Katta ochiq iqtisodiyot-ko‘lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy ta’sirida shakllanadigan iqtisodiyotdir.
Katta ochiq iqtisodiyot- jahon jamg‘armalari va investitsiyalarining katta qismiga egalik qilayotan yirik mamlakat (AQSh, XXR, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va boshq.) iqtisodiyotidir. Bunday mamlakatlar jahon moliya stavkasiga ta’sir ko‘rsata oladi.
Ochiq iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir:
YaIMdagi tashqi savdo kvotasi;
ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushi;
iste’mol tarkibidagi importning ulushi;
investitsiyalar hajmidani xorijiy investitsiyalarning ulushi.
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga yoki hukumatning siyosiy liniyasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti nisbatan ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog‘langan. AQSh iqtisodiyoti esa nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal etuvchi rol o‘ynamaydi.
Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valutadan foydalanishni ko‘zda tutadi. U to‘lov balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital harakati balansida o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |