Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"



Download 321,02 Kb.
bet4/8
Sana25.06.2021
Hajmi321,02 Kb.
#101020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Xoliqov

Soliq

solinadigan daromad

Soliq stavkasi

eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda

daromad summasining 0 foizi

eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 so’m) besh baravarigacha miqdorda

eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi

eng kam ish haqining besh baravaridan  (+1 so’m) o’n baravarigacha miqdorda

besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 17 foizi

eng kam ish haqining o’n baravaridan  (+1 so’m) va undan yuqori miqdorda

o’n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o’n baravaridan oshadigan summaning 23 foizi

2017 yil uchun soliq hisoblashda EKIH 149755 so’m.

Demak, bundan ko’rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq ob’ektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda progresiv soliq stavkasi deganda faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha stavkalar keltiriladi.

Bundan tashqari progressiv soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida ham keng foydalanadi, masalan, respublikamiz soliq qonunchiligiga muvofiq me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga belgilangan stavkaning ikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo’lib, 2016 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig’i stavkasi 5 foiz bo’lgani holda, ularning me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan mol-mulkidan 10 foiz miqdorida soliq undiriladi.

Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bizningcha, bu soliq stavkalari soliq to’lovchilarning daromad olish manfaatdorligini rag’batlantirmaydi, shuning uchun progressiv soliq stavkalarini qo’llaganda muayyan chegaraga qadar soliq stavkasini oshib borishini ta’minlagan holda so’ngra regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq to’lovchilar manfaatlariga mos keladi. SHuning bilan birgalikda ta’kidlash lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda alohida ahamiyatga ega.

Soliqqa tortish usullari ichida regressiv usul nisbatan kam qo’llanadigan usullardan biri bo’lib, bu usul asosan, soliq to’lovchi sub’ektlarning daromad olishini ko’paytirishga qo’shimcha rag’batlantirish maqsadida joriy etiladi. Regressiv usulning iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, unga ko’ra soliq to’lovchining daromadi muayyan bir chegara summasidan oshgandan keyin, unga belgilangan soliq stavkasi pasayish tendentsiyasiga ega bo’ladi.

Bizning milliy iqtisodiyotda ham regressiv usulda soliqda tortish usuli qisman - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va mol - mulk solig’iga nisbatan joriy etilgan.

Yuridik shaxslar foyda solig’i bo’yicha regressiv usulni qo’llash korxonaning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, bu usul quyidagi holatlarda joriy etiladi. Korxona:

- o’zi ishlab chiqargan tovarlarini erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilish ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 15-30 foizni tashkil qilsa, umumiy belgilangan soliq stavkasi 30 % pasaytiriladi;

- o’zi ishlab chiqargan tovarlarini erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilish ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 30 va undan ortiq foizga teng bo’lsa, umumiy belgilangan soliq stavkasi 2 barobarga pasaytiriladi.

Soliq stavkalarining biri bu proportsional soliq stavkalari bo’lib, bu soliq stavkalarini asosiy mohiyati shundan iboratki, yuridik yoki jismoniy shaxslardan oboroti, foydasi yoki boshqa bir soliq ob’ektining bir xil turida yangi qo’llashdan muhim xususiyati shundaki, soliq to’lovchi ega bo’lgan foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha bo’lishidan qat’iy nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo’llaniladi.

Masalan, qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi ham bugungi kunda proportsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi soliq to’lovchi qancha oborotga (realizatsiya) ega bo’lishidan qat’iy nazar 20 foiz stavka bo’yicha soliq to’laydi. Proportsional soliq stavkasi o’zgarmas soliq stavkasi bo’lib, uning miqdori (foizi) soliq ob’ektining hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Bu bir tomondan yuqori daromadga (oborotga) ega bo’lgan soliq to’lovchilar uchun qulay soliq stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to’lovchilar uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin, ya’ni ushbu soliq stavkasi soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini bajarmaydi.

Soliqqa tortishning advalor usulini qo’llash g’oyatda cheklangan bo’lib, bu usul rivojlangan davlatlarda deyarli qo’llanilmaydi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, ayrim turdagi aksizosti tovarlariga, import qilinayotgan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga nisbatan advolor usuli joriy etiladi. Ayrim aksizosti tovarlarini advalor usulida soliqqa toryotishning maxsus formulasi ishlab chiqilgan bo’lib, u quyidagi mazmunga ega:

O = (S x 100) / 100 - A

Bu yerda:

O = qo’shilgan qiymat solig’isiz, ammo tarkibida aksiz solig’i bo’lgan tovarning shartnoma (erkin) bahosi;,

S = aksizosti tovarni ishlab chiqaruvchi korxonaning ulgurji (normativ xarajatlar va foyda normasi) bahosi;

A = muayyan tovarga nisbatan aksiz solig’i stavkasi.

Ushbu soliqqa tortish usulining yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, soliq stavkasi muayyan bir aksizosti tovariga 75 foiz belgilangan bo’lsa-da, lekin soliq hisoblab chiqilganda soliq summasi soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan 200, hattoki 250 foizga qadar ko’tarilib ketish ehtimoli mavjud.

Nol darajali stavka 1999 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi soliq amaliyotida qo’llanilib kelmoqda. Dastlab bu stavka qishloq xo’jalik korxonalari va eksport qilingan mahsulotlar uchun belgilangan. Qo’shilgan qiymat solig`idan ozod bo’lgan oborotlardan farqli nollik stavka qo’llanilganda qo’shilgan qiymat solig`i tovarlarning tannarxiga olib borilmasdan, hisobga kiritiladi. Umuman olganda nol stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning bajarilgan ish, xizmatlarning qiymatiga qo’shilgan qiymat solig`i qo’llanilmaydi, ya’ni nolga teng bo’ladi, lekin korxona tomonidan qo’shilgan qiymat solig`i bilan sotib olgan xom-ashyo materiallar va butlovchi qismlarga to’langan qo’shilgan qiymat solig`i hisobga olinadi.

Soliq stavkalari haqida gapirganda, proportsional soliq stavkasi uchun neytral holat xarakterli bo’lsa, progressiv soliq stavkasi soliqlarning fiskallik xususiyatini xarakterlaydi, ya’ni progressiv soliq stavkalarida byudjet manfaati ko’proq yuzaga chiqadi. Shu jihatdan soliqlardan adolatlik tamoyilining amal qilishini ta’minlash maqsadida regressiv soliq stavkalaridan foydalaniladi.

Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tasis etilgan Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tomoyillari o‘rniga soliq qonunchiligi prinsplari deb atalib, uning olti prinspi (8-modda) belgilab berilgan.



  • Har bir shaxs Kodeksda belgilangan soliq va to‘lovlarni to‘lashiga majburdir, ya’ni soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi.

  • Soliqlarni belgilovchilar qonun hujjatlarida soliqlarning barcha elementlarini, shu jumladan soliq to’lash muddatlari va tartibini aniqlab beradi.

  • Soliq to’lash soliq organlari va soliq to’lovchilar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, bu esa soliq to’lovchilar soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini soliq organlari bilan bir xilda tushunishiga yordam beradi.

  • Huquqiy shaxslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, jismoniy shaxslar esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Fuqarolarning o’z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to’sqinlik qiladigan soliqlarga yo’l qo’yilmaydi.

  • Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yagonadir. Beligilangan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yoki pul mablag‘larini erkin harakatini bevosita yoki bilvosita cheklamaydi yoki soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyatini cheklashga yoki to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaydi.

  • Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari rasmiy e’lon qilishibelgilab qo’yilgan. Rasmiy e’lon qilinmagan hujjat kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tadbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig’im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb ataladi.

Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.

Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko’rsatish uchun shu davrni to’rt bosqichga bo’lib ko’rsatish mumkin.


Download 321,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish