= --------- = -----------
A1- MPC
Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bo‘lsa multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya’ni m=1+b+b1+b2 +b3+b4+…+bn, bu yerda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga ko‘paytiramiz:
mb=b+b2+b3+b4+…+bn+1
Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1
Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz:
m = (n+1) / (1-b)
b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo‘lgani uchun
m = 1/ (1-b ) tenglik to‘g‘ri bo‘ladi.55
Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi budjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat o‘z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko‘rayotganda, bu xarajatlar yalpi talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |