7.5. Retsession va inflatsion uzilish.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y0) potensial (Y*) hajmidan kam bo‘lsa, yalpi talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo‘lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to‘liq bandligi darajasini ta’minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir ko‘rsatadi.
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 310
106
7.3-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi
o‘rtasidagi retseession uzilish.
YaMM (YaIM)ni to‘liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o‘stirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) ko‘paytirilishi zarur bo‘lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (7.3-rasm).
Ishlab chiqarishda to‘liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo‘qotish uchun yalpi talabni rag‘batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o‘sishi U quyidagiga teng bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |