42
4- BOB.
XALQARO MARKETINGNING TAHLILIY FUNKSIYASI
4.1. Xalqaro marketing tahliliy funksiyasini baholash
Xalqaro marketingning asosiy funksiyalaridan biri shubhasiz bu
tahlillar olib borish va ular asosida real holatga baho berish
hisoblanadi. Tahliliy funksiyaning muhimligi shundaki, tahlil natijasi
beriladigan qarorlarni qabul qilishga bevosita bog‘liqdir.
Xalqaro
marketing
xususiyatlarini
birinchi
navbatda
raqobatchilik kurashi yuqori bo‘lgan tashqi bozorda taklif etilayotgan
tovar sifati, xizmat ko‘rsatish va reklamaga qo‘yiluvchi talabning
yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Bunda jahon bozori 200 ga yaqin
milliy bozorlar yig‘indisidan iborat ekanligini nazardan qochirmaslik
kerak. Bu bozorlarning har biri umumiy va faqat o‘ziga xos bo‘lgan
jihatlarga ega. Xalqaro bozorning imkoniyatlarini aniqlash va
korxonaning tashqi savdo salohiyatini baholash xalqaro marketing
strategiyasining
boshlang‘ich
pozisiyalaridir.
Bozorni
yaxshi
bilmasdan turib eksport imkoniyatlariga to‘g‘ri baho berish qiyin,
chunki bu baho korxona faoliyatining mos keluvchi ko‘rsatkichlarini
bozor talablari va elementlari bilan solishtirishni talab qiladi.
Oxirgi yigirma yillik ishlab chiqarishning baynalminallashuvi,
milliy iqtisodiyotlarning tashqi bozor uchun ochiqligining o‘sib
borishi bilan tavsiflanadi. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning
erkinlashuvi natijasida korxona va tashkilotlar xalqaro bozorga chiqish
huquqiga ega bo‘ldilar. Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan
korxona avvalo marketing harakatlarini mujassamlantirishi lozim
bo‘lgan muayyan bozorni tanlashi kerak. Xalqaro bozorni tanlashda
uchta ko‘rsatkichni o‘rganishga e’tibor qaratiladi:
ushbu bozorning salohiyati va sharoitlari. Bozor salohiyati
avvalo uning sig‘imi (rivojlanish istiqbollari, unga chet ellik
korxonalarning vaqt va mablag‘larni katta miqdorda sarflamasdan
kirib borish uchun ochiqligi) bilan ifodalanadi. Tashqi bozorga
chiqishni rejalashtirayotgan korxona oldida turuvchi asosiy to‘siqlar
quyidagilardan iborat: bojxona to‘siqlari, notarif cheklovlari, huquqiy
to‘siqlar. qo‘llanayotgan raqobatchilik usullarining intensivligi. Tashqi
43
bozorni tanlashda ikkinchi ko‘rsatkich raqobatchilarning amaliy
usullari va intensivligini o‘rganish hisoblanadi.
Raqobatchilikni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
o‘rganish lozim bo‘ladi:
– samarali faoliyat ko‘rsatayotgan raqobatchilarni
aniqlash;
– raqobatchilik strukturasini, ya’ni raqobatchilar soni va ularning
bozor ulushlari taqsimlanishini aniqlash;
– raqobatbardoshlik mezonlarini (masalan, narx, texnik yangilik,
sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish va boshqalar) belgilash.
Korxonaning maqsad va imkoniyatlari.
Tashqi bozorni
tanlashda inobatga olinuvchi uchinchi ko‘rsatkich korxonaning
maqsad va imkoniyatlarini aniqlash bilan bog‘liq. Dastlab korxonaning
tashqi bozordagi amaldagi holati tahlil qilinishi, faoliyatining kuchli va
zaif tomonlari anqlanishi, so‘ngra korxonaning ichki va tashqi
bozorlarda muvafaqiyatli foydalanish mumkin bo‘lgan zahiralari
aniqlanishi lozim.
Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirishda korxona o‘z oldiga
turli xil maqsadlarni qo‘yadi:
– hajmi va salohiyatiga ko‘ra eng muhim bozor hisoblanuvchi
mamlakatlarda strategik o‘rin egallash;
– ishlab chiqarish va yig‘ishda past narxlardan foydalanish;
‒
standart tovarlarni yaratish;
‒
bozorga proteksionlik choralari bilan himoyalangan tovar
va xizmatlarni kiritish;
‒
bitta xorijiy bozordan boshqasiga kirib borishga
ko‘maklashuvchi tajriba to‘plash;
‒
turli mamlakat bozorlarida faoliyat miqyosini kengaytirish
hisobiga mablag‘larni tejash.
Korxonalarning tashqi bozorga chiqishi bir qator shartlarga rioya
qilinishini talab qiladi:
‒
chetdan olinuvchi va o‘zining xususiy moliyaviy
mablag‘larining mavjudligi;
‒
tijorat-xo‘jalik faoliyati asoslanuvchi tovar yoki xizmat
konsepsiyasi;
‒
bozordagi etkachilarning tovarlari sifatiga mos keluvchi
tovarlar sifati;
44
‒
xaridorlarni qondiruvchi narxlar;
tovarlarni sotuvdan avvalgi tayyorlash;
mijozlarni “bog‘lab olish”ga imkon beruvchi sotuvdan keyingi
xizmat ko‘rsatish;
korxonaning siyosiy hukumatlar, jamoatchilik fikri va matbuot
bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rnatish.
Tashqi bozorlarni o‘rganish va ularni baholash ishlari uch xil
variantda: bevosita eksportchi korxona tomonidan, axborot-maslahat
firmalari bilan hamkorlikda va faqat axborot-maslahat firmalari kuchi
bilan amalga oshirilishi mumkin. Barchasi eksportchi tadqiqot
bo‘linmasiga egaligi va uning imkoniyatlari qay darajada ekanligiga
bog‘liq bo‘ladi. Eksportchi uchun zarur ma’lumotlar boshqa
tashkilotlarda mavjud bo‘lib, ularga taqdim etilishi yoki barcha uchun
ochiq manbalarda joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Ularni olish
uchun xarajatlar miqdori bir marta telefon orqali gaplashish
xarajatlariga teng bo‘lishi mumkin.
Xalqaro marketingda tashqi bozorni o‘rganish uchun mos
keluvchi manbalardan foydalaniladi.
Nashriyot mahsulotlari: davriy matbuot (gazeta va jurnallar,
iqtisodiy byulletenlar); maxsus nashrlar (monografiyalar, tadbirkorlar
va savdo ittifoqi nashrlari, savdo shartnomalari to‘plami, bozor
sharhlari, bank nashrlari, reklama agentliklari, ayrim firma va
tashkilotlar nashrlari, hukumat qonunlari va tashqi savdo bo‘yicha
takliflarini aks ettiruvchi to‘plamlar); BMT, turli xalqaro tashkilotlar
va ayrim mamlakatlarning umumiy va maxsus xarakterli statistika
to‘plamlari;
yirik
brokerlik
kompaniyalari
axboroti;
telegraf
agentliklari byulletenlari.
Kompyuter axboroti (internet tarmog‘i).
Maxsus so‘rovnomalar: maxsus muassasa va tashkilotlar;
konsullik apparati; savdo palatalari; mos keluvchi tarmoqlar federasiya
va assosiasiyalari; maxsus xususiy axborot agentliklari; ilmiy-tadqiqot
muassasalari va firmalar; kredit-ma’lumotnoma idoralari
16
.
Sotsiologik tadqiqot va so‘rovlar: tovarni sotish joylarida;
yarmarka, ko‘rgazma va birjalarda; konferensiya va simpoziumlarda;
16
Marieke DeMooij. Global Marketing and Advertising. Columbia, MD, USA, 2018.
45
ishbilarmonlik suhbatlarida, telefon va telefaks orqali; manzilli
axborot jo‘natish orqali.
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab
chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar guruhi o‘rtasida iqtisodchilar
aloqalarining tizimini o‘zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy
ko‘rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar
bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga
egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor
munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara
doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |