Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Qimmatli qog'ozlarning hayot jarayoni ssikli



Download 98,61 Kb.
bet3/9
Sana23.06.2022
Hajmi98,61 Kb.
#696639
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jo\'rabek Tojiqulov

1.2Qimmatli qog'ozlarning hayot jarayoni ssikli
Qimmatli qog'ozning hayot ssikli (davr bosqichlarini o'z ichiga oluvchi) quyidagi jarayonlami o'z ichiga oladi: emissiyaga tayyorgarlik (emissiyaoldi), emissiya risolasini davlat ro'yhatidan o'tkazib chiqarish va joylashtirish (emissiya), bozor muomalasi, muomaladan chiqarish (so'ndirish). Har bir jarayondagi ishlar tegishli qonun hujjatlarida belgilanganidek amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (emissiyaga tayyorgarlik) quyidagi jarayonlardan iborat: chiqarilajak qimmatli qog'ozlami, ulaming hajmini va qiymatini bazisiga ekvivalentliligi darajasi asosida maqsadga muvofiqligini, bozor tendentsiyasini, shartlarini tadqiq qilish va asoslash; emissiya taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish; uni muhokama qilish va chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish (vakolatli organ tomonidan); emissiya risolasini davlat ro'yhatidan belgilangan tartibda o'tkazish uchun tayyorlash. Ikkinchi bosqichda emissiya risolasi davlat ro'yhatidan o'tkaziladi, qonunchilik hujjatlari va risolada belgilangan tartibda reklama qilinib potentsial investorlar o'rtasida joylashtiriladi, emissiya natijalari to‘g'risida hisobot berib boriladi. Uchinchi bosqichda joylashtirilgan qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorda uning kon’yunkturasiga bog'liq holda erkin muomalada bo'ladi, buning uchun emitent ulaming ekvivalentlilik darajasini uzluksiz ta’minlab bozordagi kursini monitoring qilib boradi. Bunda emitent va bozoming transparentliligi (shaffofliligi) katta ahamiyatga ega. To'rtinchi bosqich qimmatli qog'ozlami ulaming risolasi shartlariga asosan hamda (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda muomaladan chiqarish (so'ndirish). 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog'ozlar bozori to‘g‘risida» nomli Qonuniga asosan korporativ qimmatli qog'ozlaming (aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari va obligatsiyalari, korxonalaming derivativlari) hayot ssikli jarayonlari bunday qog'ozlar bilan bog'liq munosbatlami tartiblashtiruvchi vakolatli davlat organi (hozirda qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi) tomonidan muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi. Bunda tijorat banklarining aksiyalarini chiqarilishi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi (keyingi matnlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan tartibda amalga oshiriladi. Banklaming aktivlari bilan bog'liq qimmatli qog'ozlami Markaziy bank tartiblashtiradi. • Veksellami chiqarilishi Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan tartiblas hti ri lad i. Davlat qimmatli qog'ozlari bozorini vakolatli davlat organlari (qog'oz turlariga qarab Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank) tartiblashtiradi. Korporativ qimmatli qog'ozlar chiqarilishida emitentdan davlat byudjetiga qonunda belgilangan hajmda emission yig'im olinadi. Vakolatli davlat organi respublikada davlat ro'yhatidan o'tkazilgan qimmatli qog'ozlaming umumiy davlat reestrini yuritadi va ro'yhatini muntazam e’lon qilib boradi. Qimmatli qog'ozlami davlat ro'yhatidan o'tkazmasdan ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilish ma’n etiladi.


Download 98,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish