Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jahon iqtisodiyoti kafedrasi


«Davlat immuniteti» («Daxlsizlik huquqi») tushunchasi



Download 35,97 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2021
Hajmi35,97 Kb.
#66880
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akromov Asrorxo`ja MI 1

«Davlat immuniteti» («Daxlsizlik huquqi») tushunchasi. Davlatlarning suveren tengligi prinsipidan davlatlar bir-birining hokimiyatiga nisbatan immunitetga, ya’ni daxlsizlik huquqiga egaligi kelib chiqadi. Bunga kengroq yondashiladigan bo‘lsa, bir davlatning na qonun chiqaruvchi, na ijroiya va na sud hokimiyatining ta’sir kuchi boshqa bir davlatda amal qilmaydi.

Davlatlarning o‘zaro munosabatlarida sud immuniteti alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat boshqa davlatning sudiga chaqirilishi va uning mol-mulki da’voni ta’minlash maqsadida qamoqqa olinishi mumkin emas. Shuningdek, bir davlatga nisbatan boshqa davlat sud hokimiyatining ijro harakatlari amalga oshirilmaydi.

Immunitetga bo‘lgan ehtiyoj davlatlar o‘rtasida rasmiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash talabi, suveren davlatlarning o‘zaro bir-birlarining hududida faoliyat ko‘rsatish zarurati tufayli yuzaga kelgan. Davlatlar o‘z xususiy huquqiy faoliyat (savdo-sotiq, tovar va xizmatlardan foydalanish, ko‘chmas mulkka egalik qilish va boshqalar) doirasini kengaytirgani sari vaziyat o‘zgarib borgan.

XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan cheklangan (funksional) immunitet nazariyasi XXI asrga kelib keng miqyosda e’tirof etilmoqda. Ushbu nazariyaga muvofiq, immunitet faqatgina davlat suveren hokimiyat sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan munosabatlar, davlat hokimiyati (jure imperii) kuchi asosida amalga oshiriladigan harakatlar bilan cheklanadi. Tijoriy mazmundagi (jure gestionis) huquqiy munosabatlar borasida esa davlat immunitetga ega bo‘lmaydi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan davrda aksariyat davlatlar (Buyuk Britaniya, AQSH, Singapur, Pokiston, JAR, Kanada, Avstraliya) o‘zida cheklangan immunitet nazariyasini mujassam etgan qonunlar qabul qilgan. Boshqa mamlakatlarda bu nazariya sud qarori bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, GFR Federal konstitutsiyaviy sudining 1963-yildagi qarorida ta’kidlanishicha, immunitet «xorijiy davlat o‘z suveren hokimiyatini amalga oshirish tartibida yoki xususiy shaxs sifatida, ya’ni xususiy huquq doirasida harakat qilishi»dan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Hozirgi davrda xalqaro huquqning davlat immunitetiga oid normalarini yaratish masalasi kun tartibida turibdi. Yevropa Kengashining 1972-yildagi Davlatlar immuniteti to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasini va unga qo‘shimcha protokolni qabul qilishi bu borada qo‘yilgan ilk muhim qadam ekanini ta’kidlash joiz. Konvensiya davlat immunitetining umumiy prinsipini tasdiqlash barobarida, uni keng tafsilotli istisnolar ko‘magida cheklab ham qo‘yadi. Konvensiyada davlatning rasmiy vakillari immuniteti o‘z tasdig‘ini topgan.

Davlat butunligicha xalqaro huquq subyekti hisoblanadi. Hozirgi kunda 192 ta BMT a’zolaridan 171 tasi unitar davlat hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqaro muloqotda nafaqat davlatlarning o‘zi, balki ularning ma’muriy-hududiy birliklari ham ishtirok etadi. Turli davlatlarning shaharlari, viloyatlari, provinsiyalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar, odatda, transchegaraviy (chegaralararo) hamkorlik, deb ataladi. Davlatlarning o‘zaro munosabatlari tizimida bunday hamkorlik ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bu hamkorlik, 1992-yildagi Xelsinki hujjatida aytilishicha, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikka barham berish, etnik guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash hamda davlatlar va xalqlarning ahilinoqligini mustahkamlashda ko‘maklashadi.

Ma’muriy-hududiy birliklarning xalqaro aloqalari ularni mutlaqo xalqaro huquq subyektiga aylantirmaydi. Transchegaraviy aloqalar o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladigan hamkorlik sohalari, ularning shakllari va ma’muriy-hududiy tuzilmalar vakolatlarining hajmi davlat konstitutsiyasida belgilangan bo‘ladi. Masalan, Belgiyaning 1980-yilgi Konstitutsiyasida xalqaro madaniy hamkorlik va shaxsga doir masalalar bo‘yicha hamkorlik jamoalar vakolatiga mansubligi belgilangan. Belgiya bilan jamoalar vakolatiga doir masalalar bo‘yicha shartnomalar tuzish chog‘ida muzokaralarda ana shu jamoa kengashlari ishtirok etadi. Belgiya hukumatining bayonot berishicha, jamoalarning xorijiy hamkorlari bilan tuzgan bitimlari xalqaro shartnoma mazmuniga ega emas va shu bois, ular, Belgiya davlatiga majburiyat yuklamaydi. Ana shu oxirgi qoidaga ko‘ra, davlat o‘zining tarkibiy qismlari hisoblangan tomonlarning bitimlari yuzasidan javobgar sanalmaydi.

Bu kabi aloqalarning mavjudligi davlatlarning tegishli xalqaro bitimlarida belgilanadi. Masalan, Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi 1992yildagi Shartnomaga muvofiq, tomonlar «ma’muriy-hududiy tuzilmalarning o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini rag‘batlantirish» majburiyatini o‘z zimmalariga olgan.

Davlatlar tarkibida xalqaro jabhadagi imkoniyatlari boshqa hududiy tuzilmalarga nisbatan anchagina keng bo‘lgan avtonomiyalar ham uchrashi mumkin. Gollandiya tarkibiga, misol uchun, Niderlandiya Antil orollari avtonom tuzilma sifatida kirgan. Ularning Sharq mamlakatlari bilan aloqalarini hisobga olgan holda, tegishli masalalarni, albatta avtonomiya vakolati doirasida, o‘zlari hal etishlari uchun huquq berilgan. Bu aloqalarni tartibga solishda Gollandiya shartnomalari, masalan, 1986yildagi Aruba oroli va AQSH o‘rtasida havo parvozi to‘g‘risidagi Gollandiya-Amerika bitimi xalqaro huquqiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday bitimlarni qabul qilishning alohida protsedurasi belgilangan. Bu jarayonda Gollandiya davlati hukumati va parlamenti, shuningdek avtonomiya parlamenti ishtirok etadi.

Federatsiya – ittifoq davlat – subyektlari o‘z ichki ishlarida muayyan mustaqillikka ega bo‘lgan o‘ziga xos davlat tuzilmasi. Hozirgi kunda dunyoda 21 ta federativ davlat mavjud. Shulardan beshtasi Yevropa va Osiyoda, 6 tasi Amerikada, 3 tasi Afrikada va 2 tasi Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. Federativ davlatda tashqi munosabatlar markaziy hokimiyat qo‘lida to‘plangan bo‘ladi. Masalan, 1933-yildagi Davlatlarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi amerikalararo konvensiyaning 2-moddasida ushbu norma quyidagicha ifodalangan: «Federativ davlat xalqaro huquq oldida faqat yagona bir shaxsni tashkil etadi». Xalqaro huquqiy amaliyot ushbu normani tasdiqlaydi.

Bir qancha federatsiyalar mavjudki, ularning subyektlari federal hukumat nazorati ostida cheklangan doiradagi masalalar (chegara, madaniyat, huquq – tartibot, iqtisodiy aloqalar) bo‘yicha xalqaro bitimlar tuzish huquqiga ega hisoblanadi. GFR, Shveysariya, Avstriya, AQSH va Kanada ana shunday federatsiyalar qatoriga kiradi.

Tarixan subyektlar konstitutsiya bo‘yicha suveren sanalgan va xalqaro huquq subyektlari maqomiga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan ikkita federatsiya ma’lum. Bular SSR Ittifoqi va Yugoslaviya federatsiyasidir. Ayni chog‘da, ularning bunday subyektlik huquqiga egaligi sezilarli darajada rasmiy yuridik mazmun kasb etgan edi.

Rossiya Konstitutsiyasida tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar, xalqaro shartnomalar Federatsiya tasarrufiga o‘tkazilgan (71-moddaning «k» bandi). Federatsiya subyektlariga kelsak, ularning xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari Federatsiya va subyektlarning qo‘shma tasarrufiga o‘tkazilgan bunday aloqalarni muvofiqlashtirish haqida so‘z yuritilgan moddada ko‘zda tutilgan (72modda). Subyektlar «aloqa»larni, federatsiya esa «munosabat»larni qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday farqlanish davlatlararo munosabatlar bilan subyektlarning xalqaro aloqalariga bir xil darajada qaramaslik nuqtai nazaridan kelib chiqqandir.

Bu xulosani 1995-yil 13-oktabrdagi «Tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida»gi Federal qonun ham tasdiqlaydi. Rossiya Federatsiyasi subyektlarining tashqi savdo faoliyati sohasidagi vakolatlariga bag‘ishlangan 8-moddada qayd etilishicha, subyektlar o‘z vakolatlari doirasida «xorijiy federativ davlatlar subyektlari, xorijiy davlatlarning ma’muriy-hududiy tuzilmalari bilan tashqi savdo aloqalari sohasida bitimlar tuzish» huquqiga egadir.

1995-yil 15-iyuldagi «Rossiya Federatsiyasi xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Federal qonunda ko‘zda tutilishicha, agar Federatsiya shartnomasi subyekt tasarrufidagi masalalarga daxl qilsa, u holda uning organlari bilan kelishuv talab etiladi (4-modda). Subyektlar Federatsiyaga shartnoma tuzishga doir o‘z tavsiyalarini taqdim etish huquqiga ega.

Shartnomalarni ratifikatsiya qilish va to‘xtatish haqidagi qarorlar subyektlarning vakillik organi – Federatsiya Soveti tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Subyektlar o‘z vakolatlari doirasida Rossiya Federatsiyasi shartnomalarining bajarilishini ta’min etadi (32-moddaning 3-bandi). Federatsiyaning hokimiyat organlari bilan subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan vakolatlarga oid nizolar Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudida hal etiladi. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi subyektlari Federatsiyaning shartnomaviy munosabatlariga ta’sir etish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Xalqaro huquq normalari davlatlararo munosabatlarni tartibga solishning ko‘p asrlik tajribalarini o‘zida mujassam etadi. Bu borada xalqaro huquq mamlakat huquqining uzviy qismi hisoblangan Germaniya tajribasi ayniqsa e’tiborga molikdir. GFR Federal Konstitutsiyaviy sudi 1973-yilda Federatsiya subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda Konstitutsiyaning hal qiluvchi o‘rnini tasdiqlagan va shu bilan birga, bunday tartibga solish mavjud bo‘lmagan joylarda Federatsiyaga a’zo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinishini belgilab bergan.




  1. Download 35,97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish