9.1-rasm. Real pul vositalari 9.2-rasm. Pul bozorida zahirasi taklifi grafigi muvozanat modeli Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi.
123
Banklar, Ms> Md bo‘lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o‘z avtivlari tarkibini o‘zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o‘zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro‘y beradi.
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o‘zgarib turishi pul bozorining ekzogen o‘zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o‘zgarishi natijasida ham ro‘y beradi.