan 
afzal. Buning sabablari: 
1. Har bir tovarning tannarxi bor. Agar Sizda sotish orqali xarajatlarni qoplashga 
umid yo‗q bo‗lib, biroq yomon sifatli mahsulotni sotish imkoniyatlari mavjud bo‗lsa 
ham, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan deyarli barcha resurslar yo‗qotilgan 
hisoblanadi. Agar bu kichik xajmda va arzon mahsulot bo‗lsa, sizning zararingiz katta 
bo‗lmas. Biroq Siz uzoq vaqt davomida va ko‗p mahsulot yoki avtomobil singari 
katta xarajatli mahsulot ishlab chiqarsangiz, va u texnik shartlarga javob bermasa, 
muammolarga duch kelasiz. Hozir albatta sifatli mahsulot ishlab chiqarish zarur. 


139 
2. Ikkinchi sababi bu mahsulot uchun javobgarlik. AQSH va boshqa g‗arbiy 
mamlakatlarda mahsulot yomon sifatli va qo‗yilgan talablarga javob bermasa, 
mijozga etkazilgan zarar uchun kompaniya javobgar bo‗ladi. AQSHda kishilarga 
yomon konstruksiyalangan yengil va xatto yuk avtomashinalari jiddiy zarar keltirgani 
haqida misollar ko‗p. Buning natijasida javobgar firmalar sud da‘volariga ko‗ra ko‗p 
million dollarli to‗lovlarni to‗lashga majbur bo‗ldi. Bu muammo shunchalik jiddiyki, 
ayrim firmalar yomon sifatli mahsulot ishlab chiqarishga bo‗lgan javobgarlikni 
sug‗urtalash orqali yuqoridagi holatlardan himoyalanmoqdalar. Mahsulot uchun 
mas‘uliyatning boshqa tomoni ommaviy axborot vositalarining yuqoridagi kabi 
hollarni keng yoritishi natijasida firma imidji (obro‗si) va bozorda tovar obro‗siga 
etkaziladigan qo‗shimcha zarar. 
3. Ishni yo‗qotish mumkin. Agar mijozingiz qoniqmasa, uning ehtiyojlarini 
yanada samarali qondiruvchi boshqa manbalarni izlaydi. Mahsulotning yomon sifati 
va yomon xizmat ko‗rsatish xaridorlar sovib ketishining eng asosiy sabablardandir. 
Bu elementlar, ya‘ni xarajatlar, javobgarlik va mijozni yo‗qotish bir-biriga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
4.Ishlab chiqarishning qisqartirilishi. Bu nuqsonli (brak) yoki yomon 
konstruksiyalangan mahsulot bilan shug‗ullanish uchun ishlab chiqarish liniyasini 
to‗xtatish zarur bo‗lganda sodir bo‗lishi mumkin. Bu esa xarajatlarni oshiradi. 
Sifatni boshqarish tarixi ikki yuz yil avval, ya‘ni 1810-yilda bug‗ dvigateli 
ishlab chiqarilishi bilan boshlangan sanoat inqilobi davriga borib taqaladi deb o‗ylash 
mumkin. Biroq sifatni zamonaviy boshqarish 70 yildan beri mavjud. Shunga ilk bor 
e‘tibor bergan mashhur kishilardan biri janob Shuart ―Bell telefon laboratori
z‖
ning 
ilmiy xodimi bo‗lib, 1930-yillarda mahsulot sifati muammolari bilan shug‗ullangan. 
Bu sohadagi misolga Yaponiyada V.Edvards Deming faoliyatini keltirish mumkin. 
Deming amerikalik bo‗lib, sifat nazorati konsepsiyasi bo‗yicha uzoq vaqt va samarali 
mehnat qildi. Uning faoliyati Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‗ng o‗z e‘tiborini 
Yaponiyaga qaratishi bilan boshlanadi. Urushgacha Yaponiya boshqa asosiy g‗arbiy 
mamlakatlar singari yuqori samarali sanoatga ega emas edi va urush natijasida ishlab 
chiqarish imkoniyatlariga ancha putur etdi. 


140 

Download 3,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish