Aksiz solig’i.
2019 yil 1 oktyabrdan:
Quyidagi mahsulotlarning stavkalari indeksatsiya qilindi:
Neft mahsulotlari o’rtacha 10 foizgacha
Tamaki mahsulotlari 20 foizga
Alkogol mahsulotlari 6 dan 35 barobargacha
Quyidagi stavkalar oshirildi:
Tabiiy gaz 10 dan 20 foizgacha
Suyultirilgan gaz 26 dan 30 foizgacha
Politelin granullalar 25 dan 30 foizgacha
Mobil aloqa xizmatlari 15 dan 20 foizgacha
Sigaretalarga aloqador stavkalar 4 dan 9 foizgacha.
2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460,0 mlrd. So’m (yoki YaIMning 20 foizi) miqdorida rejalashtirilgan, bu esa 2019 yil yakuni bo’yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd. So’mga ko’proq edi.
Dunyodagi barcha mamlakatlarda joriy etilgan soliqlar ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatiga ko’ra shartli holatda uch guruhga bo’linadi:
Bevosita soliqlar soliq to’lovchining daromadlaridan, bilvosita soliqlar esa uning ixtiyorida qolgan daromadlarning iste’molga yo’naltirilgan qismidan undiriladi.
Zotan uch guruhga kiruvchi soliqlarning barchasi majburiylik xarakterida bo’lsada, lekin soliq to’lovchilar iqtisodiy hayotida bir qator farqlari mavjud. Masalan, bevosita soliqlar soliq to’lovchining daromadi va mol-mulkining qiymatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi, Ya’ni soliq to’lovchining daromadi oshgan sayin, soliq stavkasi oshmasa-da, lekin soliq summasi shunga mos ravishda oshib boradi. Yana bir misol, mol-mulkning qoldiq qiymati pasaygan sayin, soliq stavkasi o’zgarmagan holda soliq summasi pasayib boradi.
Bevosita soliqlarning yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, soliq to’lovchi olayotgan daromadidan soliq summasi qancha va uni qachon to’lashini oldindan rejalashtira olishi mumkin. Soliq to’langanday keyin korxona yoki jismoniy shaxs qanday iqtisodiy va xo’jalik siyosatini olib borishi yanada oydinlashadi.
To’g’ri soliqlarga tortishda mablag’larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qiladi.
Soliq to’lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (yer, uylar, qimmatli qogozlar va hokazo) qiymati to’g’ri soliqlar ob’ekti bo’ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to’lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to’g’ri soliqlarga tortishda soliq to’lovchi o’z solig’ining summasini aniq biladi.
Tarixiy jihatdan olganda to’g’ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.
Bevosita soliqlar shaxsiy va real soliqlarga bo’linadi.
Shaxsiy soliqlar soliq to’lovchining moliyaviy holatini va to’lov qobiliyatini hisobga olgan holda uning haqiqatda topgan daromadidan undiriladi.
Real soliqlar to’lovchining moliyaviy holatini hisobga olmagan holda, uning faoliyatini yoki tovarlarini, ya’ni mol - mulkni sotish, sotib olish yoki foydalanishni (egalik qilishni) soliqqa tortadi. Shu bilan birgalikda, real soliqlar to’lovchining to’lov holatini hisobga olmaydi. Bularga asosan mulk soliqlari (mol – mulk solig’i va yer soliqlari) kiradi.
Soliq tizimining evolyutsion tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning markazlashgan fondlari ichida bevosita soliqlarning salmog’i yuqori bo’lib, ayrimlarida u hattoki, 65-70 foiz daromadni shakllantirib beradi. Qolgan qismi esa bilvosita, resurs soliqlar hisobidan tarkib topadi.
Jahon soliq amaliyotida Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to’g’ri va egri soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin. Masalan. AQSHda byudjet daromadlari tarkibida to’g’ri soliqlar salmog’ining 90 foizga yaqin bo’lishi bu mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Mamlakat milliy iqtisodiyotini makroiqtisodiy rivojlanishida bilvosita soliqlar muhim ahamiyat kasb etadi Bilvosita soliqlar qadimdan mavjud bo’lib, davlatning shakllanishi bilan birga paydo bo’lgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. CHunki, ilmiy asoslangan soliq tizimini joriy etgunga qadar davlat xarajatlarini tez va oson yig’iladigan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash zarurati bo’lgan. SHu bois, dastlab boj to’lovlari, so’ngra aksizlar, sotuvdan olinadigan soliqlar va keyinchalik yuqori rivojlanish tendentsiyasiga ega bo’lgan Qo’shilgan qiymat soliqlari paydo bo’lib, ular jahon Iqtisodiyoti rivoji va integratsiyalashuvida muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda.
Egri soliqlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular maxsulot tannarxining oshishga bevosita ta’sir ko’rsatmasada, lekin iste’mol tovarlari narxining oshishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Chunku bilvosita soliqlar tovarlar narxining ustiga qo’shimcha sifatida qo’yiladi. Egri soliqlarni to’layotganda iste’molchi soliq to’lovchi davlatga qancha soliq summasini to’layotganini rejalashtira olmaydi. Egri soliqlarni bilvosita to’lovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hisobga olinmaydi va uni to’lashda barcha barobar hisoblanadi. Chunki tarkibida egri soliq mavjud bo’lgan tovarning ichki va tashqi tarkibida egri soliq summasi qancha miqdorda mavjudligini iste’molchi yoki xaridor aniqlashi murakkab.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida to’rtta bilvosita soliq amal qilmoqda. Jumladan:
qo’shilgan qiymat solig’i;
aksiz solig’i;
davlat boji va bojxona bojlari;
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gazdan foydalanganlik uchun olinadigan soliq.
Bevosita soliqlarga nisbatan bilvosita soliqlarning salmog’i rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda soliq yukining asosiy ulushi qiymat yaratuvchilardan qiymatni iste’mol qiluvchilarga o’tkaziladi. Sababi, qiymat yaratuvchilar iqtisodiy jihatdan qanchalik barqaror bo’lsa, ular yaratgan mahsulotlarni xarid qiluvchi iste’molchilar miqdori shunga mos ravishda ko’payib boradi. Bu, o’z navbatida, istiqbolda soliq yukini iste’molchilardan tijorat asosida faoliyat yurituvchi ishlab chiqaruvchilar, hizmat ko’rsatuvchilar va ish bajaruvchilarga o’tkazish o’rinli bo’lishini ta’minlaydi.
Mamlakatimiz soliq tizmida bir qator resurs soliqlari ham mavjud bo’lib, ular mahalliy va respublika byudjetini daromad manbai bo’lishi bilan birga, soliq to’lovchilarni tartibga solish va rag’batlantirib turishda ham muhim o’rin tutadi. Zero, davlat byudjeti tarkibida resurs soliqlarining salmog’i yuqori bo’lmasa-da, soliq to’lovchilarni rag’batlantirishda ular muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Keyingi paytda davlat byudjetida resurs soliqlarining ulushini oshirishga qaratilgan siyosat olib borilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, Oliy Majlisning qo’shma majlisida Prezidentimiz resurs soliqlariga alohida urg’u berib: «Asosiy yuk tabiiy, mineral xom ashyo, yer- suv va boshqa zaxiralardan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanishni rag’batlantiruvchi resurs soliqlariga tushishi lozim», -deb ta’kidlagan.
Hozirgi kunda respublikamiz soliq tizimida qator resurs soliqlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
mol-mulk solig’i;
yer solig’i;
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Resurs soliqlari tarkibiga kiruvchi soliqqa tortish ob’ektlarini o’rganadigan bo’lsak, ularning tarkibi bir nechtani tashkil etadi. Masalan, birgina yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar ob’ektining 40 dan ortiq turi mavjud. Respublika soliq tizimidagi boshqa soliqlarga nisbatan resurs soliqlari o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, resurs soliqlari korxonaning moliyaviy natijasi bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi. Korxonalar moliyaviy natijasi salbiy yoki ijobiy bo’lishidan qat’iy nazar belgilangan resurs soliqlarini to’lashlari shart. Bu tartibning iqtisodiy ahamiyati shundaki, korxona imkon qadar moliyaviy natijasini ijobiy qilishga harakat qiladi. Agar hisobot salbiy ko’rsatkich bilan bir necha bor yakunlansa, korxonaning kasodga. uchrashi tezlashadi. Shu bois, resurs soliqlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy jihatdan nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi moliyaviy vosita bo’lib ham xizmat qiladi.
Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda ma’naviy hayotini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimida respublika byudjetining yetakchi bo’g’inidir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvni ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Respublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat Respublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo’g’ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining byudjeti pul mablag’larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo’linadi:
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to’g’ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zaxiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 18-moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
qo’shilgan qiymat solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar
foyda solig’i
Budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar
Davlat boji
Bojxona to’lovlari
yagona soliq to’lovi
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 18-moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:
mol-mulk solig’i;
yer solig’i;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilishva ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;
yagona yer solig’i (soddalashtirilgan tartibdagi soliq).
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lsa, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Soliqlarning respublika va mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi ular daromad manbaini shakllantirishdagi bir qator muammolarni vujudga keltiradi. Bulardan asosiylaridan biri byudjetlarni moliyalashtirish yuzasidan soliqlarning byudjetlararo taqsimlanish tartibi mezonlarini belgilash muammosidir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar soliq Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Soliq munosabatlari mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri davlatning mavjudligi bo’lsa, ikkinchi sharti bo’lib soliqlarni to’lashga qobil bo’lgan soliq to’lovchilarning mavjudligidir. O’zbekiston soliq tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag’iga ega bo’lgan alohida bo’linmalar ham tushuniladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, yuridik shaxslar foyda solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig’i, mol-mulk solig’i, yagona soliq to’lovi va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni (QQS, aksiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromadga soliq, yer, mol-mulk soliqlari kiradi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko’chirib qo’yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to’lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari va qator boshqa majburiy to’lovlar kiradi. Soliq yig’ish xarajati ko’payib ketadi. Chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo’lgan inspektorlar shug’ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) ko’p yoziladi.
Rus iqtisodchisi A. Medvedev o’zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos bo’lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan.
Adim Smit (Shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko’rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga toplash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdigan:
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur.
3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin.
Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbai sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda asosiy manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi.
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, “soliqlar - milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir”
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’plovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiyati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.
Amir Temur - O’rta Osiyoni mo’g’ullar zulmidan ozod qilgan, o’z davrining ma’rifatli kishisi, manaviyat-madaniyat homiysi, buyuk sarkarda, xalq dardi bilan hamoxang va dinni yuksak darajada e’zozlovchi buyuk shaxsdir. Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora etish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqga tayangan. O’sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muxim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatning boshqarishdagi barcha jixatlariga uzviy bog’langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko’ra boshqaruvning barcha taarkibiy qismlari orasida markaziy o’rnini egallaganligi bugungi kunga kelib xammaga ayon bo’lmoqda.
Amir Temur davrida asosiy soliq turlari quyidagicha bo’lgan:
1. Yer solig’i «xiroj» (mol deb ham yuritilgan) bo’lib, u
sug’oriladigan yerlardan olinadigan asosiy soliq hisoblangan. Xiroj asosan hosil yetilgandan so’ng yig’ib olingan. Soliq maxsulot yoki naqd aqcha ko’rinishida to’langan. Soliq yerning unumdorligiga va hosiliga qarab undirilar edi. Bu
to’g’risida: «Yana amr etdimki, xirojni ekindan olingan xo-
silga va yerning unumdorligiga qarab belgilasinlar...
Shuningdek, uzluksiz ravishda buloq va daryo suvi bilan sug’oriladigan ekin yerlarni hisobga olsinlar va unday yerlardan olingan hosilning uchdan ikki xissasini raiyatda qoldirsinlar, uchdan bir xissasini saltanat xazinasi uchun olsinlar» - deb Temurning Tuzuklarida aytib o’tiladi. Lalmikor yerlarning unumdorligi obikor yerlarga nisbatan, ancha past bo’lganligi bois, bunday yerlardan olingan hosilning oltidan bir, yani 16,5 foizidan to sakkizdan bir, yani 12,5 foizi mikdorida soliq undirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |