Tovarni bozorga chiqarishda
quyidagilarni aniqlash zarur: tovarni bozorga
qachon, qay vaqtda olib chiqish lozim? tovarni qaerda, qaysi bozorga olib chiqish
mumkin? tovar qaysi iste’molchilar guruhiga taklif qilinishi lozim? tovarni bozorga
olib chiqish chora-tadbirlarini qanday qilib tashkil etish va tartibga solish kerak?
Tovarni bozorga chiqarish vaqti tovarni bozorga raqobatchilarning xuddi
shunday tovarni bozorga chiqarishlaridan oldin, ular bilan birga yoki ulardan keyin
chiqarish zarurati va imkoniyatlari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi zarur.
Bunda, ayniqsa, iste’mol tovarlari uchun tovarning mavsumiyligi hal qiluvchi omil
vazifasini bajaradi. Istalgan holda ham tavakkalchilik darajasini baholash, tovarni
bozorga chiqarishning har bir variantida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy
oqibatlarni hisobga olish kerak.
Yangi tovarni taklif qilish maqsadga muvofiq bo‘luvchi bozor turi va joyini
aniqlash uchun mavjud bozorlarni ularning jozibadorligi nuqtai nazaridan tahlil
qilish, ya’ni bozorning salohiyati, kompaniyaning mo‘ljallanayotgan bozordagi
imidji, zarur xarajatlar miqdori, har bir bozor uchun marketingni belgilash,
58
raqobatchilarning bozorga kirib borish darajasi va ularning mazkur bozorda egallagan
ulushi hajmini aniqlash zarur.
Tovarni bozorga chiqarish asta-sekinlik bilan yoki blits-kompaniya shaklida
amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, ikkinchi usul kichik kompaniyalar uchun ko‘proq
ma’qul keladi. Kompaniya rivojlangan distribyuterlar tarmog‘i va xalqaro sotuv
kanallariga ega bo‘lsa, bu unga tovarni milliy va xalqaro bozorlarga ularning o‘ziga
xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bir vaqtda olib chiqish imkonini beradi.
Maqsadli bozorni tanlash yangi tovarning bo‘lajak xaridorlari tarkibini
aniqlashga xizmat qiladi. U bo‘lajak xaridorlar tuzilishi va ixtisoslashishini hisobga
olgan holda amalga oshirilib, ular yangi tovarni sinovdan o‘tkazish bosqichida
baholanadi.
Agar ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun bo‘lajak xaridorlar guruhi qoidaga
ko‘ra ma’lum va bu tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalarni imzolashda
aniqlanadigan bo‘lsa, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa maqsadli bozor bazasini
firmaning mavjud xaridorlari va ularning izdoshlari tashkil etishi mumkin. Bu
xaridorlar firmaning yangi tovarlarini sotib olishda liderlik qilishi va tovarlarning
boshqa xaridorlar nazarida ijobiy imidjini yaratishi mumkin.
Bu maqsadda
tarmoqli rejalashtirish uslubi
ko‘proq ishlatiladi. Bu uslubning
mohiyati yangi tovarni bozorga olib kirish bo‘yicha amalga oshirish mumkin bo‘lgan
barcha ishlar tarmog‘ini ularni bajarish uchun sarflanuvchi vaqt va boshqa resurslar
xarajatlarini inobatga olgan holda yaratish, bozorga kirib borguncha bosib
o‘tiladigan, amalga oshirish zarur bo‘lgan hatti-harakatlarni va barcha ishlarni
bajarish muddatini ko‘rsatuvchi yo‘lni izlab topishdan iborat. Bu yo‘lni, uning
realligi va davom etish muddatini baholash yangi tovarni bozorga olib kirishga
to‘sqinlik qiluvchi barcha sabablarni yo‘qotish uchun chora-tadbirlarni qabul qilish
va tovarni bozorga olib kirish vaqtini bashorat qilishga asos vazifasini bajaradi.
Tarmoqli rejalashtirish uslubidan foydalanish yordamida yangi tovarning
bozorga chiqishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining oldini olish mumkin, chunki
mahsuldorlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi muvaffaqiyatsizliklar sababini
tahlil qilish imkoniyatini yaratadi:
59
tovarni bozorga olib chiqish davri va vaqtini noto‘g‘ri tanlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |