33
3-BOB. TURISTIK MAHSULOTLARNING TURLARI VA
UNING TAQSIMLANISHI
3.1. Turistik mahsulot to„g„risida tushuncha
3. 2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari
3.3. Turistik mahsulotning baholanishi
3.4. Narx belgilashga ta‟sir qiluvchi omillar
3.1.
Turistik mahsulot to„g„risida tushuncha
Biror mehmonxona yoki restoran xo‗jaligi faqat ovqatlaniladigan
yoki tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy
muloqatlarning mavjud bo‗lgan yeridir. Turizmda
xizmatlar biror bir
mahsulotni tashkil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko‗ra har xil
bo‗ladi. Turistlarning o‗z uyini tark qilganidan boshlab orqaga
qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to‗plagan
tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan
mehmonxonaning xonalari, restoranlarning
ovqatlari biror turistik
mahsulotdir. Faqat turistlarg ko‗ra bular aralash turistik mahsulotning bir
parchalari hisoblanadi. Turist ta‘tilga chiqar ekan turli xil aralash bir
mahsulot, y‘ani xizmat paketi sotib oladi.
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan
tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa
bir qancha xizmatlarning
yig‗indisidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o‗rtaga chiqadi.
1. Biror davlatda mavjud bo‗lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va
turistik resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.
2. Iste‘molchilarning joy o‗zgartirishlariga va sayohat qilishlariga
imkon beruvchi barcha xizmatlar, ya‘ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik
xizmatlarning yig‗indisi.
Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil
qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab
chiqargan mahsulot va
xizmatlari,
boshqa
sanoat
korxonalarining
ishlab
chiqaradigan
mahsulotlaridan farqlidir. Turizm marketingi turli xil vositalar yordamida
yuzaga keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu mahsulotning
ro‗yobga chiqarilishi uchun, axborot va xabarlashish vositalarini ham
qo‗shish kerakdir.
Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki
34
o‗ziga yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida
maqsad ham iste‘molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish,
ishlab chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli
bir
munosabat
yaratishdir.
Turistik
mahsulotning
xususiyatlari
quyidagilardan iborat.
14
1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir.
Iste‘molchi
turist, turistik mahsulot
va xizmatlarning ishlab
chiqariladigan joyiga borishga majburdir.
2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish,
tomosha va h.k.) yig‗indisidan hosil bo‗ladi.
3. Turistik xizmat va mahsulotning o‗z vaqtida sotilishi shartdir.
4. Turistik mahsulotlarda subyektiv baholanish juda yuqoridir.
5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish
xususiyatlarining bo‗lishi kerakdir.
6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‗lib
avtomatlashtirish juda kamdir.
7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir.
Xususan
xizmat yoki servislarning bir tartibda va bir qolibda bo‗lishi mumkin
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: