10.2. Davlat budjeti xarajatlari. Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy mazmunini aks ettiradi. O‘zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko‘rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko‘rsatkichlarida) ortib borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Shu bilan bir qatorda davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning moliyaviy asoslarini shakllantirilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.