Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini


 Maslouning ehtiyojlar nazariyasi. Motivatorlar va gigiyenik faktorlar



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/145
Sana10.11.2022
Hajmi3,06 Mb.
#863158
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   145
Bog'liq
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

4.3. Maslouning ehtiyojlar nazariyasi. Motivatorlar va gigiyenik faktorlar 
nazariyasi 
Motivatsiyaning mohiyatga asoslangan nazariyalari orasida: Maslouning 
ehtiyojlar nazariyasi; Alderferning mavjudlik, aloqa va o‗sish nazariyasi; 
Makklellandning o‗zlashtiritirilgan ehtiyojlar nazariyasi; Gerbertning ikki omil 
nazariyasi eng mashhur nazariyalar hisoblanadi. 
1943-yilda psiholog Abraham Maslou kishining xulq-atvori ehtiyojlarning keng 
doirasi bilan aniqlanadi degan taxminni ifoda qildi.
U bu ehtiyojlarni beshta kategoriyaga bo‗lib, bu shajaraning asosida kishining 
asosiy hayotiy ehtiyojlari (oziq-ovqat, uy joy), uning cho‗qqisida esa nisbatan yuqori 
shaxsiy qiziqishlar (tan olinish, o‗zini ko‗rsatish) joylashgan deb uqtiradi. 
Maslouning fikricha, inson – bu ―doim nimanidir istaydigan hayvon
‖. 
Eng quyi 
daraja ehtiyojlari hech bo‗lmaganda qisman qondirilganda, kishi keyingi darajadagi 
ehtiyojlarni qondirishga kirishadi. 
A. Maslou bo‗yicha ehtiyojlar klassifikatsiyasi: 
1. Fiziologik ehtiyojlar. 
2. Kelajakka ishonch, xavfsizlikka bo‗lgan ehtiyojlar. 
3. Ijtimoiy ehtiyojlar. 
4. Hurmat, o‗z-o‗zini hurmatga bo‗lgan ehtiyojlar.
5. O‗zini namoyon qilish ehtiyojlari. 
Uning ehtiyojlar iyerarxiyasi quyidagi ko‗rinishga ega (18-rasm): 


79 
O‗zligini 
isbotlash 
Hurmatga
ehtiyoj 
E‘tiqod va kishilar bilan
aloqadorlikka ehtiyoj 
Ikkilamchi ehtiyojlar 
Xavfsizlikka bo‗lgan ehtiyoj 
Fiziologik ehtiyojlar 
Birlamchi 
ehtiyojlar 
 
18-rasm. Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo„yicha)
30
 
Hayotni davom yettirish uchun zarur bo‗lgan narsalarning barchasi (ovqat, 
kiyim-kechak, uy-joy) fiziologik ehtiyojlar kategoriyasiga kiritilgan. Inson boshqa 
maqsadlarga erishishdan oldin ana shu asosiy ehtiyojlarni qondirishi zarur. Hozirgi 
vaqtda ishlayotgan va ish haqi olayotgan ko‗pchilik kishilar fiziologik ehtiyojlarni 
qondira oladi. Shuning uchun yuqori darajadagi qiziqishlar yanada kuchli motivatsion 
omil bo‗lib qoldi. Masalan, kishi birinchi darajali zarur narsalarni harid qilgandan 
so‗ng u mumkin bo‗lgan yo‗qotishlardan himoyalanishga intiladi.
Xavfsizlikka va shunga o‗xshash ehtiyojlar pul jamg‗armasiga imkoniyat 
yaratadigan yuqori mehnat haqi yordamida, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy 
sug‗urtalash tizimi, nafaqa ta‘minoti dasturlari, bandlik kafolatlari yordamida 
qondirilishi mumkin. Bu kishilarning bir-biri bilan muloqot qilish, sevish va sevilish, 
jamoaga tegishli bo‗lish istaqlari ehtiyojlardan yuqorida turadi. Gotorn tadqiqotlari 
ko‗rsatganidek, bu ijtimoiy ehtiyojlar moliyaviy tomonlarga nisbatan xodimlar uchun 
ko‗proq ahamiyatga ega. Kishilar shuningdek, tan olinish - o‗z shaxsining umumiy 
butunning kerakli qismi sifatida his qilishga bo‗lgan ehtiyojga ega. Bundan tashqari 
ular boshqa kishilar bilan musobaqalashish yutuqlariga asoslanuvchi hurmatga 
intiladilar. Bu ehtiyojlarning barchasi kishining atrofdagilar oldida ―obro‗li
‖ 
yoki 
―muhimli
‖g
ini belgilovchi status tushunchasi bilan bog‗liq.
30
Ricky W. Griffin. Fundamentals of Management. Eighth Edition. 2015 Cengage Learning products are represented in 
Canada byNelson Education, Ltd.
p. 296.


80 
Bunday ehtiyojlarni qondirish mumkinligi ishda kuchli motivlashtiruvchi omil 
bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Maslou o‗zini namoyon qilish ehtiyojini kishining 
barcha o‗z qobiliyatlarini to‗la ishga solishda nimaga qodirligini ko‗rsatishga bo‗lgan 
istagi deb aniqlaydi. Bu ehtiyoj eng mushquldir. Bu darajaga ―yetib kelgan

kishilar 
faqat pul uchun yoki boshqalarda taassurot qoldirish uchun emas, balki o‗z ishining 
ahamiyatini anglagani va shu jarayonning o‗zidanoq qoniqish hosil qilgani uchun 
ishlaydilar. 
Maslou ierarxiyasi – kishi ehtiyojlari klassifikatsiyasining juda qulay usuli, 
biroq uni qat‘iy sxema sifatida qabul qilmaslik kerak. Kishida nisbatan ―yuqori

ehtiyojning paydo bo‗lishi uchun, albatta, har bir darajadagi ehtiyojlar qondirilgan 
bo‗lishi shart emas. Amalda har bir aniq vaqtda kishini qator ehtiyojlar kompleksi 
(majmuasi) harakatlantiradi. 

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish