To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi Biroq, amalda to‘lov balansining bu qismida ham ko‘pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zahiralar deb ataluvchi xorijiy valuta zahiralariga ega bo‘lib, bu zahiralar joriy operatsiyalar bo‘yicha balans va kapital harakati bo‘yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo‘llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zahiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.
Rasmiy zahiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zahiralarning o‘sishi (-) esa to‘lov balansining musbat qoldig‘i miqdorini ko‘rsatadi. Natijada uning barcha uch bo‘limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valuta taklifini va unga mamlakatda bo‘lgan talab tengligini bildiradi.