9.3-rasm. Daromadlar
|
9.4-rasm. Pul taklifining
|
darajasining oshishi natijasida
|
kamayishi natijasida pul bozorida
|
pulga talabning o‘zgarishi.
|
muvozanatning o‘zgarishi.
|
Grafik ko‘rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (9.3, 9.4-rasmlar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o‘sishi (9.3-rasm) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko‘tarilishiga olib keladi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko‘tarilishiga va muvozanat nuqtasining o‘zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o‘rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |