8.4. O‘zbekistonda pul agregatlari va pul massasi tarkibi
Mamlakatda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida amalga oshirilgan ishlar savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi sub’ektlar tomonidan naqd pullarni bank kassalariga topshirishilishini rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Natijada, 2018 yil davomida banklar kassalariga qabul qilingan naqd pul tushumlari hajmi 2017 yilga nisbatan 2,1 barobarga ortib, 83,1 trln. so‘mni tashkil qildi.
2018 yil davomida bank kassalariga naqd pul tushumini topshirish ko‘lamining oshishi bilan bir qatorda, naqd puldagi chiqimlar hajmi ham 2017 yilga nisbatan 1,9 barobarga oshib, 85,8 trln. so‘mni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |