11.2. Xalqaro marketingda tovarlar kiritish siyosati va amaliyoti
Tovar harakatlanishini tashkil etish – tovarni transportirovka
qilish va omborlarga joylashtirish.
Moliyalashtirish– kanalning faoliyat ko‘rsatishi uchun
sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni topish va ulardan
foydalanish.
Tavakkalchilikni qabul qilish – kanalning faoliyat ko‘rsatishi
uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.
Birinchi beshta funksiyani amalga oshirish bitimni imzolashga,
qolgan uchtasi esa imzolangan bitimlarni yakunlashga xizmat qiladi.
Ushbu funksiyalarning barchasiga quyidagi xususiyatlar xos bo‘ladi:
110
– taqchil resurslarni yutib yuboradi, ko‘p hollarda ixtisoslashuv
tufayli yaxshiroq bajarilishi, kanalning turli a’zolari tomonidan
bajarilishi mumkin;
– agar ularning bir qismini ishlab chiqaruvchi bajaradigan bo‘lsa
uning xarajatlari o‘sadi, demak mahsulot narxi ham yuqoriroq bo‘ladi.
Funksiyalarning
bir
qismi
vositachilarga
berilganda
ishlab
chiqaruvchining xarajatlari va mahsulot narxi pastroq bo‘ladi. Bu
holda vositachilar o‘z xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha to‘lov
joriy etadilar;
– kanalga xos bo‘lgan funkiyalarni kim bajarishi lozimligi
to‘g‘risidagi masala o‘z mohiyatiga ko‘ra nisbiy natijaviylik va
samaradorlik masalasidir. Agar o‘z funksiyalarini yanada samarali
bajarish imkoni yuzaga keladigan bo‘lsa, kanal mos ravishda qayta
qurilishi mumkin.
Bundan ham ko‘p darajali kanallar uchrab tursada, ularning soni
juda kam. Ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan, taqsimot kanalni
qanchalik ko‘p darajaga ega bo‘lsa, uni nazorat qilish shunchalik
qiyinlashadi.
Bitta kanal ishtirokchilari, shuningdek, turli kanallar o‘rtasida turli
darajada hamkorlik, ziddiyatlar va raqobatchilik kuzatilishi mumkin.
Odatda hamkorlik bitta kanal tarkibiga kiruvchi a’zolar o‘rtasida
ko‘proq kuzatiladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana
savdogarlar bir-biriga
ko‘maklashadi, ularning hamkorligi esa har biri alohida olishi
mumkin bo‘lgan foydaga qaraganda ancha ko‘p foyda keltiradi.
Hamkorlik tufayli ular maqsadli bozorni yaxshiroq his etish, unga
yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va to‘laroq qondirish imkoniyatga ega
bo‘ladilar.
Raqobatchilik bitta maqsadli bozorga xizmat ko‘rsatishga
intilayotgan firma va tizimlar o‘rtasida yuzaga keladi. Masalan,
unversal magazinlar, narxi pasaytirilgan magazinlar va kataloglar
bo‘yicha savdo qiluvchi chakana savdo korxonalari elektr uskunalari
xaridorlarining puli uchun ko‘rashda raqobat qiladilar. Bunday raqobat
natijasida iste’molchi tovar va xizmatlarni, ularning narxini tanlashda
ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |