6.2. Boshqarish va nazorat tizimi
Boshqarish tizim sifatida uning yanada mayda bo‗linmalari mavjudligini ko‗zda
tutadi. Bu uning elementlari orasidagi munosabatni tashkil qilish, ma‘lum maqsadga
erishish uchun zarur bo‗lgan nazorat ostida faoliyat ko‗rsatayotgan ma‘lum
mexanizmlar majmui sifatida uning ishlash tartibotini tashkil qilish kabilarni o‗z
ichiga oladi.
Boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
30-rasm. Boshqarish jarayoni bosqichlari
44
Boshqaruvning quyidagi tarmoqlari mavjud: ijtimoiy, ishlab chiqarish bo‗yicha,
texnikaviy, davlatga qarashli va boshqalar. Ma‘muriy buyruqbozlik tizimidagi rejali
iqtisod sharoitida boshqaruvning vazifasi asosan oliy darajadagi rahbarlardan
maydalariga ko‗rsatmalar berish bilan belgilanar edi. Bu byurokratiyaning, ya‘ni
44
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
Boshqarish jarayoni bosqichlari
maqsadning
qo‗yilishi
ma‘lumotlar
yig‗ish
tahlil va mulohaza
ishlari
faoliyat variantlari
va tashkiliy ish
bosqichlarini
tanlash
122
qog‗ozbozlikning kuchayishiga olib kelgan edi. Ko‗pincha hosil bo‗lgan vaziyatga
zid qarorlar chiqarish ro‗y berar edi. Bu asta-sekin ―sen uchun hamma narsa qilinadi
‖
degan tushuncha asosida beparvolik va tayyorga ayyorlik kayfiyatini vujudga keltirib
chiqaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida va umuman, hozirgi zamon ishlab chiqarishida,
boshqarish omilining, boshqaruvchilik madaniyatining va boshqaruvchilik
falsafasining ahamiyati oshib ketdi. Bugungi kundagi raqobatchilik kurashida
mavqening kuchayishi boshqaruvning sifati bilan chambarchas bog‗liq. Boshqarishni
takomillashtirishni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning eng asosiy
omillaridan deb sanamoq zarur.
Nima uchun shunday? Eng avval ishlab chiqarish xarajatlarining strukturasi
o‗zgardi. AQSH sanoati ishchilarining ish haqi ulushiga mahsulot qiymatining 2%
dan 10 % gachasi to‗g‗ri keladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini
moddiy-energetik xarajatlar, asbob-uskunalarni saqlash va ishlatish, transport
chikimlarini saqlash va shu kabi xarajatlar tashkil etadi. Demak, ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish uchun asbob-uskunalarning sozlash va ta‘mirlash
muddatlarini qisqartirish, ichki isrofgarchiliklarning barcha turlarini bartaraf qilish,
(masalan, brak - ya‘ni nuqsonli mahsulot isrofgarchiligi, materiallar, xomashyo,
energiyaning ortiqcha sarflanishi va boshqalar) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lib
qoldi.
Ko‗pincha rahbarlar ishlab chiqarish madaniyati, boshqarish uslubi, tashkil
qilish falsafasi va shirkat qadriyatlari kabi masalalarga kam e‘tibor qiladilar.
Yuqori malakali boshqaruvchilarga va yuqori samarali ishlab chiqarishga ega
korxonalar esa, mana shu, birinchi qarashda sezilarsiz ko‗ringan omillar aslida
xujalik faoliyatining muayyan ko‗rsatkichlarida moddiy tus olishini yaxshi biladilar.
Umumiy maqsad kishilarni birlashtiradi, ularning zo‗riqishlariga ma‘no va
maqsad sari intilish tuyg‗usini beradi, boshqaruvchilik qarorlari ishlab chiqish
jarayonida asos soluvchi yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatadi.
Yangi boshqaruvchilik fikrlashlari nimada ifodalanadi? Bu ishlab chiqarishni
tashkil qilish shakl va usullarida, samaradorlikni oshirish yo‗llari, ishlab
123
chiqarishning moslashuvchanligi va tezkorligi sohalarida doimiy ravishda
yaxshilanishlar qidirish - bu doimiy ravishda isrofgarchiliklar manbaini qidirish
demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |