15.3. -rasm. Jam1g‘arish normasiningning iqtisodiy
muvozanatga ta’siri90
Boshlang‘ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zahirasi k*1 ga ega bo‘lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg‘arish normasi oshganidan so‘ng investitsiyalar (I’1 - I1) miqdorga o‘sdi, kapital zahirasi (k*1) va amortizatsiya (dk1) esa o‘zgarmasdan qoldi. Bunday
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 214
199
sharoitda investitsiyalar kapitalning chiqib ketishi (amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zahirasining yangi muvozanat darajasi (k*2) ga qadar o‘sishini keltirib chiqaradi. k*2 esa fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligining yuqoriroq darajalari bilan xarakterlanadi.
Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
Jamg‘arish normasining o‘sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o‘z navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) ko‘tarilishi orqali
pirovard natijaga, ya’ni ishlab chiqarish hajmining (Y) ko‘payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg‘arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. Ammo jamg‘arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi barqaror muvozanat nuqtasiga yetgunga qadar , iqtisodiy o‘sishni jadallashishiga olib keladi.
Jamg‘arish jarayoni ham, jamg‘arish normasining oshishi ham barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘sishi mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan ikkinchi holatiga o‘tilishini ko‘rsatadi xolos.
Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o‘zgarmasligi hamda texnologik taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (n) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital zahirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
k=I-dk-nk yoki k=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi zarur. Kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi sonining o‘sishi tufayli kapital bilan
qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |